Investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati


Download 1.1 Mb.
Sana28.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1015984
Bog'liq
Xudoyarov Ramizjon

INVESTITSIYA FAOLIYATI VA INVESTITSIYA SIYOSATI


Tekshirdi: Samandarovna Gulmira
Bajardi: Xudoyarov Ramizjon
Toshkent 2022

REJA:

  • 1.Investitsiya tushunchasi.
  • 2.Xorijiy investitsiyalarning mohiyati va jalb qilish sabablari.

Investitsiya milliy iqtisodiyotda nisbatan yangi termin hisoblanadi. Investitsiya (lot. invest – sarmoya kiriting) - iqtisodiyotni rivojlanltirish maqsadida o'z mamlakatida yoki xorijda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qo'yish)dir. An'anaviy tarzda iuvestitsiya deganda kelgusida ko'zda tutilgan daromadlarni olish maqsadida hozirda aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish tushuniladi.
Investitsiya kapitalni muayyan muddatga bogʻlashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini saqlab qolish yoki boʻlmasa kapital qiymatini vaqtda oʻstirib borishdir. Iqtisodiy mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy boyliklar va ularga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul, qimmatli qogʻozlar (aksiya, obligatsiya, sertifikat, veksel), yer, bino, inshoot kabi boyliklar, intellektual mulk boʻlgan ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va boshqalar ishlatiladi.
Investitsiya loyihalariga mablagʻ qoʻyuvchilar — investorlar davlat, kompaniya, korxona, chet ellik fuqarolar, aholi va boshqalar boʻlishi mumkin. Uning quyidagi turlari mavjud: davlat investitsiyasi — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el investitsiyasi — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tadbirkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy investitsiya — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fuqarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi. Investitsiya qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish) investitsiyaga boʻlinadi. 
Moliyaviy (portfel) investitsiya — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib olishga qoʻyiladigan investitsiya, ; real investitsiya — moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish va b.) sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida amalga oshiriladi. Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan, korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari, lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Investitsiyalar
Moliyaviy investitsiyalar
Moddiy investitsiyalar
Aqliy (intellectual) investitsiyalar

Xorijiy investitsiyalar – bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish ,samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellectual boyliklaridir. Xorijiy investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Xorijiy investitsiyalarning ichki investitsiyalardan farqi shundaki, ularda investor boshqa mamlakat fuqarosi bo`ladi. Iqtisodiy mazmuniga ko`ra xorijiy investitsiyalar ssuda kapitali (ya`ni qarz va kredit), hamda bevosita va portfel investitsiyalariga bo`linadi. Investitsiyalar nimaga yo`naltirilganligi ular qaysi xorijiy investitsiya turiga kirishini belgilaydi.

  • Xorijiy investitsiyalar – bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish ,samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellectual boyliklaridir. Xorijiy investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Xorijiy investitsiyalarning ichki investitsiyalardan farqi shundaki, ularda investor boshqa mamlakat fuqarosi bo`ladi. Iqtisodiy mazmuniga ko`ra xorijiy investitsiyalar ssuda kapitali (ya`ni qarz va kredit), hamda bevosita va portfel investitsiyalariga bo`linadi. Investitsiyalar nimaga yo`naltirilganligi ular qaysi xorijiy investitsiya turiga kirishini belgilaydi.

Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati benihoyat katta bo`lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:

  • - birinchidan xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo`ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;
  • -ikkinchidan importni o`rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo`naltirish aholining me`yordagi turmush darajasini taminlash imkoniyatini yaratadi
  • - uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o'sib borayotgan aholini ish o`rin joylari bilan ta'minlaydi;
  • - tortinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;
  • Investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya`ni neft' va sanoati, transport, energetika, yer osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga, qurilish, telekommunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga va ulami keng qayta ishlashga, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilishi lozim.

E`TIBORINGIZ UCHUN KATTA RAXMAT


Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling