Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashda an’anaviy usullarni qo’llash va hisoblash amaliyoti
Download 88.47 Kb.
|
anvar196
bu erda, CF1 - investitsiyalash amalga oshirilgandan so’ng birinchi yil oxiridagi pul tushumlari: q - doimiy sur’at, ya’ni kelajakda pul tushumlarining yillik qo’shimcha o’sish darajasi. Investitsiya loyihasi samaradorligini sof joriy qiymat (NPV) asosida hisoblanishi turli vaziyatlarda iqtisodiy ratsional qaror qabul qilish imkonini yaratadi. Shu sababli bu usul jahon amaliyotida keng tarqalgan. Investitsiya loyihalarini sof joriy qiymat usuli asosida baholashdan olingan natija, ya’ni sof joriy qiymat ijobiy miqdorga ega bo’lsa (NPV>0), u holda investitsiyalarning rentabelligi diskont miqdoridan yuqori bo’ladi, NPV=0 holatda loyiha rentabelligi diskont stavkasiga (minimal qoplash me’yoriga) teng bo’ladi, agar NPV<0 bo’lsa, loyiha rentabelligi minimal miqdordan past bo’ladi. Mazkur jarayonlar xorijiy adabiyotlarda quyidagicha tushuntiriladi: agar NPV=0 bo’lsa, investitsiyalardan keladigan daromad muqobil xarajatlarga teng bo’ladi va shuning uchun firma investitsiya qilishi yoki qilmasligining ahamiyati qolmaydi; agar NPV>0 investitsiyalardan keladigan daromad muqobil xarajatlardan yuqori bo’ladi va bunda ko’rib chiqilayotgan loyihaga investitsiya qilish foydali hisoblanadi1. Birinchi ikki holatda (ya’ni NPV>0 va NPV=0 bo’lganda) investitsiya loyihasini amalga oshirish mumkin. Bunda birinchisi investor kapitalining o’sishi ta’minlanishini ko’rsatsa, ikkinchisi ko’paymasligini ham, kamaymasligini ham bildiradi. Uchinchi holatda investitsiya loyihasini amalga oshirishni rad etishga to’g’ri keladi. Sababi, bunday holat loyihadan kutiladigan daromad, natijani olish imkonini bermaydi. Investitsiya loyihasini amalga oshirish bo’yicha qaror qabul qilishda muqobil loyihalarning samaradorligiga ham e’tiborni qaratish lozim bo’ladi. Buning uchun investitsiyalarning muqobil variantlari taqqoslama baholanishi lozimdir. Xususan, Jahon bankida muqobil loyihalarni ko’rib chiqish butun loyiha tsikli davomida loyihaviy tahlilning to’g’ri olib borilishining eng muxim elementlaridan hisoblanadi. Moliyaviy, institutsional va boshqa cheklanganlik sharoitida loyihaning sof joriy qiymati maksimal imkoniyatlarga ega bo’lishiga ishonch hosil qilish uchun Jahon banki va qarz oluvchilar muqobil, o’zaro ziddiyatli variantlarni ko’rib chiqadilar2. NPV ko’rsatkichi investitsiyalar hayotligi davrida, haqiqatan ham, daromadlilikni hisoblashdagi qo’llanilgan darajaga etishishligini ko’rsatib beradi. Shu sababli u vaqt va daromadlilik darajasiga bog’liq bo’ladi. U muqobil loyihalarni taqqoslashda katta rol o’ynaydi. Avinach Dixit, Robert Pindyck, Investment Under Uncertaintu (Princeton, NJ: Princeton University Press, 1994). Qarang. Bankovskoe delo i finansirovaniya investitsiy, /Pod redaktsii N.Bruka. Institut ekonomicheskogo razvitiya Vsemirnogo banka, 1-tom 2-chast, 1995., 281 str. 0> Download 88.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling