Sistemali dasturiy ta’minot
Download 64 Kb.
|
Sistemali dasturiy taminot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimli dasturlar
Sistemali dasturiy ta’minot
XVII asrda logarifmlar kashf etildi va shundan keyin yangi hisoblash asbobi – logarifmik lineyka yaratildi. Shu vaqtda Shikkard, Paskal va Leybnitslarning hisoblash mashinalari yaratildi. Fransuz olimi Blez Paskal tomonidan 1642 yilda yaratilgan jamlovchi mexanik mashinasi birinchi hisoblash mashinasi deb hisoblanadi.
Ayni shu vaqtda Shtutgart shahri muzeyida professor V.Shikkard 1623 yilda kashf etgan hisoblash mashinasining chizmasi topilgan. Bu tor doiradagi kishilarga ma’lum bo‘lgani uchun birinchi hisoblash mashina deb e’tirof etilmagan. 1673 yilga kelib yana bir hisoblash mashinasi nemis matematik olimi G.V.Leybnits tomonidan kashf qilindi.
Bu mashina to‘rtala (qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish) arifmetik amallarni bajarar edi. Taniqli ingliz olimi Ch.Bebbidj tomonidan yaratilgan mexanik arifmometr XIX asrning yana bir kashfiyoti bo‘ldi. Bu mashina murakkab masalalarni echadigan matematik mashinalarning paydo bo‘lishiga asos soldi.
XX asrning 30-40 yillarida EHMlarning yaratilishiga zamin tayyorlandi. AQShning Pensilvaniya universiteti olimlari J. Mouchli va J. Presner Ekkert loyihasi asosida 1942 yilda «ENIAK» deb nomlangan birinchi EHMni yaratishdi.
Tizimli dasturlar – kompyuter qurilmalarining ishchi holatini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar.
Tizimli dasturlarning yana biri kompyuter ishini boshqaruvchi qobiq dasturlar bo‘lib, ular foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini ta’minlaydi.
Kompyuter xotirasiga birinchi bo‘lib, Operatsion tizim (OT) deb nomlangan tizimli dastur yoziladi. Operatsion tizim deb, shunday dasturga aytiladiki, bu dastur yordamida kompyuter bilan foydalanuvchi o‘rtasidagi muloqot o‘rnatiladi, shu bilan birga barcha kompyuter qurilmalari ish faoliyatini boshqarib boradi.
Operatsion tizim – bu kompyuterni boshqarish, amaliy dasturlarni ishga tushirish va ularning tashqi texnik qurilmalar, boshqa dasturlar (ilovalar) bilan o‘zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini ta’minlovchi dasturiy vositalar yig‘indisidir.
Download 64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling