Xazina majburiyatlari - bu ularning egalari tomonidan byudjetga pul
mablag’larini berganliklarini tasdiqlovchi hamda ushbu qimmatli qog’ozlarga
egalik qilishning butun muddati davomida belgilangan daromadni olish huquqini
beruvchi davlat qimmatli qog’ozlaridir. Ular jismoniy shaxslar uchun
chiqariladigan qimmatli qog’ozlardir.
Depozit sertifikatlari (inglizcha certificati of deposit) - bu pul mablag’larini
omonatga qo’yilganligi to’g’risida, omonatchiga belgilangan muddat tugagandan
so’ng depozit summasi va unga tegishli foizlarni olish huquqini beruvchi kredit
muassasasining guvohnomasidir. 1994 yildan boshlab depozit sertifikatlari yuridik
shaxslar uchun 1 yilgacha muddatga, jismoniy shaxlar uchun 3 yilgacha muddatga
chiqarila boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |