Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo’llari Reja


Barqarorlikni tekshirish usulini amalga oshirish ketma-ketligi


Download 117.5 Kb.
bet6/6
Sana08.04.2023
Hajmi117.5 Kb.
#1341857
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1515138354 69850.doc mabzu

Barqarorlikni tekshirish usulini amalga oshirish ketma-ketligi.



Masala. Quyida berilgan 1 va 2 loyiha ma’lumotlariga asoslanib, ularning barqarorligini tahlil qiling va eng samaralisini tanlang. Bunda ikkala loyiha uchun loyiha muddati – 5 yilni; loyihalarga qo’yilgan investitsiyalar – 100 ming AQSh dollarini; kapitalning bahosi – 10% ni tashkil etadi. Loyihani amalga oshirishda yillar bo’yicha pul tushumi bir xil summani tashkil etadi.

Loyiha


Pul tushumlari, ming AQSh dollari

Optimistik

Eng ko’p bo’lishi mumkin bo’lgan

Pessimistik

1

40

35

25

2

50

40

20

Masalaning echilishi quyidagicha amalga oshiriladi

Loyiha-1

T, yillar.

NPV

0

1

2

3

4

5

Optimistik

-100

45

45

45

45

45

71,8

Eng ko’p bo’lishi m.b.

-100

35

35

35

35

35

32,7

Pessimistik

-100

25

25

25

25

25

-5,2




Loyiha-2

T, yillar.

NPV

0

1

2

3

4

5

Optimistik

-100

50

50

50

50

50

89,6

Eng ko’p bo’lishi m.b.

-100

40

40

40

40

40

51,6

Pessimistik

-100

20

20

20

20

20

-24,2

formula bo’yicha variatsiya kattaligini topamiz.


1) Var (NPV) = NPVopt. - NPVpess.= 51,7- (-5,2) = 56,9(AQSh dollari)
2) Var (NPV) = NPVopt. - NPVpess.= 89,6- (-24,2) = 113,8(AQSh dollari)
4. Investitsiya risklarini pasaytirish yo’llari.
Investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi alohida risklar ta’sirini yo’qotish yoki yumshatish uchun bir qancha yo’llardan foydalaniladi.
1. Riskdan qochish - risk bilan bog’liq tadbirlardan voz kechishni (demak, bunda foydadan ham voz kechishni) bildiradi.
2. Riskni ushlab qolish – investor zimmasiga riskni qoldirish, bunda investor o’z kapitalini riskli tadbirlarga yo’naltirayotganda, risklardan ko’riladigan zararlarni qoplash uchun mablag’i bo’lishi kerak.
3. Riskni uzatish (sug’urtalash) – investor risk havfini kimningdir zimmasiga yuklaydi. Riskni sug’urtalash, mantiqan olganda, muayyan risklarni sug’urta kompaniyalariga berishni anglatadi. Uning mohiyati investorning riskdan qutilish maqsadida daromadning bir qismidan voz kechish orqali aks ettiriladi. Bunda investorning risk darajasini “nol”ga tushirish uchun to’lovni amalga oshirishga tayyor ekanligini tushunish mumkin. Ko’p hollarda, sug’urta kompaniyalari moliyaviy risklarni sug’urtalash bilan risk darajasini pasaytirishga to’liq erishishiga xizmat qiladilar.
4. Riskni pasaytirish - ko’zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mablag’larini tashkil etish yo’li bilan yo’qotishlar hajmini qisqartirish hisoblanadi. Ko’zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mablag’larini tashkil etishdagi asosiy muammo risklarning jiddiy oqibatlarini baholash hisoblanadi. Buning uchun loyiha qiymatini boshlang’ich baholashni hisobga olish lozim. Bu esa zahira summasini aniqlashga katta yordam beradi.
Riskni pasaytirishning aniq vositasini tanlashda investor quyidagi tamoyillarga asoslansa, maqsadga muvofiq bo’ladi:
- ortiqcha tavakkal qilish kerak emas;
- risk oqibatlari to’g’risida o’ylash lozim;
- kam narsa uchun risk qilish kerak emas.
Asosiy adabiyotlar
1.Vaxobov A.V., Xojibakiev Sh.X., Mo’minov N.G. “Xorijiy investitsiyalar”. O’quv qo’llanma.- T.: Moliya, 2010.-328 b.
2.Вахабов А.В., Разыкова Г.Х., Хажибакиев Ш.Х. Иностранные инвестиции и модернизация национальной экономики. Монография. Т.: Молия, 2011.-300 с.
3.Bekmurodov A.Sh., Karrieva Ya.K., Ne’matov I.U., Nabiev D.H., Kattaev N.T. Xorijiy investitsiyalar. O’quv qo’llanma. –T.:Iqtisodiyot, 2010.-166 b.
4.Mamatov B., Xujamkulov D., Nurbekov O. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. – T.: Iqtisod-Moliya, 2014. – 608 b.
5.Kayumov R.I., Xojimatov R.X. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish: Darslik. - T.: TDIU, 2010. - 496 b.
6.Karlibaeva R. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish: O’quv qo’llanma. - T.: Cho’lpon, 2011.-124 b.
7.Raimjonova M.A. O’zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. T.: “Extremum-press”, 2013.-176 b.
8.Toshov O. Investitsion faoliyatni moliyalashtirishni takomillashtirish. T.: “Akademnashr”, 2012.-165 b.
9.Хазанович Э.С. Иностранные инвестиции: Учебное пособие/ Э.С.Хазанович.2-е изд., стер.-М.:КНОРУС, 2011.-312с.
10Xashimov A.A., Madjidov Sh.A., Muminova N.M. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. Darslik. - T.: Sharq matbaa nashriyot uyi, 2014.-208 b.
11.Шевчук Д.А. Организация и финансирование инвестиций. -Ростов на Дону.: Феникс, 2006.-272 с.
12.Сергеев И.В., Веретенникова И.И. Организация и финансирование инвестиций. Учебное пособие. – М.: Финансы и статистика, 2001. – 272 с.
Download 117.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling