Investitsiyalar auditi va baholash
Fyuchers (inglizcha future
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011
Fyuchers (inglizcha future so’zidan olingan bo’lib, kelajak ma’nosini
anglatadi) kelishilgan miqdordagi qimmatliklarni ma’lum vaqt mobaynida bitim tuzish vaqtida belgilangan narxda etkazib berish to’g’risidagi shartnomalarni o’zida namoyon qiladi. Respublikamiz amaliyotida uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni yo’naltirishning asosiy vositasi aktsiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog’ozlarini xarid qilish hisoblanmoqda. Korxonaning sho’ba korxonalar, qo’shma korxonalar va qaram birlashmalarga investitsiyalari mavjudligi ularni buxgalteriya hisobida alohida turkumlarga ajratishni taqozo etadi. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning baholanishi «Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli 12-son BHMAga asoslanadi. Xarid qilinishi chog’ida moliyaviy investitsiyalar brokerlik xizmatlariga oid to’lovlar, bojlar, bank xizmatiga oid to’lov va boshqa xarajatlar kabi xarid qilishga oid xarajatlar bilan birgalikda xarid qilish qiymati bo’yicha baholanadi. 67 Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning aktsiyalar yoki boshqa qimmatli qog’ozlar emissiyasi yo’li bilan qisman yoki to’liq xarid qilinishi chog’ida ularning nominal qiymati emas, balki qimmatli qog’ozlar bozoridagi sotish qiymati xarid qilish qiymati bo’lib hisoblanadi. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning almashtirish yoki boshqa aktivga qisman almashtirish yo’li bilan xarid qilishda xarid qiymati berilayotgan aktivning bozor qiymatiga asoslangan holda aniqlanadi. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarining o’z ichiga foizlar ulushini hisoblangan dividendlarni ularni sotib olish vaqtigacha bo’lgan davr uchun bo’lgan qiymat bo’yicha sotib olinishi xaridor tomonidan sotuvchiga to’langan foizlar summasi chiqarib tashlangan holda xarid qilish qiymati bo’yicha hisobga olinadi. Agar uzoq muddatli moliyaviy ivestitsiyalar xarid qilish vaqtiga qadar hisoblangan foizlar bilan birga sotiladigan bo’lsa, u holda ularning foizlarni to’lash ko’pi bilan to’g’ri kelmaydigan kunlarda sotib olinishi chog’ida xaridor bilan sotuvchi o’zaro tegishli summani bo’lishib olishlari kerak. Xaridor sotuvchiga investitsiyalar qiymati bilan bir qatorda ularning so’nggi to’lovi amalga oshirilgan vaqtdan boshlab o’tgan davr uchun to’lanishi lozim bo’lgan foizlarni to’laydi. Foizlarni to’lashning navbatdagi muddati kelgan vaqtda xaridor ularni to’liq, jami davr uchun oladi. Qarzga oid qimmatli qog’ozlarga investitsiyalarning xarid qilish qiymati bilan so’ndirish qiymati o’rtasidagi farq (diskont yoki xarid qilish chog’idagi mukofot) odatda investor tomonidan qimmatli qog’ozni xarid qilish vaqtidan boshlab so’ndirish vaqtigacha hisobdan chiqariladi, ya’ni amortizatsiya qilinadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni quyidagi baholarda hisobga olib boradi: -xarid baxosida; - qayta baholashni hisobga olgan kiymatda; - qimmatli qog’ozlar portfeli asosida aniqlanadigan xarid va joriy qiymatlar yuzasidan eng kam baxolashda. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholashni amalga oshirish 68 uchun qayta baholashlar davriyligi aniqlab olinishi zarur. Bunda qayta baholashning yakka tartibdagi usuli ko’llaniladi. Qayta baholash natijasida uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar qiymatining oshib ketishi 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar» hisobvarag’ida, kamayishi esa qo’shimcha baholash chegarasida rezerv kapitalining kamaytirilishi yoki avvalgi qo’shimcha baholashdan oshgan summada-xarajat sifatida hisobga olinadi. Agar uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning qayta baholanishi natijasida dastlab kamayish, keyin esa ko’payish yuz bergan bo’lsa, u holda uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar qiymatining avvalgi kamayish summasi qayta tiklanishi lozim bo’ladi. Tiklanish lozim bo’lgan summa qabul qilingan hisob siyosatiga muvofiq daromad yoki taqsimlanmagan foydaga kiritiladi. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar o’z qiymatining bir qismini yo’kotgan hollarda (ya’ni, investitsiyalar bahosining pasayish jarayoni yuz berganida) ularning balans qiymati qayta ko’rib chiqilishi kerak. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling