Investitsiya faoliyatining rivojlantirishda investitsiya muhitining oʻrni


Download 10.77 Kb.
bet2/2
Sana18.12.2022
Hajmi10.77 Kb.
#1030163
1   2
Bog'liq
Investitsiya faoliyatining rivojlantirishda investitsiya muhitin

SIYOSIY OMILLAR
IQTISODIY OMILLAR
HUQUQIY OMILLAR
IJTIMOIY OMILLAR
01
02
03
04
INVESTITSIYA MUHITINI HOLATINI BELGILOVCHI KENGAYTIRILGAN OMILLAR
SIYOSIY OMILLAR

  • Davlatning ichki va tashqi invvestitsiyalar bo‘yicha siyosati

  • Davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasi

  • Mamlakatning xalqaro shartnomalarga qo‘shilganlik darajasi

  • Mamlakatning xalqaro bitimlarga rioya qilishi

  • Siyosiy ahvolning barqarorligi (siyosiy harakatlar, to‘qnashuvlar, qo‘shni davlatlarning osoyishtaligi)

  • Siyosiy hokimiyatning maqsadli harakati

  • Davlat apparatining samarali ish yuritishi

  • Ko‘p partiyaviylik va siyosiy guruhlarning mavqei

  • Soliq, valyuta, narx, pul-kredit siyosatining investitsiya siyosatiga uyg‘unligi

IQTISODIY OMILLAR



  • Mamlakatning iqtisodiy ahvoli;

  • Inflyatsiya darajasi;

  • Soliq imtiyozlari;

  • Bojxona tartibi;

  • Mamlakatning tabiiy va xom ashyo resurslari holati;

  • Ishchi kuchi holati va qiymati;

  • Ishchi kuchidan foydalanish tartibi;

  • Muayyan tovarlar uchun talab va taklif;

  • Raqobat va bahoning erkinligi;

  • Valyuta konvertatsiyasi, milliy valyuta kursining barqarorligi;

  • Bank foiz stavkalari;

  • Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari;

  • Mamlakatning geografik jihatdan joylashuvi (tabiiy ofatlar, dengiz va quruqlik yo‘llari, iqlim sharoiti);

IJTIMOIY OMILLAR



  • Xususiy mulk hamda xorijiy investitsiyalarga nisbatan mahalliy aholi munosabati;

  • Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli;

  • Aholining mafkuraviy qarashlari va ularning turli-tumanligi;

  • Mamlakatda turli millatlikka nisbatan mavjud munosabat;

  • Aholining savodxonlik darajasi;

  • Ishchi-mutaxassislar malakasi, ko‘nikmalari va tajribalarining o‘sib borishi va unga intilish;

  • 7. Yangiliklar va turli xil ixtirolarga aholining munosabati va ularni qabul qilish darajasi;

HUQUQIY OMILLAR



  • Investitsiya faoliyati huquqiy asoslarining mustahkamlik darajasi;

  • Investitsiya faoliyatini bevosita ta’minlovchi huquqiy asosning mustahkamlik darajasi;

Investitsion jozibadorlik aks etadigan koʻrsatkichlar tizimi


Ko`rsatkichlar:
Huquqiy nuqtai nazardan biznes qilish uchun yaratilgan qulay sharoitlar
Ko`rsatkichlar:

  • Demografik bosimning darajasi (dbd)

  • Olib borilayotgan siyosatdan va hayotdan norozi boʻlgan aholining qatlami (nb)

  • Davlat tuzilmalarida avj olgan korrupsiya korrupsiya holati (dtk)

  • Inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlish darajasi (ihebp)

  • Yuqori boshqaruv guruhlarining ta’sir koʻrsatish darajasi (ybog)

  • Davlat xavfsizlik organlarining ta’sir koʻrsatish darajasi (dxot)

  • Boshqa davlat/hududlarning ta’sir koʻrsatish darajasi (bt)

Ko`rsatkichlar:



  • Makroqitisodiy barqarorlik (mb)

  • Mehnat bozorining samaradorligi (mbs)

  • Infratuzilmalarning sifati (is)

  • Instutlarning sifat darajasi (isd)

  • Ichki bozorning imkoniyati/hajmi (ibh)

  • Texnologiyalarning rivojlanish darajasi (trd)

  • Innovatsion salohiyat (is)

Iqtisodiy jozibadorlik


Huquqiy jozibadorlik
Investitsiyalash jarayonida risklar
Xorijiy investitsiyalar uchun hudud jozibadorligini baholashning “BERI” indeksi
Umuman olganda, «BERI» xizmati bu borada katta obro‘ qozongan tashkilotdir. Mazkur tashkilot kapital import qiluvchi mamlakatlardagi investitsiya muhitini tahlil qilib, investitsiyalarning risklilik darajasini aniqlab beradi. «BERI» xizmati mat-buotlar orqali turlicha indekslar bilan investorlarning xorijiy mamlakatlarga investitsiya qo‘yishining xavf-xatarlilik, risk darajasini aniqlab beradi.
Hozirda bu xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot 55 dan ortiq kapital import qiluvchi mamlakatlardagi investitsiya muhitini 15 ta ko‘rsatkichni qamrab oluvchi mezon (ball) bilan baholamoqda. Bunda mamlakat investitsiya muhiti qanchalik yuqori ballga ega bo‘lsa, u shunchalik barqaror mamlakat hisoblanadi. Bu ball indekslarini hisoblashda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy omillar ta’siri ham hisobga olinadi. Bu tashkilot faqatgina hozirgi joriy davrnigina emas, balki istiqbolda kutilayotgan o‘zgarishlarni ham baholaydi. Bir vaqtning o‘zida, investitsiyalar samaradorligini aniqlash ularni safarbar etishning istiqbollarini bashoratlashda muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, iqtisodiyot bo‘yicha investitsiyalar taqsimotining to‘g‘ri yo‘nalishlarini aniqlab olishga imkon beradi. Shu maqsadda foydalaniladigan ICOR (incremental capital-output ratio) koeffitsienti asosiy kapitalga qo‘yilgan mablag‘larning kelgusi yilda YAIMning o‘sishiga ta’sirini aniqlashga imkon beradi va YAIMda investitsiyalar salmog‘ining keyingi yildagi YAIMning qo‘shimcha o‘sish sur’atiga nisbatini ifodalaydi.
Xorijiy investitsiyalar uchun hudud jozibadorligini baholashning “BERI” indeksi
1. Barcha turdagi investitsiyalar uchun ma’lum investitsion muhit zarur. Amalda kapital (sanoat, savdo, qarz, aksionerlik) investitsiya kabi turlicha boʻladi, investorlar esa ustma-ust tushmaydigan maqsadlarni koʻzlaydi. Qarz kapitali qisqa vaqt ichida maksimum foyda olishga qaratilgan boʻlib, moliyaviy investitsiyalar orqali, sanoat kapitali uzoq muddat davomida korxona faoliyatiga barqaror ta’sir oʻtkazishga intilib, real, bevosita investitsiya orqali harakat qiladi.
2. Investitsion muhit manfaatlar muvozanatiga asoslangan boʻlishi kerak, chunki investitsiyalarni qabul qiluvchi ham, yetkazib beruvchi ham turlicha maqsadlarni koʻzlaydi: ularning birinchisi minimum mablag’lar asosida maksimum maq-sadlarni koʻzlasa, ikkinchisi - maksimum foyda olish va mahalliy bozorlarni mumkin qadar tezroq egallashga intiladi.
3. Investitsion muhit, bir tomondan, uzoq vaqt barqaror, ikkinchi tomondan,yetarli darajada uddaburon tadbirkor, mam-lakatda shakllanayotgan ijtimoiy ishlab chiqarish omillariga (ilmiy-texnikaviy, tadbirkorlik, boshqaruv, texnologik) nisba - tan yuz berayotgan oʻzgarishlarni hisobga ola biladigan boʻlishi darkor.
4. Investitsiyalar inson kapitali rivoji, barcha faoliyat sohalaridagi ishchi va xizmatchilarning malakasi yuksalishi bilan aniq bog’langan boʻlishi lozim.
5. Investitsion muhit xoʻjalikning iqtisodiy barqarorligi va ishlab chiqarish tizimlari xavfsizligiga rahna solmasligi kerak.
6. Investorlarning va investitsiyalanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tizim manfaatlari muvozanatini ta’minlash maqsadida, jalb qilinayotgan investitsiyalarning samaradorligi va investitsion muhit qulayligini majmuiy baholash talab etiladi.
http://fayllar.org
Download 10.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling