Investitsiya loyihalari konseptsiyasi


Download 45.99 Kb.
bet1/2
Sana08.03.2023
Hajmi45.99 Kb.
#1251886
  1   2
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARI KONSEPTSIYASI


INVESTITSIYA LOYIHALARI KONSEPTSIYASI
Reja:

  1. Investitsiya loyihasining tushunchasi, maqsadi va strukturasi

  2. Loyihalarni tasniflash: katta va kichik, ichki va tashqi, texnik va

notexnik, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlari

  1. “Loyihani boshqarish” tushunchasi. Loyihani boshqarish, investitsiyalarni boshqarish va funksional menejmentning o’zaro bog’liqligi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

O’zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yoqilg’i energetika va don mustaqilligini ta’minlash, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, eksport salohiyatini oshirish va import o’rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish uchun ustuvor sohalarni qo’llab-quvvatlash, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun ochiq eshiklar siyosatini olib borish kabilarga qaratildi. Investitsiya siyosatni olib borishda quyidagi tamoyillarga asoslanildi:


belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlar va faoliyat
sohalarini tanlab qo’llab-quvvatlash;
ijtimoiy ahamiyatli tarmoqlarni (sog’liqni saqlash ta’lim, madaniyat va h.k.)
aholi turmush darajasini yaxshilish, umrini uzaytirish, ijtimoiy jihatdan keskin
tabaqalanishning oldini olish, iste’mol talabining faollashuvini ta’minlash maqsadida etarli darajada qo’llab-quvvatlash;
chet el investitsiyalarini o’zaro manfaatdorlik asosida ustuvor sohalarga jalb
qilish;
potentsial investitsiya resurslarini savdo sohasi va pul bozoridan sanoat
sohasiga qayta taqsimlash;
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini qo’llab-quvvatlash, xorijdan
yangi texnikalar uchun litsenziyalar sotib olish, katta laboratoriyalarni saqlab turishga quvvati etadigan yirik korporatsiyalar tuzish orqali ishlab chiqarish kapitalini jamlash hisobiga intelektual kapital va ilmiy-texnik potentsialni oshirish;
qishloq xo’jaligi mahsulotlari va mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va ularni tashqi bozorda raqobatbardosh bo’ladigan darajaga olib
chiqishga yo’naltirilgan investitsiya loyihalarini qo’llab-quvvatlash;
aholining oziq-ovqat va iste’mol tovarlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan ishlab chiqarish quvvatlarini jadal rivojlantirishni investitsiyalar bilan ta’minlash;
investitsiya jarayonlari ishtirokchilarining o’zaro aloqalarini tartibga solib
turuvchi qonunchilik bazasini takomillashtirish.
Shu maqsadda davlat tomonidan mazkur yo’nalishlarda amalga oshiriladigan
investitsiya loyihalarini qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratish zaruriyati ortadi.
“Loyiha” so’zi bugungi kunga kelib iqtisodiy nazariya va amaliyotda keng tarqalib ulgurdi. Uning mazmunini talqin qilishda ham turlicha qarashlar mavjudligi
mazkur atamaning tub mohiyatini o’rganish va ochib berishga bo’lgan qiziqishni
oshiradi. Jahon bankining Iqtisodiy rivojlanish instituti mutaxassislari tomonidan
aniqlanishicha loyiha: birinchidan, maqsadli faoliyat; ikkinchidan, foyda uning xarajatlaridan har doim ortiq bo’ladi; uchinchidan, u cheklangan vaqt va resurslarda
qat’iy cheklanganlikka ega bo’ladi.
Iqtisodiy rivojlanish kompleks jarayon sifatida o’zini namoyon etadi va bunda
mazkur sohada yuksalish bir qancha ko’rsatkichlar: yalpi ichki mahsulot, daromad,
foyda, iste’mol darajasi, sog’liqni saqlash, umrning uzunligi, savodlilik, sifatning
oshishi va shu kabilar orqali aks ettirilishi mumkin. Shu sababli ham loyiha g’oyasi
barcha holatlar uchun bir xil mazmun kasb etmasligi mumkin va loyihani ishlab
chiqish va uni baholashnig ham yagona namunaviy shakli bo’lishi mumkin emas. O’z navbatida, loyihalar ularning alohida elementlari va ko’rsatkichlarini ifodalovchi bir qator maqsadli tadbirlar, loyihani amalga oshirish va ko’zlangan natijaga erishishga qaratilgan boshqaruv tizimi va boshqalardan tashkil topadi. Bunga ko’ra, uning mazmuniga berilgan turlicha ta’riflarni ham kuzatish mumkin:
Loyiha – muayyan boshlang’ich ma’lumotlar va talab etiladigan natijalar
(maqsad) bilan bog’liq bo’lgan, uni yechish usulini o’zida mujassam etgan ayrim
vazifa (“Loyihalarni boshqarish to’g’risida bilimlar Kodeksi”, Loyihalarni boshqarish instituti, AQSh);
Loyiha (angl. Project) – nima uylab topilgan yoki rejalashtiriladigan nimadir,
masalan, katta korxona (tolkoviy slovar Webster).
Tizimli yondashish nuqtai nazaridan, loyiha bir qator cheklanishlar va mexanizmlar ishtirokida boshlang’ich holatdan yakuniy natijaga o’tish jarayoni sifatida qaratilish mumkin va uni quyidagi 1.1-rasm orqali ifodalash mumkin:

Loyihani amalga oshirish natijasi sifatida fizik ob’ektlar (bino, inshootlar) maydonga chiqqan holatlarda loyihaning aniqlanishi quyidagicha bo’lishi mumkin: - loyiha – maqsadli yo’naltirilgan, oldindan ishlab chiqilgan va yaratilishi rejalashtirilgan yoki modernizatsiya qilinuvchi fizik ob’ektlarni, texnologik jarayonlar, ular uchun texnik yoki tashkiliy hujjatlashtirishni, moliyaviy, mehnat yoki boshqa resurslarni, shuningdek, ularning bajarilishi bo’yicha boshqaruv qarorlari va tadbirlar tizimi tushuniladi. Loyiha o’z tarkibiga fikr (muammo), uni amalga oshirish vositasi (muammo yechimi) va amalga oshirish jarayonida olinadigan natijalarni qamrab oladi.

Loyihalarni tasniflash: katta va kichik, ichki va tashqi, texnik va notexnik, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlari
Loyihalarning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
O’lchamchilik – loyiha bo’yicha faoliyat va kutilayotgan natijalarni miqdoriy ifodalash imkoniyatlarini mavjudligi.
1. Vaqt bo’yicha cheklanganligi – loyihani ishlab chiqish hamda amalga oshirish muddatlarining cheklanganligi.
Aloxida faoliyat turlari bilan bog’liq hodisalarning aniq belgilangan ketma-ketligi.
4. Maqsadga yo’naltirilganligi. Investitsiya loyihalari, odatda, korxona ko’lamida amalga oshiriladi. Shunga muvofiq, korxona ko’lamida loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
I. Iqtisodiy samaradorlikni oshirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday
investitsiyalardan asosiy maqsad uskunalarni almashtirish, xodimlarning malakasini
oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini samarali hududlarga ko’chirish asosida firmalarning xarajatlarini kamaytirish uchun sharoit yaratishdan iborat.
II. Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday
investitsiyalashdan maqsad mavjud quvvatlar hisobiga oldindan shakllangan bozorlar uchun tovarlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
III. Yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish uchun qilinadigan investitsiyalar. Bunday investitsiyalar ilgari ishlab chiqarilmagan tovarlar va ko’rsatilmagan xizmatlar turlarini vujudga keltirish, yoki ilgari ishlab chiqarilgan
tovarlar bilan yangi bozorlarga chiqish imkonini beradi.
IV. Davlat boshqaruv idoralari talablarini bajarish uchun qilinadigan investitsiyalar. Masalan, ekologiya va mahsulot standartlari talablarini bajarish uchun sarflanadigan investitsiyalar. Investitsiyalarni bunday tasniflashda tavakkalchilik darajasi har xil bo’lishi asos qilib olingan. Yuqorida keltirilganlardan birinchi va to’rtinchi tur investitsiyalarida tavakkal xavfi darajasi past, qolgan ikkitasida esa yuqori hisoblanadi. Bozorda avval ma’lum bo’lmagan mahsulotni ishlab chiqarish va yangi bozorlarni egallash uchun investitsiya sarfi katta tavakkalchilikni talab qiladi. Shu sababli ham uchinchi guruh investitsiyalari tavakkalchilik xavfi eng yuqori bo’lgan investitsiyalardir. Ishlab chiqarishni kengaytirishga qilingan investitsiyalarda tavakkalchilik xavfi yangi ishlab chiqarishga qilingan investitsiyalarga qaraganda pastroq. Ayni paytda samaradorlikni oshirishga qilinadigan investitsiyalar bozor allaqachon qabul qilgan tovarlarning sifatini oshirish, tannarxini kamaytirishni ko’zda tutgani uchun ham, ularda tavakkalchilik xavfi darajasi ikkinchi va uchinchi guruhlar investitsiyalarinikidan ancha past bo’ladi. Xuddi shu kabi davlat boshqaruv idoralari talablarini bajarishga sarflangan investitsiyalarning tavakkalchilik xavfi darajasi ancha kichik hisoblanadi. Loyihalarning turlariga tasniflanish va bo’linmalariga mos ravishda loyihalarni bir-biridan ajratib turadigan bir necha xususiyatlari va odatiy shartlarni ajratish mumkin. Shunga ko’ra, uning quyidagi turlarini bilish zarur.
“Loyihani boshqarish” tushunchasi. Loyihani boshqarish, investitsiyalarni boshqarish va funksional menejmentning o’zaro bog’liqligi Loyihalarni boshqarish boshqaruv orqali amalga oshiriladi. Shunga ko’ra, aytish mumkinki, boshqaruv – bu ma’lum bir ijobiy natijaga erishish uchun, uslublar va tamoyillar yig’indisi orqali biror ob’ektga maqsadga muvofiq ta’sir etish. Inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, investitsiya loyihalarini amalga oshirish sohasiga ham boshqaruv jarayoniga taalluqlidir. Investitsiya loyihalarini boshqarish ma’lum bir uslub va tamoyillarga tayanib maxsus loyiha menejeri yoki loyiha boshqaruv kengashi tomonidan amalga oshiriladi. Loyihalarni boshqarish, aksariyat hollarda, loyiha menejeri tomonidan amalga oshiriladi. Loyiha menejeri – bu loyihaga yo’naltirilgan kapital harakati,
pul oqimi, foyda, jamg’arma va reinvestitsiyalash, daramad va xarajatlar balansini uzluksiz tahlil qilib va o’rganib boruvchi hamda ularga ta’sir ko’rsatuvchi sub’ekt. Investitsiya loyihalarini boshqarish moliyaviy menejmentning asosiyni tashkil etish bilan birga o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Moliyaviy menejment shunday tizimki, bunda korxonani boshqarishning umumiy maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan foliyat amalga oshiriladi. Moliyaviy menejment, bir tomondan, muayyan qonuniyatlariga ega boshqariluvchi tizim bo’lsa, boshqa tomondan, korxonani boshqarishning umumiy tizimi tarkibi sifatida boshqarish tizim hisoblanadi. Bu holat loyiha boshqaruvida ham namoyon bo’ladi. Loyiha menejeri loyiha tashabbuskori yoki ta’sischilar tomonidan tayinlangan sub’ekt – yuridik yoki jismoniy shaxs bo’lishi mumkin. Loyihani amalga oshiruvchi tadbirkor bilan loyiha menejeri o’rtasidagi asosiy farq shundan iboratki, tadbirkorda ochilgan imkoniyatlardan foydalanish bo’yicha, loyiha menejerida esa mavjud resurslardan foydalanish bo’yicha strategik yo’nalish mavjud bo’ladi. G’oyani amalga oshirishda tadbirkorda natijaga tezkor erishishga yo’naltirilgan revolyutsion yondashish kuzatilsa, loyiha menejeriga uzoq muddatli istiqbolga yo’naltirilgan evolyutsion yondashish xosdir. Investitsiya loyihalarini boshqarishni turli sxemalar asosida ham amalga oshirish mumkin va uni quyidagi variantlarda ifodalash mumkin: 1. “Asosiy” tizim. Bunda loyiha rahbari (menejeri) buyurtmachining vakili (“agenti”) hisoblanadi va u qabul qilinadigan qarorlar uchun moliyaviy javobgarlikni o’z zimmasiga olmaydi. Loyiha menejeri bo’lib, professional boshqarish uchun litsenziyaga ega bo’lgan har qanday loyiha ishtirokchilari – yuridik yoki jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin. Mazkur holatda loyiha menejeri buyurtmachidan tashqari loyihaning boshqa ishtirokchilari bilan shartnoma munosabatlari asosida faoliyat yuritishi mumkin emas va loyihaning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi ustidan boshqarish va muvofiqlashtirib borishni ta’minlashi zarur
Mazkur tizimning afzalligi – loyiha menejerining ob’ektivligi bo’lsa, kamchiligi – loyiha natijalari uchun javoobgarlik to’liqligicha burtmachi zimmasiga yuklatilishidadir. 2. “Kengaytirilgan boshqarish” tizimi. Mazkur tizimda loyiha rahbari (menejeri) qat’iy, cheklangan (smeta) baho doirasida loyiha uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Loyiha menejeri loyiha buyurtmachisi va ishtirokchilari o’rtasidagi bitim bo’yicha loyihadagi jarayonlarni boshqarish va muvofiqlashtirib borishni ta’minlaydi. Bunda ham “asosiy tizim”dagi singari har qarnday yuridik yoki jismoniy shaxs – professional boshqarish litsentsiyasiga ega bo’lgan va buyurtmachi oldida o’z majburiyatlari bo’yicha javob berishga qodir bo’lgan loyiha ishtirokchisi loyiha menejeri bo’lishi mumkin. 3. “Kaliti bilan” tizimi. Bunda burtmachi bilan loyihaning e’lon qilingan qiymati bo’yicha “kaliti bilan” topshirish shartnomasini tuzuvchi loyiha-qurilish firmasi loyiha rahbari (menejeri) hisoblanadi. Investitsiya loyihalarini boshqarishning muhim tarkibiy qismi investitsion menejment hisoblanadi. Investitsion menejment quyidagi funktsiyalarni bajaradi: - rejalashtiruvchi – investitsiya strategiyasi va siyosatini ishlab chiqishni amalga oshirishdagi boshqaruv jarayoni stadiyasi. Investitsiya strategiyasi xo’jalik sub’ektining ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati siyosati bilan bevosita bog’liqdir va uning barqarorligi va joriy va istiqbolli davrdagi ishonchliginini ta’minlashga yo’naltirilgan; - tashkiliy – ishlab chiqilgan investitsiya strategiyasi va siyosatini amalga oshirish uchun moliyaviy resurslarga bo’lgan talab, o’zlik va jalb etilgan mablag’lar nisbatini, mablag’larni jalb etish shakllarini aniqlashni talab etadi. Strategik investorlarni, birmuncha foydali investitsiya loyihalarini va portfellarni, investitsiya jarayonining maqsadga muvofiq boshqarilishini tashkil jtish algoritmini izlab topish muhim hisoblanadi; - muvofiqlashtiruvchi – investitsiya faoliyatidan samarali natijani olish uchun investitsiya jarayonining har bir bosqichida monitoring va investitsiya siyosatida ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarga erishishga yo’naltirilgan barcha harakat va chora-tadbirlarni amalga oshirish, investitsiya bozoridagi kon’yunktura o’zgarishi bilan bog’liq qabul qilingan qarorlarni moslashtirish zarur hisoblanadi. Investitsiya menejmenti quyidagi vazifalarni bajarishga qaratilgan bo’ladi: - xo’jalik sub’ektining ishlab chiqarish salohiyati va iqtisodiy o’sishini ta’minlashga; - investitsiya loyihasi, ob’ektining daromadliligini maksimallashtirish; - investitsiya faoliyati, loyihasi risklarini minimallashtirish; - investitsiya ob’ekti, loyihasining risk va daromadliligini hisobga olgan holda tahlil qilish, tanlash va baholash (yana bir bor). Shunga ko’ra, investitsiya menejmentining maqsadi ko’proq foyda (daromad) keltiruvchi va kamroq riskka ega bo’lgan investitsiyalarni, investitsiya loyihalarini tanlashdan iboratdir. Investitsiya menejmentining o’zi – bu bir san’atdir. Uning ahamiyati shunda namoyon bo’ladiki, u sabab investorda boshqa investorlarga nisbatan ko’proq daromad olish va nisbatan kamroq riskka duchor bo’lishga imkon beruvchi investitsiya ob’ektlari, loyihalarini izlab topish va tanlash imkoniyati yaratiladi va o’z maqsadi va ustunligiga erishadi. Loyihalarni boshqarish amaliy va sintetik fan hisobanadi. Loyihalarni boshqarishning alohida fan sifatida yuzaga kelishi loyihalarni boshqarishga bo’lgan talab va boshqarish usullarini ishlab chiqish va tanlashga bo’lgan zaruriyatning ortishi bilan bevosita bog’liq hisoblanadi. Bu, ayniqsa, 1970-yillarda G’arb mamlakatlaridagi yirik kompaniyalarning aksariyat qismida faoliyat sohalarining kengayishi va murakkablashib borishi, raqobat sharoitlarining kuchayishi sabab loyihalarni boshqarish usullarining rivojlanishi va keng foydalanilishiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Loyihalarni boshqarish loyihaning mohiyatiga ko’ra amal qilinishi maqsadga muvofiq sanaladi. Bunda loyihaning quyidagi alohida belgilariga e’tiborni qaratish muhimdir: - bir qator texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy va boshqa talablarning bir vaqtning o’zida bajarilishi bilan erishilishi zarur bo’lgan aniq maqsadlar; - loyihani amalga oshirish jarayonida muvofiqlashtirilishi talab etiluvchi vazifalar, operatsiyalar va resurslarning tashqi va ichki o’zaro bog’liqligi; - loyihaning boshlanish va yakunlanish muddatini aniqlash; - resurslarning cheklanganligi; - loyiha maqsadlarining betakrorlik darajasi va amalga oshirilish shartsharoitlarini aniqlash;
- turli xil kelishmovchiliklardan qocha bilmaslik. Iqtisodiyot transformatsiyasi va xalqaro integratsiyalashuvi, iqtisodiyotda tarkibiy va tuzilmaviy o’zgarishlar tobora kuchayib borgan sari yangi xo’jalik sub’ektlarining paydo bo’lishi, ularning va mavjudlarining kuchli raqobat va turli omillari ta’siri yuqori bo’lgan sharoitda yashab qolishi va rivojlanishi tobora murakkablashib boraveradi. Bu holat investitsiya loyihalarini boshqarishga nisbatan bo’lgan talab va mas’uliyatni ham yanada oshirishga olib keladi, o’z navbatida, yangidan-yangi usullarning paydo bo’lishiga ham sabab bo’ladi. Ta’sir etishi kuchaygan omillar qatorida quyidagilarni keltirish mumkin: 1. Buyurtmachilarning talablar va ularning mas’uliyati oshishi. 2. Loyihalarning yakuniy mahsulotlarining xususiy murakkabligi. 3. Loyihalarning tashqi atrof bilan o’zaro bog’liqligi va o’zaro ta’siri (iqtisodiy, siyosiy, ekologik, ijtimoiy, madaniy muhit). 4. Risk va noaniqlik darajasi. 5. Tashkiliy qayta qurish. 6. Texnologiyalar almashuvi chastotasi. 7. Rejalashtirish va narxni shakllantirishdagi xatoliklar va boshqalar. Yuqoridagi omillarning ta’siri loyihalarning bajarilish muddati buzilishiga, ortiqcha mablag’lar sarfiga, talablarning bajarilmasligiga, oxir-oqibat, foydaning kamayishi va zararlarning ko’payishiga olib keladi. Bunga misol qilib, Sidneydagi opera binosi qurilishini keltirish mumkin.
Bunda mazkur bino qurilishi xarajatlari boshlang’ich stema qiymatiga nisbatan 16 martaga oshib ketishi yuz bergan. Amaliyotda minglab loyihalarning rejalashtirilgan xarajatlar va muddatlari bo’yicha buzilishi natijalari va sabablari yuzasidan ko’plab tadqiqotlar olib borilgan. Bunga quyidagi jadvalda keltirilgan tadqiqotlar natijalarini misol qilib keltirish mumkin. Loyihada ko’zlangan maqsadlarga erishilmaslik va unga sabab bo’lgan omillar ta’siri oqibatini bartaraf etishda, odatda, an’anaviy usullardan, jumladan, rahbariyatni almashtirish, buyruqbozlikni kuchaytirish asosida boshqaruvni yo’lga qo’yish kabi usullardan foydalanilganlik holatlari amaliyotdan bizga ma’lum. Biroq, bunday boshqaruv usullari loyihalarning samarali amalga oshirilishi, yakunlanishida maqbul usullardan emasligi amalda o’z isbotini ko’rsatdi. Shu sababdan loyihalarni boshqarishda yangicha, loyiha samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi oldindan tanlangan, o’z ustuvorligiga ega usullardan foydalanishga bo’lgan talab orta bordi. Umuman olganda, investitsiya loyihalarini boshqarishning zarurligi va uni qo’llashning dolzarbligini quyidagi sabablar bilan izohlash mumkin:
1. Investitsiya loyihalarini boshqarish usullarining paydo bo’lish sabablari: - loyiha tushunchasi; - jamiyatda, korxona va tashkilotlarda faoliyatning loyihaviy shakllari kengayishi; - hajmi, tuzilishi, qiymati, vaqti, atrof-muhit va jamiyatga ta’siri, risklarning ortishi bo’yicha investitsiya loyihalarining murakkablashishi; - an’anaviy tashkiliy shakllarning qanoatlantirmasligi; - turli kelishmovchilik va muammolar sonining ortishi; - samarasiz, omadsiz loyihalarning qo’llanilish holatlari.
2. Investitsiya loyihalarini boshqarishni qo’llashning dolzarblik kasb etishi va uning ortib borishi.
3. Investitsiya loyihalarini boshqarishning muqobillari yuzaga kelishi.
4. Investitsiya loyihalarini boshqarishning mohiyatini o’rganishga bo’lgan talabning ortib borishi: - maqsadning natijaga qaratilganligi.

Download 45.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling