Investitsiya faoliyatini tartibga solishda investitsiya strategiyasining o’rni
Download 27.18 Kb.
|
Investitsiya faoliyatini tartibga solishda investitsiya strategiyasining o’rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Tashkilot maqsadi.
- 2. Rejali istiqbol.
Investitsiya faoliyatini tartibga solishda investitsiya strategiyasining o’rni Investitsiya strategiyasining asosi moliyaviy institutlar faoliyatining maqsadi va cheklovlari hisoblanadi. Samarali investitsiyalarni tanlash maqsadini oldindan aniq shakllantirmasdan hal qilib bo’lmaydi. Ushbu holatni har qanday investitsiya boshqaruvchisi uchun o’ta muhim hisoblanadi. “Qaysi qimmatli qog’oz eng foydali?” yoki “Qanday portfel eng samarali?” -degan savollarga javob yo’q; Vazifani to’g’ri qo’yishni quyidagicha shakllantirish mumkin: maqsadlardan kelib chiqqan holda, rejali istiqbolda, ushbu tashkilot uchun mijozlar oldidagi majburiyatlar nisbati, qonuniy va boshqa cheklovlarga qarab investitsiya qarori yaxshi bo’ladi. Investitsiya institutlarining (investitsiya fondi, investitsiya kompaniyalari) strategiyasi odatda investitsiya deklaratsiyasi deb nomlanadigan maxsus hujjat bilan shakllantiriladi. Aslida investitsiya deklaratsiyasi investitsiya fondining yoki investitsiya kompaniyasi nizom fondining bir qismi hisoblanib matbuotda e’lon qilinishi, uni asosiy mazmuni esa aniq tartiblanishi lozim. Ammo investorlar mablag’lariga raqobat uchun ob’ektiv sharoit yo’qligi ko’pchilik investitsiya fondlari va kompaniyalari deklaratsiyalari ularni nomigagina ishlashiga sababchi bo’ladi va faqatgina me’yoriy talablarni qondirish maqsadida tuziladi. 1. Tashkilot maqsadi. Strategik maqsadlar inflyatsiyadan ma’lum foiz ortiq bo’ladigan kafolatlangan eng kam daromadni ta’minlashdan iborat bo’lishi kerak. Deklaratsiya ba’zi andoza portfelining (ma’lum fond indekslari asosida shakllantirish) daromadliligidan ortadigan majburiyatlarni aks ettirishi mumkin. 2. Rejali istiqbol. Deklaratsiya qilinadigan rejali istiqbol bu joriy investitsiya strategiyasi mo’ljallangan vaqt oralig’idir. Rejali istiqbol investitsiya qarorlarini maqbullashtirish uchun asos bo’lib hisoblanadi. 3. Portfel tarkibi va investitsiya faoliyatini cheklash. Investitsiya deklaratsiyasi ko’pincha portfel tarkibiga umumiy cheklovlarni aks ettiradi: masalan, investitsiyalash majburiyati yuqori sifatli daromadli majburiyatlarga eng kam foizini belgilaydi (eng yuqori reytinga ega bo’lgan davlat qog’ozlari yoki korporatsiya obligatsiyalari). Shu bilan bir vaqtda bozorning boshqa segmentlarida investitsiyalar bo’yicha cheklovlar belgilanadi, hamda bir emmitentning qimmatli qog’ozlariga investitsiyalar bo’yicha cheklovlar qo’yiladi. Download 27.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling