Investitsiya loyihalari tahlili” fanidan kurs ishi mavzu: Investitsiyalar mezonlari va ulardan foydalanish. Bajardi
Download 333.92 Kb.
|
kurs ishi (5) IZZAT
1-jadval
BERI indeksi ko’rsatkichlari
Xalqaro tajribalar shuni ko’rsatadiki, investitsion muhitni baholashning ob’yektivlik darajasini oshirish uchun zamonaviy iqtisod fani tomonidan ishlab chiqilgan bir qator muhim uslubiy qoidalarni hisobga olish zarur. Ular quyidagilarni ko’zda tutadi: Barcha turdagi investitsiyalar uchun ma’lum investitsion muhit zarur. Amalda kapital (sanoat, savdo, qarz, aksionerlik) investitsiya kabi turlicha bo’ladi, investorlar esa ustma-ust tushmaydigan maqsadlarni ko’zlaydi. Qarz kapitali qisqa vaqt ichida maksimum foyda olishga qaratilgan bo’lib, moliyaviy investitsiyalar orqali, sanoat kapitali uzoq muddat davomida korxona faoliyatiga barqaror ta’sir o’tkazishga intilib, real, bevosita investitsiya orqali harakat qiladi. Investitsion muhit manfaatlar muvozanatiga asoslangan bo’lishi kerak, chunki investitsiyalarni qabul qiluvchi ham, yetkazib beruvchi ham turlicha maqsadlarni ko’zlaydi: ularning birinchisi minimum mablag’lar asosida maksimum maqsadlarni ko’zlasa, ikkinchisi – maksimum foyda olish va mahalliy bozorlarni mumkin qadar tezroq egallashga intiladi. Investitsion muhit, bir tomondan, uzoq vaqt barqaror, ikkinchi tomondan, yetarli darajada uddaburon tadbirkor, mamlakatda shakllanayotgan ijtimoiy ishlab chiqarish omillariga (ilmiy-texnikaviy, tadbirkorlik, boshqaruv, texnologik) nisbatan yuz berayotgan o’zgarishlarni hisobga ola biladigan bo’lishi darkor. Investitsiyalar inson kapitali rivoji, barcha faoliyat sohalaridagi ishchi va xizmatchilarning malakasi yuksalishi bilan aniq bog’langan bo’lishi lozim. Investitsion muhit xo’jalikning iqtisodiy barqarorligi va ishlab chiqarish tizimlari xavfsizligiga rahna solmasligi kerak. Investorlarning va investitsiyalanayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tizim manfaatlari muvozanatini ta’minlash maqsadida, jalb qilinayotgan investitsiyalarning samaradorligi va investitsion muhit qulayligini majmuiy baholash talab etiladi. Shu sababdan nafaqat jalb qilingan investitsiyalar hajmi, balki ularni joriy etishning ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa oqibatlarini ham hisobga olish darkor. Investitsion muhit – juda keng ma’noda ishlatiladigan tushuncha bo’lib, investor tomonidan hisobga olinadigan barcha muammolar va masalalarni o’z ichiga qamrab oladi. Investor tomonidan ma’lum bir davlatga investitsiya qilishning qulay va noqulay tomonlari baholanadi, shu bilan bir qatorda o’z kapitalini kiritmoqchi bo’lgan mamlakatning mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti va madaniyatiga katta ahamiyat beriladi. Investitsion muhit har tomonlama chuqur tahlil qilinishi asosida investitsiya riski aniqlanadi. Investitsion muhit va risk darajalari bir-birlariga teskari nisbatdadir. Investitsion muhit qanchalik qulay bo’lsa, investorning tadbirkorlik riski shunchalik past darajada bo’ladi va bu investorlarning kirib kelishini ko’paytiradi. Aksincha, investitsion muhit noqulay bo’lsa, risk darajasi yuqori bo’ladi. Bu esa investitsiya qabul qiluvchining sarf-xarajatlari o’sishiga olib keladi. Shunday qilib, investitsion muhitning holati faqat investor uchun emas, balki investitsiya qabul qiluvchi uchun ham muhimdir. Download 333.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling