Investitsiyalar auditi va baholash


 Investitsiyalar auditining uslubiy muammolari


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.32 Mb.
#248265
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   102
Bog'liq
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011

2.2. Investitsiyalar auditining uslubiy muammolari 
Auditorlik tekshiruvisiz amalda to’g’ri hamda ilmiy asoslangan investitsion 
qarorlarni  qabul  qilish  mumkin  emas.  Chunki:  1)  investitsion  faoliyatini 
boshlashdan  oldin  investitsion  loyixani  qoplanishi  va  uni  samaradorligini  taxlil 
qilish  zarur;  2)  investitsion  loyihani  xayotga  tadbiq  etish  mobaynida  buxgalteriya 
hisobini  tashkil  etish  va  yuritish  hamda  rejada  belgilanganidan  haqiqatdagining 
farqini  taxlil  qilish  zarur;  3)  investitsion  loyixa  tugaganidan  so’ng  buxgalteriya 
hisobi  ma’lumotlari  asosida  audit  tekshiruvi  o’tkaziladi,  shu  asosda  investitsiya 
faoliyati bo’yicha boshqaruv qarori qabul qilinadi. 
Buxgalteriyadan  olingan  axborotni  faqat  chuqur  tahlil  qilish  va  auditdan 
o’tkazish  asosidagina  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektining  investitsiya  faoliyati 
natijalarini  holis  baholash,  kutilgan  maqsadlarga  erishish  yo’li  orqali  uni  yanada 
rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish mumkin. 
Audit  moliyaviy  investitsiya  faoliyatining  quyida  sanab  o’tilgan  barcha 
vazifalarini amalga oshirishda katta muhim o’rin tutadi: 
-  rejalashtirish  uchun  -  eng  yaxshi  investitsion  dasturni  tanlab  olish  uchun 
uning variantlariga baho beriladi: 
-  taxminlash  uchun  -  xo’jalik  sub’ektining  moliya  strategiyasi  variantlarini 
tanlash ishlab chiqiladi va asoslanadi: 
-tashkil etish uchun - xo’jalik sub’ekti investitsiyalarini boshqarishning eng 
samarali tuzilmasini tanlash uchun variantlar baholanadi; 
-muvofiqlashtirish  uchun  -  xo’jalik  sub’ektlari  ma’naviyat  investitsiyalarini 
boshqarish 
tizimining 
barcha 
bo’g’inlarida 
ishlarining 
kelishilganligini 
ta’minlaydi: 
-tartibga  solish  uchun  -  ko’yilgan  maqsadlardan  chetga  chiqish  holatlarini 
o’z  vaqtida  bartaraf  etishda  yordamlashish  maqsadida  bunday  holatlar  tezkorlik 
bilan aniqlanadi; 
-rag’batlantirish  uchun  -  rag’batlantirishning  amaldagi  tizimlari,  ularning 
xo’jalik  sub’ekti  faoliyati  ko’rsatkichlariga  ta’sir  ko’rsatish  samaradorligi 


 
37 
 
o’rganilishi ta’minlanadi; 
-nazorat  uchun  -  moliyaviy  axborotlarning  xaqqoniyligi,  moliya  ishlarining 
yo’lga  qo’yilganligi,  moliyaviy  rejalarning  bajarilishi  va  umuman  olganda, 
boshqaruv qarorlarining ijro etilishi tekshiriladi. 
Xo’jalik  sub’ektlarining  moliyaviy  investitsiya  faoliyatini  buxgalteriya 
hisobida to’g’ri aks ettirish hamda moliyaviy tahlil qilishni chuqurlashtirish, uning 
metodik  usullarini  yanada  rivojlantirish  va  takomillashtirish  mamlakatning  bozor 
iktisodiyotiga muvaffaqiyatli o’tishining muhim shartlari hisoblanadi. 
Bozor  munosabatlarini  shakllantirish  sharoitida  faoliyat  yuritayotgan 
xo’jalik  sub’ektlarining  investitsiya  resurslarini  boshqarishda  buxgalteriya  hisobi 
va auditning axamiyati tobora ortib borayotgani tufayli, ularning nazariy va uslubiy 
muammolarini tadqiq qilish dolzarb masalaga aylandi. 
Bozor  iqtisodiyotiga  o’tish  munosabati  bilan  korxona,  tashkilotini  va 
muassasalarda  mavjud  mablag’lardan  samarali  foydalanish,  korxona  ixtiyoridagi 
aktivlarning  samaradorligini  maksimal  darajada  ko’tarish  asosiy  vazifa  bo’lib 
hisoblanadi. 
Chunki mablag’lardan samarali foydalanish korxona aktivlari unumdorligini 
oshirishda  va  bu  orqali  maksimal  darajada  foyda  olishda  muhim  axamiyat  kasb 
etadi. 
Iqtisodiyotni  bozor  munosabatlariga  bosqichma-bosqich  o’tkazish  va 
tarmoqlar 
iqtisodini 
izchil 
rivojlantirish 
investitsiyalardan 
foydalanish 
samaradorligini oshirishga bevosita bog’liqdir. 
Albatta, investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishda moliyaviy 
investitsiyalar  va  ular  bo’yicha  olingan  daromadlarni  to’g’ri  hisobga  olish,  ularni 
maqsadli  ishlatilishini  nazorat  qilish  va  hisobini  ta’minlash,  investitsiyalar 
samaradorligini taxlil etish hamda auditini o’tkazish muhim o’rin tutadi, auditining 
uslubiy 
muammolarini 
bartaraf 
etish 
hamda 
takomillashtirish 
dolzarb 
vazifalarimizdan biri bo’lib hisoblanadi. 
Bugungi  kunda  investitsiyalarni  bozor  iqtisodiyotiga  moslashtirish  va 
investitsion faoliyatni boshqarish o’zgacha yondoshishlarni talab etmoqda. Chunki 


 
38 
 
xo’jalik  yuritishning  zamonaviy  yo’lini  tanlash  investitsion  siyosatni  ham  tubdan 
o’zgartirishni  talab  qiladi.  Investitsion  siyosatni  amalga  oshirishda  bozor 
munosabatlariga  mos  dastaklardan  foydalanish,  ya’ni  investitsion  jarayoni 
qatnashchilarining  huquq  va  majburiyatlarini  belgilab  berish;  mamlakatda 
investorlar  uchun  to’laqonli  raqobatni  ta’minlash:  moliyaviy,  moddiy  va  aqliy 
boyliklarni  boshqarishda  batamom  erkin  harakat  qilish  va  shunga  tenglashtirilgan 
tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi. 
 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling