Investitsiyalar auditi va baholash
III-Bob. KAPITAL INVESTITSIYALAR HISOBI VA UNING
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011
III-Bob. KAPITAL INVESTITSIYALAR HISOBI VA UNING
AUDITI 3.1. Kapital investitsiyalar hisobining vazifalari Kapital investitsiyalar hisobining vazifalari kapital investitsiyalar ho’jalik yurituvchi sub’ektlar ishlab chiqarish faoliyatining o’ziga xos shaklidir, u asbob- uskunalarni zamonaviylashtirish, ichshlab chiqarish ob’ektlari va bevosita ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan ob’ektlarni qayta qurish, ta’mirlash va asosiy ishlab chiqarish vositalarini kengaytirilgan holda qayta ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Kapital investitsiyalar asosiy vositalarni, takror ishlab chiqarishni kengaytirish hamda ularniig sifat tarkibini yaxshilash harajatlarining majmuidir. Kapital investitsiyalar xajmi ishlab turgan korxonalarni qurish, kengaytirish, texnik qayta jihozlash va quvvatlarni saqlash, shuningdek, ishlab chiqarish va ishlab chiqarishga mo’ljallangan uskuna transport vositalari va asosiy vositalarning boshqa ob’ektlarini xarid qilishga mablag’ bilan ta’minlashning barcha manbalari hisobiga qilingan xarajatlarning umumiy summasiga ko’ra belgilanadi. Kapital mablag’lar hajmiga quyidagi soxalarga yo’naltirilgan xarajatlar kiradi: - Qurilish-montaj, loyixa-qidiruv, geologiya-razvedka, burg’ulash va boshqa ishlarga qilingan xarajatlar. - Ishlab turgan korxonalarni tiklash texnik qayta jihozlash va texnika vositalarning quvvatini kengaytirishga qilingan harajatlar; - Mashina va uskunalar, ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari transport vositalari va asosiy vositalarning boshqa ob’ektlarini sotib olishga ketgan xarajatlar; - Korxona, tashkilot va muassasalar uchun yangi ob’ektlar qurishga ketgan xarajatlar; - Boshqa shu turdagi xarajatlar. Kapital investitsiyalarni buxgalteriyada hisobga olishda «Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMA va «Kapital qurilish uchun pudrat shartnomalari» nomli 17- 41 son BHMAdan foydalaniladi. Kapital investitsiyalarni buxgalteriyada hisobga olishning dolzarb vazifalari quyidagilardan iborat: - qilingan barcha kapital xarajatlarni ob’ektlarning turlari bo’yicha to’liq va o’z vaqtida aks ettirishni ta’minlash; - Kapital investitsiyalar rejasi ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy vositalar ob’ektlarini ishga tushirish rejalarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash; ta’minlash; - sotib olingan asosiy vosita ob’ektlarining balans qiymatini to’g’ri belgilash va uning o’z vaqtida kirimga olinishini ta’minlash. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling