Investitsiya jarayonlarining mazmuni va asosiy bosqichlari
Download 5.58 Kb.
|
INVESTITSIYA JARAYONLARINING MAZMUNI VA ASOSIY BOSQICHLARI.pptx 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati. Investitsiyalash maqsadlari va yo’nalishlari
- Real investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari
- Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari
- E’tiboringiz uchun rahmat!
INVESTITSIYA JARAYONLARINING MAZMUNI VA ASOSIY BOSQICHLARIBajardi:________________________REJA:1. Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati. Investitsiyalash maqsadlari va yo’nalishlari.2. Real investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari.3. Moliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlari.Investitsiya jarayonining mazmun-mohiyati. Investitsiyalash maqsadlari va yo’nalishlariInvestitsiyalarning g’oyat bir muhim tomoni shundaki, ular multiplikatsion1 samaraga (hodisaga) sababchi bo’ladi. Keynschilik multiplikator kontseptsiyasiga ko’ra, investitsiya, iste’mol va milliy daromad o’rtasida barqaror bog’liqlik mavjud – investitsiyaga qilingan har bir xarajat boshlang’ich daromadlarga aylanadi, bu daromadlar yana xarajat qilinadi va yana boshqalarning daromadlariga aylanadi va jarayon shu tarzda davom etadiBir vaqtning o’zida multiplikatsion jarayon investitsiya resurslarini harakatga keltirib, ishlab chiqarish faolligini kengaytiradi, ilgariga qaraganda ko’proq mahsulot, daromad yaratiladi. Ular yana qaytadan iste’mol qilinadi va investitsiyaga ajratiladi. Shunday tarzda ilgariga qaraganda ko’proq daromadning investitsiyaga aylanishi ishlab chiqarishning uzluksiz kengayib borishini ta’minlaydi. Bunda investitsiya beradigan daromad bank foizidan kam bo’lmasligi zarur, aks holda, pulni investitsiya qilgandan ko’ra jamg’arish qulay bo’ladi. Investitsiya qilib olingan daromad darajasini ifodalash uchun multiplikator koeffitsienti ko’rsatkichi qo’llaniladi. Mazkur ko’rsatkich daromad o’sishi bilan investitsiya o’sishi o’rtasidagi bog’lanishni ifodalaydi, ya’ni investitsiya evaziga olingan daromad pasaysa, investitsiya faolligi ham susayadi.Real investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlariReal investitsiyalar milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo`lib, ular ichki jamg`armalar darajasidan ko`proq miqdorda kapital jamg`arish, to`lov balansini qo`llab-quvvatlash va import qilish imkoniyatini kengaytirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga ijobiy ta`sir ko`rsatishi mumkin. To`g`ridan-to`g`ri investitsiyalar alohida korxonalarning faoliyati, ishlab chiqarish va kapital samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va menejment tizimini takomillashtirishda muhim o`rin tutadi. Ushbu jarayonlar mahsulot va xizmatlar etkazib beruvchilar, buyurtmachilar, raqobatchilarga bilvosita ta`sir ko`rsatish orqali ichki bozorni rivojlantirish, ishchilarning malakasi va amaliy tajribasini oshirishda yordam beradi.To`g`ridan-to`g`ri investitsiyalar tarkibiga: - ishlab chiqarish (asosiy va aylanma) fondlari, ularni kengaytirish, qayta qurish va qayta qurollantirishga qo`yiladigan iqtisodiy resurslar; - ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma xarajatlari (bino va inshootlar, uy-joylar); - pul qiymatiga ega bo`lgan nomoddiy aktivlar (qimmatli qog`ozlar, patentlar, texnik va texnologik yangiliklar, loyihalar va boshqa intellektual mulk ob`ektlari)ni kiradi.Real investitsiyalar qo`yidagi elementlardan iborat: - asosiy fondlar (asosiy kapital)ga investitsiyalar; - yer uchastkalarini sotib olishga xarajatlar; - nomoddiy aktivlar (patentlar, litsenziyalar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari)ga investitsiyalar; - moddiy aylanma mablag`lari zaxiralarini to`ldirish xarajatlariMoliyaviy investitsiyalarni amalga oshirish xususiyatlariBozor munosabatlari sharoitida pul resurslarini uzluksiz shakllantirish va ularni daromad keltiruvchi ob’ektlarga samarali investitsiyalash moliya bozori yordamida ta’minlanadi. Ushbu bozor o’zida pul bozori, kredit bozori va fond bozorini mujassam etadi.Fond bozorida moliyaviy (portfel) investitsiyalar amal qiladi-ki, ular qimmatli qog’ozlarni sotib olishga yo’naltirilgan bo’ladi. Moliyaviy investitsiyalar – daromad olish (xuddi foizlar, dividendlar va ijara haqi singari) va asosiy kapital qiymatini ko’paytirish maqsadida investor tasarrufida bo’lgan korxona aktivlari. Mohiyat jihatdan «qimmatli qog’ozlarga (aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar), ya’ni moliyaviy aktivlarga joylashtirilgan kapital moliyaviy investitsiyalarni anglatadiE’tiboringiz uchun rahmat!Download 5.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling