Investitsiyalar auditi va baholash
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksi O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari 1. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»; 2. «Qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyat yuritish mexanizmi to’g’risida»; 3. Aktsionerlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»; 4. «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»; 5. «Chet el investorlarining kafolatlari va ularning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»; 6. «Investitsiya faoliyati to’g’risida»; 7. «Auditorlik faoliyati to’g’risida». O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari: 8-sonli «Jamlangan moliyaviy hisobotlar va sho’ba xo’jalik yurituvchi : jamiyatlarida sarmoyalarni hisobga olish»; 12-sonli «Moliyavi investitsiyalar hisobini yuritish»; 17-sonli «Kapital qurilishda pudrat shartnomalari»; 21-sonli «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati hisobvaraqlar rejasi» Korxona, tashkilot va muassasalarning hisob siyosatlari. 27 tashkil qilish zarurdir. Bizga ma’lumki, investitsiyalar - ma’lum davr davomida iqtisodiy foyda ko’rish maqsadida qo’yilgan kapitalni bildiradi. Investitsiyalarning tarkibiy qismi bo’lgan moliyaviy investitsiyalar bu daromad olish va asosiy kapital qiymatini ko’paytirish maqsadida uning tasarrufida qisqa va uzoq muddatli investitsiyalarga ajratilgandir. Moliyaviy investitsiyalar hisobini zamon talablari va makon amaliyoti talablari darajasida tashkil qilish uchun, avvalo ularni hisobga olishning vazifalari quyidagilardir: -uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni hamda ular bo’yicha olingan daromadlarni o’z vaqtida to’g’ri aniqlash; -uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar uchun ajratilgan mablag’larni o’z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash; -moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda BHMA va BHXAlarini keng qo’llash; -uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlarning korxona moliyaviy natijalarida aks ettirilishini ta’minlash; -moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlardan byudjetga tegishli qismini amaldagi me’yoriy hujjatlarga, soliq kodeksining talabiga muvofiq to’g’ri hisoblashni tashkil qilish, byudjetga tegishli qismini o’z vaqtida o’tkazishni ta’minlash; -uzoq va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar hisobiga kelib tushgan mablag’lardan korxonani kengaytirish, rivojlantirish va korxona jamoasi extiyoji uchun ishlatishni ta’minlash. Korxonalarda moliyaviy investitsiyalar hisobi yuzasidan ko’pgina muammolar tug’ilmoqda. Quyida ushbu muammolarning ba’zilariga to’xtalib o’tamiz: 1. Qimmatli qog’ozlarni xarid qilishda ishlatiladigan qarz mablag’lari bo’yicha foizlar hisobi. Schyotlar rejasini qo’llash bo’yicha yo’riqnomada xarid qilib olingan 28 qimmatli qog’ozlar qiymatiga «xarid qilingan qimmatli qog’ozlarni buxgalteriya hisobiga qabul qilgungacha ularni xarid qilishda ishlatiladigan qarz mablag’lari bo’yicha to’langan foizlar» ham xarid qilingan qimmatli qog’ozlar qiymatiga (tannarxiga) qo’shilishi ko’zda tutilgan. Bunda yuqorida keltirilgan tartibdan qo’yidagi xulosaga kelish mumkin: qarz mablag’lari bo’yicha foizlarni xarid qilingan qimmatli qog’ozlar qiymatiga qo’shish uchun, qarz mablag’lari qimmatli qog’ozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirgungacha ishlatilishi lozim. Bu erda qarz mablag’larining ishlatilishi deyilganda, qimmatli qog’ozlar qiymatining to’lanilishi tushuniladi. Ammo, Moliyaviy investitsiyalar har bir turini baholash va qayta baholash o’ziga xos xususiyatlarga ega. Quyida ushbu xususiyatlarning ayrimlariga to’xtalamiz. Qimmatli qog’ozlarga yo’naltirilgan moliyaviy investitsiyalar. Ushbu turdagi investitsiyalarni baholashda ikkita sana muhim rol o’ynaydi: 1.Sotib olish sanasi. 2.Keyingi sanalar. Sotib olish sanasi deganda, qimmatli qog’ozlarga yo’naltirilgan moliyaviy investitsiyalarni sotib olish, ya’ni ularni qabul qilib olish sanasi tushuniladi. “Moliyaviy investitsiyalarni xarid qilish chog’ida, ular xarid qiymati bo’yicha baholanadi va bu qiymatga brokerlik xizmati uchun to’langan xaq, bank xizmati uchun to’lovlar, bojlar va boshqa xarajatlar kiritiladi. Masalan, xo’jalik yurituvchi sub’ekt qimmatli qog’ozlarni sotib oldi. Qimmatli qog’ozlarning sotib olish qiymati 500000 so’m, brokerga to’langan komission haq 15000 so’m. Qimmatli qog’ozlarning sotib olish uchun brokerga 500000 so’m pul to’langanda quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi: Dt 0610 “Uzoq muddatli investitsiyalar” scheti 500 000 Kt 5110 “Hisob-kitob” scheti 500 000 Brokerga to’langan komission haq summasiga quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi: Dt 0610 “Uzoq muddatli investitsiyalar” scheti 15 000 29 Kt 5110 “Hisob-kitob” scheti 15 000 Agar investitsiya, aktsiyalarni emissiya qilish va boshqa qimmatli qog’ozlar chiqarish yo’li bilan to’laligicha yoki qisman olinayotgan bo’lsa, u holda xarid qiymati qimmatli qog’ozlarning nominal qiymatiga emas, balki chiqarilgan qimmatli qog’ozlarning joriy qiymatiga teng bo’ladi. Agar investitsiya boshqa aktivga ayrboshlash yo’li bilan to’la yoki qisman olingan bo’lsa, u holda investitsiya qiymati, topshirilgan aktivning joriy qiymatiga qarab aniqlanadi” 10 Agar sotib olish sanasida sotib olish qiymatiga ma’lum sanagacha bo’lgan davr uchun hisoblangan dividendlar va foizlar xissasi kiritilgan bo’lsa, qimmatli qog’ozlarga yo’naltirilgan investitsiyaning balans qiymati o’tkazib berilgan summadan sotuvchi tomonidan bo’nak sifatida to’langan foiz va dividentlar summasini chegirishdan keyin qolgan qiymatda aks ettirilishi lozim. Chunki, sotib olish vaqtida olingan summa va sotib olish qiymati o’rtasidagi farq investorning investitsiya kiritgan mablag’lari uchun avans tariqasida olgan daromadi hisoblanadi. Bu avans summa investitsiyani sotib olishdan to qaytarilgunicha bo’lgan davrda investir tomonidan doimiy daromad sifatida bir maromda hisobdan chiqarib borilishi kerak. Keyingi sanalar deganda, sotib olingandan keyin balans sanalari tushuniladi. Ushbu sanalarda qimmatli qog’ozlarga yo’naltirilgan moliyaviy investitsiyalar balansda turli qiymatda baholanishi mumkin. Jumladan, uzoq muddatli aktivlar sifatida tasnif etilgan investitsiyalar buxgalteriya hisobida: -xarid qiymati bo’yicha; -qayta baxolangan qiymati bo’yicha; -xarid va bozor qiymatining umumiy investitsiyalar usuli bo’yicha aniqlangan, eng kam bahosi bo’yicha xisobga olinadi. Qisqa muddatli aktivlar sifatida tasnif qilingan investitsiyalar buxgalteriya balansida: -bozor qiymati bo’yicha; 10 12-сон “молиявий инвестициялар” номли БҲМС. ЎБАМА.2003й. 117 б. 30 -xarid qiymati va bozor qiymati kabi ikki qiymatning eng kami bo’yicha hisobga olinishi kerak 11 . Masalan, 1 aprelda korxona 500,000 so’m qimmatli qog’ozni sotib oldi, bunda brokerga 2,000 to’landi. 1 aprel Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling