1. Loyiha ishtirokchilari riski; 2. Loyiha smeta qiymatining oshish riski;
3. Qurilishni o’z vaqtida tugamaslik riski; 4. Ish va ob’ekt sifatining pastligi riski;
5. Konstruktsion va texnik risklar; 6. Ishlab chiqarish riski;
7. Boshqaruv riski; 8. Sotish riski;
9. Moliyaviy risk; 10. Mamlakat riski;
11. Ma’muriy risk; 12. Huquqiy risk;
13. Fors-major riski.
Investitsiya risklarini boshqarish bosqichlari
1) Risk omilini aniqlash deganda risk sababini, ya’ni loyihaga ta’sir qila oladigan voqea yoki vaziyatlarni aniqlash tushuniladi.
2) Risk omilini tahlil qilish va baholash – ikki guruxga bo’linadi:
–Risklarni sifat jixatdan baholash – risk turlarini, uni vujudga keltiruvchi omillarni va risklarni pasaytirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlarni aniqlash maqsadini ko’zlaydi.
–Risklarni miqdoriy baholash –loyiha risklarini sondagi ifodasini loyiha ko’rsatkichlari orqali hisoblash, risklarning paydo bo’lish ehtimolligini va risklarning loyihaga ta’sirini aniqlash tushuniladi.
3) Risklarni pasaytirish bo’yicha ishlarni rejalashtirish yoki risk oqibatlarini bartaraf etish – aniq tanlangan riskni boshqarish choralari va usullari doirasida aniq chora-tadbirlarni qo’llash tushuniladi.
4) Riskni oldini olish va nazorat qilish bosqichida ma’lum reja va dasturlar asosida aniq tashkiliy-texnik tadbirlar ko’rib chikiladi. Bu bosqichda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: risklar monitoringi; riskni istiqbolini belgilash; taxdid soluvchi xatarlar haqida rahbarlarga ma’lumot berish va bu bilan bog’liq ko’rsatmalarni ishlab chiqish; riskni oldini olish va nazorat qilish dasturi doirasida maxsus tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshiriladi.
5) Risklarni boshqarish usullarini tanlash va qo’llash. Risklarni boshqarishdagi asosiy yo’llar quyidagilar: risklarni ajratish; risklarni loyiha ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash; moddiy ta’minotni olish (garov); moliyaviy ta’minotni olish (kafolat yoki kafillik); risklarni kredit bo’yicha yuqori foiz stavkasiga ko’chirish; risklarni venchur kreditlashga qabul qilish; qarzlar bo’yicha yo’qotishlarni qoplash uchun fondlarni shakllantirish kabilardan iborat.
6) Natijalarni baholash – Risk vaziyatlari va ularni oqibati xaqida ma’lumot to’plash va kelajakka tavsiyalar tuzish tushuniladi. Natijalarni baholash orqali olingan ko’rsatma va xulosalar keyingi loyihalarni amalga oshirishda qo’llaniladi.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |