31
tushiniladi. Bozor qiymatini, boshqachasiga, haqqoniy qiymat deb ham ataydilar.
Bu qiymat ko’p omillarga bog’liq, jumladan, aktsiyadorlik jamiyati yoki tijorat
bankining foydalilik darajasiga, to’lanayotgan dividentlarning miqdoriga, ularning
kelajakdagi obro’ e’tiboriga va boshqa omillarga.
Qiymat tamoyiliga muvofiq qimmatli qog’ozlarga yo’naltirilgan moliyaviy
investitsiyalar boshqa aktivlar singari keyingi sanalarda yuqorida keltirilgan
qiymatlarning eng kichik miqdorida balansda aks ettirilishi lozim. Ushbu qiymatda
uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar balansda investitsiya portfeli metodiga asoslani
aks ettiriladi. Qisqa muddatli qimmatli qog’ozlar ularning bozor va sotib olish
qiymatlarining eng kichik qiymatida hisobga olingan bo’lsa, balansda qimmatli
qog’ozlar portfelining jami investitsiya qiymatiga, yoki qimmatli qog’ozlarning
alohida nomlari bo’yicha topilgan qiymatiga asoslanib aks ettiriladi.
Masalan: 01 yanvarda 6 oylik muddatga nominal qiymati 200,000 sh.b. bo’lgan,
12 % lik obligatsiya har oylik foizlar to’lovi sharti bilan 188,000 sh.b.ga sotib
olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: