Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashda an’anaviy usullarni qo’llash va hisoblash amaliyoti
Download 88.47 Kb.
|
anvar196
bu erda, NPV – sof joriy qiymat; k – diskontlash stavkasi; I0 – boshlang’ich investitsiya; CFt - t davr oxirida kelib tushgan pul oqimi (tushumi). Diskont stavkasi, me’yori kapital bozoridagi uzoq muddatli ssudalar bo’yicha foiz stavkasiga yoki ssuda oluvchi tomonidan to’lanadigan foiz stavkasiga haqiqatda teng bo’lishi kerak. Boshqacha so’z bilan aytganda, diskont me’yori investorning o’zi uchun undan pasti (kichigi) besamar deb hisoblagan minimal foyda me’yori bo’lishi kerak. Bu ko’rsatkich investitsiyalar hayotiyligi davrida haqiqatan ham daromadlilikni hisoblashdagi qo’llanilgan darajaga etishishligini ko’rsatib beradi. Shu sababli u vaqt va daromadlilik darajasiga bog’liq bo’ladi. U muqobil loyihalarni taqqoslashda katta rol o’ynaydi. Investitsiya loyihalari bo’yicha daromadlarni (tushumlarni) yillar bo’yicha bashorat qilayotganda loyiha bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan tushumlarni imkoni boricha to’liq hisobga olish Zolotogorov V.G., Investitsionnoe proektirovaniya: Uchebnoe pos. – Minsk: “Ekoperspektiva”, 1998., str-143,144. lozim. Agar loyihani amalga oshirish davri tugashi davomida aylanma mablag’larning bir qismining ishlatilishdan (oborotdan) holi bo’lishi (chiqarib olinishi) yoki asbob-uskunalarning tugatilish qiymati ko’rinishida mablag’lar tushumi rejalashtirilayotgan bo’lsa, u holda ular davrlar bo’yicha daromadlar ko’rinishida hisobga olinishi lozim. NPV ni hisoblashda, odatda, doimiy stavka qo’llaniladi. Ammo ba’zi bir vaziyatlarda, masalan, hisob (foiz) stavkasining o’zgarishi kutilayotgan paytda yillar bo’yicha individual diskontlash stavkasidan foydalanish lozim. Bu hol hisoblash ishlarini, ya’ni haqiqiy NPV ni topishni bir muncha qiyinlashtiradi. Yuqoridagi tilga olingan vaziyatlarda diskont stavkasidan foydalanishning afzalligini quyidagi misolda ko’rib chiqamiz. Agar faoliyat ko’rsatayotgan korxona yangi bir narsani sotib olish yoki ma’lum miqdorda aktsiyadorlik kompaniyasining boshqaruv paketini sotib olish maqsadida investitsiyalashni rejalashtirgan bo’lsa, unda ushbu loyiha bo’yicha NPV ni hisoblashning Gordon formulasidan foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu formula quyidagi ko’rinishga ega:
|
ma'muriyatiga murojaat qiling