Investitsiya loyihalari tahlili” fanidan kurs ishi mavzu: Investitsiyalar mezonlari va ulardan foydalanish. Bajardi
O‘zbekistonda investitsiyalar bo‘yicha nimalar rejalashtirilayotgani ma'lum bo‘ldi
Download 333.92 Kb.
|
kurs ishi (5) IZZAT
O‘zbekistonda investitsiyalar bo‘yicha nimalar rejalashtirilayotgani ma'lum bo‘ldi.Prezidentning «2022–2024 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.Loyiha bilan quyidagilarni tasdiqlash taklif etilmoqda: 2022–2024 yillarda kapital qo‘yilmalarni o‘zlashtirishning yig‘ma prognoz parametrlari. Ularda 1 025,5 trln so‘m miqdoridagi markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalar, jumladan 41,4 mlrd AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan; 2022–2024 yillarda investitsiyalar va kreditlarni o‘zlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari; 230 ta yangi ishlab chiqarish quvvati va 50 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilishini nazarda tutuvchi 2022 yilda yirik ishlab chiqarish obektlari va quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha manzilli dastur; 2022 yilda investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish bo‘yicha yig‘ma manzilli dastur, shuningdek uning choraklar kesimidagi ijrosining prognoz ko‘rsatkichlari; 2022 yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi; 2022 yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi va boshqalar. 2022 yil 1 yanvardan mazkur Dastur doirasida tasdiqlangan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan nazorat to‘liq «Investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali olib borilishi taklif etilmoqda. Xulosa Yurtimizda o’tkazilayotgan iqtisodiy siyosat jahon iqtisodiy hamjamiyatiga integratsiya jarayonini faqat davlatning tarkibiy tuzilishi bo’yicha emas, balki xususiy sektor darajasida ham jadallashishini nazarda tutadi. Ochiq bozorning faoliyat ko’rsatishi uchun yaratilayotgan sharoit G’arb va Sharq ishbilarmonlarining mamlakatimizga qiziqishini uyg’otmoqda. Bugungi kunda bizning tadbirkorlarimiz ham xorijiy investorlarni hamkorlikka jadal jalb etmoqda. Ayni damda, xorijiy investitsiya korxonalarini barpo etish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga olmoqda: korxonani tashkil etish sabablarini inobatga olish; ishonchli sherik tanlash; xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona barpo etish haqida qaror qabul qilish. Shuni alohida qayd etish lozimki, O'zbekiston Respublikasining hozirgi kunda iqtisodiy, tabiiy va mehnat resurslariga boy salohiyati e'tiborga olinsa investitsiya siyosati ko'magida erishilgan yutuqlarga nisbatan, hali amalga oshirilishi zarur bo'lgan moliyaviy chora tadbirlar ko'p ekanligiga ishonch hosil qilishimiz mumkin.
Download 333.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling