Investitsiya va innovatsiyalar” fanidan modul topshiriqlari 1-Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati topshiriqlar
-mavzu: Investitsiya jarayonlarining mazmuni va asosiy bosqichlari
Download 46,46 Kb.
|
investitsiya 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirlar Moddiy aktivga yo’naltirilgan investitsiyalar Nomoddiy aktivga yo’naltirilgan investitsiyalar
- 3-mavzu. Investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati Tayanch ibora va tushunchalarga izoh bering.
- Xalqaro huquq
2-mavzu: Investitsiya jarayonlarining mazmuni va asosiy bosqichlari
TOPSHIRIQLAR 1. Quyidagi jadvalda keltirilgan tadbirlar investitsiyaning qaysi turiga kirishini aniqlang.
3-mavzu. Investitsiya faoliyati va investitsiya siyosati Tayanch ibora va tushunchalarga izoh bering. 15. Huquqiy maqom aylab qoʻyiladigan shaxslar, fuqarolar, davlat idoralari, tashkilot, muassasa, xalqaro tashkilotlarning normativ akt bilan rasmiylashtirilgan huquqiy holati, ular huquq va majburiyatlarining yigʻindisi. Maxsus hollarda geografik joylar (shaharlar)ni boshqa joylardan iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy jihatdan ajratib olishda qoʻllaniladi. 16. Investitsiya munosabatlari ishtirokchilarining huquqiy maqomi ularning ushbu munosabatlar doirasidagi huquqlari, burchlari va majburiyatlarini belgilaydi. U qonun hujjatlari, shartnomalar yoki boshqa huquqiy hujjatlar bilan belgilanishi mumkin 17, Xalqaro huquq tushunchasi xalqaro ommaviy huquqni bildiradi. Xalqaro ommaviy huquq-xalqaro munosabatlarda qatnashadigan va ishtirok etadigan davlatlar (sub`yektlar)ning yuridik munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga soladi. 18. Mahalliy investorlar - bu mamlakat ichida joylashgan va o'z moliyaviy resurslarini qo'shma korxonalar yoki korporatsiyalar yaratish va rivojlantirishga sarflaydigan jismoniy shaxslar yoki tashkilotlar. Chet ellik investorlar - bu mamlakatdan tashqarida joylashgan va o'z moliyaviy resurslarini qo'shma korxonalar yoki korporatsiyalar yaratish va rivojlantirishga sarflaydigan jismoniy shaxslar yoki tashkilotlar. 19. Investitsion faoliyat va investitsiya siyosati bir-biri bilan chambarchas bog'liq. Investitsion faoliyat deganda daromad olish maqsadida turli aktivlar yoki loyihalarga mablagʻlarni qoʻyish jarayoni tushuniladi. Bu ham jismoniy, ham yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Boshqa tomondan, investitsiya siyosati investitsiya uchun qanday turdagi aktivlar yoki loyihalar tanlanishini, shuningdek, qanday risklar qabul qilinishini va ularni qanday boshqarishni belgilovchi qoidalar, tamoyillar va strategiyalar to'plamini anglatadi. Investitsion siyosat investorlar, kompaniyalar yoki fondlar tomonidan ishlab chiqilishi mumkin. 20. . Qo'shma korxonalar, birdan bir nechta ichki yoki tashqi investorlarning birlashmasi orqali tashkil etilgan korxonalar bo'lib, ularning asosiy maqsadi pul mablag'larini biriktirish va ulardan foydalanib, katta miqdorda kapitalni jalb qilishdir 21.. Xususiy investitsiyalar nodavlat yuridik shaxslarining va fuqarolarning mablag‘larini tadbirkorlik faoliyati obyektlariga qo‘yilishini anglatadi. Davlat investitsiyalari davlat byudjeti va davlat korxonalarining mablag‘larini joylashtirish orqali namoyon bo‘ladi. 22. Bevosita investitsiyalar, investorning investitsiya jarayonida bevosita ishtirok etishini anglatadi, ya‘ni investor investitsiyalash obyektini, shuningdek, uni moliyalashtirishni tashkil etish va moliyalashtirish manbalarini bevosita o‘zi aniqlaydi. 23. Portfel investitsiyalar – bilvosita investitsiyalarni anlatib, bu investitsiya yoki moliyaviy vositachilar orqali investitsiyalashdir. 24. Moliyaviy investitsiyalar – daromad olish (xuddi foizlar, dividendlar va ijara haqi singari) va asosiy kapital qiymatini ko‘paytirish maqsadida investor tasarrufida bo‘lgan korxona aktivlari. Mohiyat jihatdan «qimmatli qog‘ozlarga (aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar), ya‘ni moliyaviy aktivlarga joylashtirilgan kapital moliyaviy investitsiyalarni anglatadi»2 25. Investitsiyalar mo‘ljallangan obyektiga ko‘ra kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiyalarga bo‘linadi. Kapital investitsiyalar jumlasiga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi. Innovatsiya investitsiyalari jumlasiga texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o‘zlashtirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi. Ijtimoiy investitsiyalar jumlasiga inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo‘shiladigan investitsiyalar kiradi. 27. Kontsessiya shartnomalari xoʻjalik yuritish va chet el kapitalini jalb qilish shakli; milliy iqtisodiyotni rivojlantirish yoki tiklash, tabiiy boyliklarni oʻzlashtirish maqsadida davlat yoki mahalliy hokimiyat idoralariga qarashli yer uchastkalari, qazilma boyliklar, korxonalar va boshqa xoʻjalik obʼyektlarini muayyan muddatga va shartlar bilan foydalanish uchun chet el kapitali (davlat, firma, xususiy shaxs) ga berish haqidagi shartnoma yoki kelishuv 28. Real investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) – pul mablag‘larini korxonaning moddiy va nomoddiy aktivlariga sarflanishidan iborat.
Download 46,46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling