Investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya muhitining o`rni va investitsiya faoliyatida kapital qurilish


Download 0.82 Mb.
bet5/7
Sana04.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1163642
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
investitsiya muhiti 7

Qurilishning asosiy xususiyati uning industrlashganligi bilan belgilanadi. Qurilishni industrlashtirish qurilish tarmog’ida ilmiy-texnik taraqqiyotning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Qurilish industriyasi deganda sanoat ishlab chiqarish bloklari va konstruktsiyalar holatidan kelib chiqib, qurilish ishlab chiqarishini bino va inshootlarni montaj qilish va yig’ish jarayonini mexanizatsiyalashtirishga aylantirish tushuniladi.

  • Qurilishning asosiy xususiyati uning industrlashganligi bilan belgilanadi. Qurilishni industrlashtirish qurilish tarmog’ida ilmiy-texnik taraqqiyotning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Qurilish industriyasi deganda sanoat ishlab chiqarish bloklari va konstruktsiyalar holatidan kelib chiqib, qurilish ishlab chiqarishini bino va inshootlarni montaj qilish va yig’ish jarayonini mexanizatsiyalashtirishga aylantirish tushuniladi.

Kapital qurilish jarayonida uch bosqichda ajratiladi.


Tayyorgarlik bosqichi:qurilish maydonini tanlash va ob’ektni loyihalashtirish (texnik-iqtisodiy tadqiqotlar)
Qurilish bosqichi: qurilishni amalga oshirish
Qurilish mahsuloti realizatsiyasi: qurilish ob’ektini foydalanishga(ekspluatatsiyaga) topshirish

Pudrat usulida qurilish obyekti doimo faoliyat ko’rsatuvchi maxsus qurilish tashkilotlari tomonidan buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi. Ushbu tashkilotlarning o’z moddiy-texnik bazasi, mexanizatsiya vositalari va transportlari, maxsus ixtisoslikka ega bo’lgan kadrlari mavjud bo’ladi. Pudrat usuli qurilishning butun davriga (qurilish to’liq tugallangunga qadar) buyurtmachi va pudratchi (bosh pudratchi) bilan shartnoma tuzishni nazarda tutadi. Mazkur shartnoma Bosh shartnoma deb ataladi. Qurilish jarayoni qatnashchilarining o’zaro munosabatlari ushbu shartnoma va respublika hukumatining tegishli qarorlari, vazirlik va idoralarning tegishli qoidalari, tartiblari bilan tartibga solinadi. Bosh pudrat shartnomasida tomonlarning (buyurtmasi va pudratchining) huquq va majburiyatlari, javobgarligi, qurilishni amalga oshirish tartibi, moddiy-texnik resurslar ta’minoti kabilar belgilab olinadi.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling