Investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya muhitining o`rni va investitsiya faoliyatida kapital qurilish


Download 0.82 Mb.
bet6/7
Sana04.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1163642
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
investitsiya muhiti 7

Pudrat usulida qurilish obyekti doimo faoliyat ko’rsatuvchi maxsus qurilish tashkilotlari tomonidan buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomalar asosida olib boriladi. Ushbu tashkilotlarning o’z moddiy-texnik bazasi, mexanizatsiya vositalari va transportlari, maxsus ixtisoslikka ega bo’lgan kadrlari mavjud bo’ladi. Pudrat usuli qurilishning butun davriga (qurilish to’liq tugallangunga qadar) buyurtmachi va pudratchi (bosh pudratchi) bilan shartnoma tuzishni nazarda tutadi. Mazkur shartnoma Bosh shartnoma deb ataladi. Qurilish jarayoni qatnashchilarining o’zaro munosabatlari ushbu shartnoma va respublika hukumatining tegishli qarorlari, vazirlik va idoralarning tegishli qoidalari, tartiblari bilan tartibga solinadi. Bosh pudrat shartnomasida tomonlarning (buyurtmasi va pudratchining) huquq va majburiyatlari, javobgarligi, qurilishni amalga oshirish tartibi, moddiy-texnik resurslar ta’minoti kabilar belgilab olinadi.

Qurilishning pudrat shartnomasi korxonani, binoni (jumladan, uy-joy binosini), inshootni yoki boshqa obyektni qurish yohud qayta qurish haqida, shuningdek, montaj, sozlash, ishga tushirish va qurilayotgan obyekt bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa ishlarni bajarish haqida tuziladi. Qurilishning pudrat shartnomasi to’g’risidagi qoidalar, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, bino va inshootlarni kapital ta’mirlash ishlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.

  • Qurilishning pudrat shartnomasi korxonani, binoni (jumladan, uy-joy binosini), inshootni yoki boshqa obyektni qurish yohud qayta qurish haqida, shuningdek, montaj, sozlash, ishga tushirish va qurilayotgan obyekt bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa ishlarni bajarish haqida tuziladi. Qurilishning pudrat shartnomasi to’g’risidagi qoidalar, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, bino va inshootlarni kapital ta’mirlash ishlariga nisbatan ham tatbiq etiladi.
  • Qurilishning pudrat shartnomasida nazarda tutilgan hollarda obyektni buyurtmachi qabul qilib olganidan keyin uni shartnomada ko’rsatilgan muddatda ishlatishni ta’minlash majburiyatini pudratchi o’z zimmasiga oladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling