Investitsiya siyosati va muhiti


Download 0.69 Mb.
bet7/12
Sana22.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1041888
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
INVESTITSIYA FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI

Bojxona to’lovlari

  • O’zbekiston Respublikasida 50 mln.$dan ortiq to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya kiritgan yuridik shaxslarning chegaradan olib o’tadigan tovarlaridan import boji undirilmaydi;

  • xorijiy investor o’z zimmasiga ishlab chiqarishni modernizatsiyalash majburiyatini olganida chegaradan olib o’tilayotgan texnologik uskunalar ucun zarur detallar va ehtiyot qismlar bojxona to’lovlaridan ozod qilinadi.



II BOB IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA
O’ZBEKISTONDAGI USTIVOR TARMOQLARDA INVESTITSION
SALOHIYATNI OSHIRISH


2.1 O’zbekiston tarmoqlariga investitsion faoliyatni oshirishning amaldagi tahlili.
Ma’lumki, O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab iqtisodiyot tarmoqlariga investitsiya muhitining jozibadorligini oshirish va investitsiya jarayonlarini jadallashtirish maqsadida qator me’yoriy hujjatlar qabul qilinib, doimiy tarzda takomillashib bormoqda. Bu esa o’z navbatida , mamlakat ichki investitsiya salohiyatining yuksalishini va xorijiy investitsiyalar oqimining yildan-yilga ortib borishini, shunga mos ravishda makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, shu jumladan, yalpi ichki mahsulot hajmining ham o’sib borishini ta’minlamoqda.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 2010-yilning asosiy yakunlari va 2011 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganidek: “…investitsiya maqsadlari uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish mexanizmlarini yanada takomillashtirish va ularning hajmini oshirish, boshlang’ich kapitalni shakllantirish, mikrokreditlar berish ko’lamini kengaytirish borasidagi ishlarni davom ettirish lozim. …Hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan yana bir muhim ustuvor yo’nalish – chet el investitsiyalarini keng jalb qilish, xorijiy investorlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga ulkan e’tibor qaratishdan iborat”
Qayd etish joizki, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda qulay investitsiyaviy muhit shakllantirildi, xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha qonun yo‘li bilan keng ko‘lamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi belgilandi.
Natijada respublikada iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingtadan ko‘proq korxona tashkil qilindi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har yili 3,0 milliarddan ko‘proq asosan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilmoqda, mamlakat iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya umumiy hajmining 26,6 foizdan ko‘prog‘i ularning hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu esa xorijiy investorlarning respublika iqtisodiyoti barqarorligi va pishiq-puxtaligiga, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganligidan yaqqol dalolat beradi.
Shu bilan birga, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganligi, jahon va mintaqaviy investitsiya bozorlarida raqobat kuchayib borayotganligi mamlakatda yana ham qulayroq investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashdagi mavjud byurokratik g‘ovlar va to‘siqlarni bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishini taqozo etmoqda.
Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish, respublika mintaqalariga xorijiy sarmoyalar va zamonaviy texnologiyalar jalb etilishi rag‘batlantirilishini kuchaytirish, xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun kafolatlar va imtiyozlar tizimini yanada mustahkamlash maqsadida:
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi PF-6011-sonli Farmoniga asosan 2020-yil 1-oktabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son)
Oldingi tahrirga qarang. Belgilab qo‘yilsinki, xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSh dollaridan kam bo‘lmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida o‘zgarishlar yuz bergan hollarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i (tovarlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilish aylanmasi), mol-mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov, yagona soliq to‘lovi, shuningdek, Respublika yo‘l jamg‘armasiga hamda Budjetdan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashning mazkur korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tish sanasida amal qilgan me’yorlari va qoidalarini qo‘llashga haqlidirlar.
O’zbekiston davalati mustaqilligiga erishgan dastlabki yillaridan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o’ziga xos yo’nalishini belgilab oldi. U iqtisodiyotning rivojlanishiva barqarorligida investitsiyalarning beqiyos o’rin tutishini o’z vaqtida to’g’ri anglab yetganligining natijasida investitsiyalarga, xususan, chet el investitsiyalariga bo’lgan e’tiborining kuchayishi yuz berdiki, bu esa bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi investitsiya faoliyatining rivojlantirilishiga olib keldi. Bugungi kunda rivojlangan investitsion faoliyatning yo’lga qo’yilishini hukumatimiz yuritayotgan oqilona investitsiya siyosatining mahsuli ekanligini ta’kidlash lozim.
2.1-jadval
2020 yilda mulkchilik shakllari bo’yicha asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning taqsimlanishi



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling