Soliq, to’lov turlari va imtiyozlar
Korxonalardan olinadigan foyda solig’i
|
qishloqlarda qayta ochilgan xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatininig birinchi yilida foyda solig’dan to’liq ozod etiladi, ikkinchi yil soliqning 25%ini, uchinchi yil esa 50%ini to’lashadi. Savdo-sotiq va vositachilik bilan shug’ullanuvchi xorijiy investitsiyali korxonalar bundan mustasno;
boshqa ishlab chiqarish korxonalari, shu jumladan, to’gridan-to’g’ri xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatining birinchi yilida soliqning 25%ini, ikkinchi yilida esa 50%ini to’lashadi; agar eksportga ishlovchi yoki importni o’rnini qoplovchi to’gridan-to’g’ri xorijiy investitsiyali korxona ishlab chiqargan mahsulotning 25%ini bolalarga mo’ljallangan tovarlar tashkil etsa, ushbu korxona foyda solig’idan 5 yilga ozod qilinadi. Agar eksportga ishlovchi yoki importni o’rnini bosuvchi xorijiy investitsiyali korxonaning asosiy kapitalida xorijiy kapitalning ulushi 50%dan kam bo’lmasa, ushbu korxona 2 yilga ozod qilinadi;
xorijiy kapitalning ulushi 50%dan kam bo’lmagan ishlab chiqarish korxonasi o’z daromadini to’liq reinvestitsiya qilsa, foyda solig’idan to’liq ozod qilinadi.
|
Qo’shilgan qiymat solig’i(QQS)
|
xorijiy valyuta hamda qimmatbaho qog’ozlar harakatiga tegishli bo’lgan sug’urta va ssuda berish operatsiyalari;
o’zi yetishtirgan qishloq mahsulotlarini sotish;
geologik va topografik ishlar;
respublikamizda ishlab chiqarilayotgan qurilish materiallari;
eksport qilinayotgan tovarlarni hamda xorijiy tovarlarni ortish va tashish bo’yicha ko’rastilgan hizmatlar.
|
Yer solig’i
|
xorijiy investitsiyali ishlab chiqrish korxonalari yer solig’ini to’lashdan 2 yilga ozod qilinadi.
|
Aksiz solig’i
|
nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar aksiz solig’ini to’lashdan ozod qilinadi. Tamaki mahsulotlari, zargarlik buyumlari, sovun va benzin ishlab chiqaruvchi korxonalar bundan mustasno.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |