Investitsiyalar auditi va baholash
Investitsiyalar auditining dasturini tuzish
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011
5.2. Investitsiyalar auditining dasturini tuzish Standartga muvofiq auditning umumiy rejasi tuzilganidan so’ng audit dasturi tuzilib, unda barcha auditorlik amallarining batafsil ro’yxati bayon qilinishi zarur. Dastur auditorlar uchun batafsil yo’riqnoma bo’lib, unda tekshirilishi lozim bo’lgan buxgalterlik hisobining barcha bo’limlarini tekshirish, shuningdek ichki nazorat tizimini tahlil qilish bo’yicha ularning barcha xatti-harakatlari aks ettirilgan bo’lishi lozim. Audit dasturini tuzish yuzaki bajarilmasligi lozim, chunki u auditorlar ishidagi ta’sirchan nazorat dastagi bo’lib xizmat qiladi, dasturning har bir bo’limi bo’yicha auditor xulosalari esa auditorlik hisoboti va auditorlik 85 xulosasini tuzish uchun asos bo’lib xizmat qilishi lozim. №3-«Auditni rejalashtirish»nomli AFMS, №14-«Auditorlik tanlash», №9- «Jiddiylik va auditorlik riski №6-«Auditni hujjatlashtirish» va auditorlik tekshiruvini amalga oshirishni tartibga soladigan boshqa standartlar bilan o’zaro chambarchas bog’liq. Shunday qilib, boshqa standartlardagi talablarni o’rganmasdan va izchil bajarmasdan, ushbu standart talablarini bajarish mumkin emas. Auditor o’z ishini shunday rejalashtirishi lozimki, buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlarini, moliya-xo’jalik muomalalarining ishonchliligini va qonuniyligini, hamda ular buxgalteriya hisobi schetlarida aks ettirilishining to’g’riligini o’z vaqtida va sifatli auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladi. Auditni rejalashtirish quyidagilarni ta’minlashi lozim: a) buxgalterlik hisobi va hisobotining holati hamda ichki nazorat tizimining samaradorligi to’g’risida zarur axborotlarni olish; b) bajarilishi lozim bo’lgan nazorat amallrining mazmunini, o’tkazish vaqtini va xajmini aniqlash; Auditni rejalashtirish kutilatgan ishlar rejasini tuzish va auditorlik dasturiii ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. Kutilayotgan ishlar rejasida quyidagi ko’rsatkichlar aks ettiriladi: -audit o’tkazish muddati va ishlarning davomiyligi ; -bajariladigan ishlar hajmi; -auditor qo’llaydigan usullar va amallar. Auditor o’z rejasini tekshiriladigan korxona raxbariyat va xodimlari bilan muhokama qilishi mumkin. Bu o’tkaziladigan auditning ta’sirchanligini oshirish va auditorlik amallarini korxona xodimlari faoliyati bilan muvofiqlashtirishga imkon yaratadi. Auditor rejani yaxshi va sifatli tuzish hamda ishlarning kutilayotgan hajmini aniq hisobga olish uchun eng avvalo: -auditorlik tekshiruvi o’tkazish shartnomasi shartlarini o’rganishi; -o’tkaziladigan auditning eng muhim masalalarini ajratib olishi; 86 -maxsus e’tibor talab qiladigan shartlarni aniqlashi; -tekshiriladigan korxona faoliyatining predmetini hisobga olgan holda yangi qonunlar, nizomlar, yo’riqnomalar va boshqa aloqador me’yorni hujjatlarining auditga ta’sirini o’rgatishi: -tekshiriladigan korxonaning hisob tizimi va ichki audit tizimining ishonchlilik darajasini aniqlashi; -ichki auditorlarning ishlarini va ularni auditga jalb qilish mumkinligini tahlil qilishi; -korxonaning alohida balansga ajralib chiqarilgan filiallari, vakolatxonalari, bo’limlari va maxsus bo’linmalarida audit o’tkazish maqsadga muvofiqligini o’rganishi; -eksportlarni jalb qilish zarurlini aniqlanishi lozim. Auditorlik tekshiruvini chog’ida audit rejasiga tuzatishlar kiritilishi mumkin. Auditor tekshiruv vaqtida ular tomonidan bajariladngan ishlarning hajmi va sifatini tasdiqlaydigan, asosiy xarajatlardan bo’lib hisoblangan, ish hujjatlarini tuzishlari lozim. Bu hujjatlar ixtiyoriy shaklda tuzilib, ularda mijoz to’g’risidagi zarur ma’lumotlar; bajaraladigan ishlarning batafsil bayoni bo’lishi lozim. Xususan quyidagilar ko’rsatiladi: tekshiruv o’tkazish uslubi uslubi (yoppasiga tanlab), yoki tekshiriladigan hujjatlarning hajmi; tekshiruv natijasida aniqlangan kamchiliklar; tekshiruvga taqdim etilmagan dastlabki va boshqa hujjatlar ro’yxati; amaldagi qonunchilikka mos kelmasliklar; aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish usullari to’g’risida auditorning fikrlari; mijoziniig moliya-xo’jalik faoliyatini yaxshilashga qaratilgan boshqa tavsiyalar. (Ish hujjatlari to’g’risida 4.7-bo’limda batafsil ma’lumot beriladi). Shuningdek, ish hujjatlarida: mijoz-korxonaning ichki xo’jalik nazorat tizimini (ushbu tizimning ijobiy tomonlari va salbiy jihatlarini ajratib ko’rsatgan holda); o’tgan yildagi audit dasturi va uning natijalarini aks ettirish zarur. Ish hujjatlari auditning yaxshi rejalashtirilganligini, to’plangan ma’lumotlar ishonarliligini, auditorlik xulosasining amalga oshirilgan audit natijalariga muvofiqligini tasdiqlashi lozim. Zarur hollarda auditor xaqiqatan ham aynan 87 shunday auditorlik xulosasi tuzish uchun etarli guvohliklar to’planganligini ham baholashi zarur. Ish hujjatlaridagi tafsilotlarning tasdiqlangan moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlardan farq qilmasligi o’ta muhimdir. Auditorlik xulosalari yaqqol va ikki hil ma’no bildirmaydigan bo’lishi lozim. Ish hujjatlarida aks etgirilgan yozuvlarga asosan auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi tuziladi. Auditorning nsh hujjatlari maxfiy hisob-lanadi. Audit yakunlanganidan so’ng ish hujjatlarini himoyalash bo’yicha barcha zaruriy choralar ko’rilishi kerak. Ish hujjatlari begona shaxslarga, agar boshqa holatlar O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko’zda tutilmagan bo’lsa, faqat mijoz- korxonaning roziligi bilan berilishi mumkin. Auditorlik tashkilotlarining ish faoliyatini umumiy rejalashtirish ikki bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqichda tekshiriladigan korxona o’rganilib, bayon qilinadi va o’tkaziladigan tekshiruvning asosiy o’lchamlari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa tekshiruv strategiyasi ishlab chiqiladi va barcha oldinda turgan ishlarning batafsil bayoni tuziladi. Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish jarayonida auditor korxonadan olinadigan ma’lumotlarni tekshirmaydi, lekin uning reja tuzishga oid ishlari hujjatlashtirilishi lozim. Shuning uchun rejalashtirshning birinchi boskichida auditor tekshiradigan korxona bo’yicha quyidagi ma’lumotlarni tayyorlashi lozim: korxona faoliyatining bayoni; buxgalteriya hisobining shakli va tashkiliy tuzilishining bayoni, botqaruv tizimining bayoni, tekshirlayotgan korxona moliyaviy hisobining qisqacha tahlili. Bunda auditor korxona to’g’risidagi birlamchi ma’lumotlarni to’playdi. Ayni paytda korxona faoliyatini belgilaydigan muhim ma’lumotlar va hujjatlar nusxalaridan iborat doimiy hujjatlar to’plamini shakllantiradi. Ushbu to’plam hozircha mazkur korxona auditorlik tashkilotining mijozi bo’lib qolar ekan, kelgusidagi barcha tekshiruvlarda undan foydalanilaveradi. Har bir auditorlik tekshiruvi uchun korxonaning ish faoliyatini yoki hisob tizimini, agar ular sezilarli darajada o’zgarmagan bo’lsa, qaytadan o’rganib chiqishga extiyoj qolmaydi. Shuning uchun auditor har doim keyinchalik audit o’tkazganida ham ushbu doimiy 88 to’plamdan foydalanib, zarurat bo’lganda uni yangilab boradi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling