Investitsiyalar auditi va baholash


Kapital nnvestitsiyalarni turkumlash


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.32 Mb.
#248265
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   102
Bog'liq
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011

3.2.Kapital nnvestitsiyalarni turkumlash 
Kapital investitsiyalar hisobini soddalashtirish uchun ularni turkumlab olish 
maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.  Quyidagi  jadvalda  kapital  investitsyailarni 
turkumlanishi ko’rsatib o’tilgan: 
Kapital  investitsiyalarning  takror  ishlab  chiqarish  tuzilmasi  korxonaning 
yangi  qurilishga,  amalda  ishlab  turgan  korxonalarni  kengaytirish  tiklash,  texnik 
qayta  jixozlash  va  quvvatlarni  oshirishga  qilingan  xarajatlarning  tarkibi  va 
nisbatini anglatadi. 
Yangi qurilish ob’ektlariga quyidagilar kiradi: yangidan bunyod etilayotgan 
korxonalarning  asosiy,  yordamchi  va  ishlab  chiqarish  ob’ektlarini,  shuningdek, 
ishga  tushirilganidan  so’ng  mustaqil  balansda  turadigan  bo’linmalar  va  ayrim 
korxonalarni tiklash. 
 Kengaytirish  deganda  ishlab  turgan  korxonada  qo’shimcha  ishlab 
chiqarishlarni  qurish,  shuningdek,  korxona  hududida  va  uning  atrofidagi 
maydonchalarida  asosiy,  yordamchi  va  noishlab  chiqarish  ahamiyatidagi  ayrim 
sexlar va ob’ektlarni qurish hamda ishlab turganlarini kengaytirish tushuniladi. 
Tiklash  deganda  ishlab  chiqarishni  takomillashtirish  va  uning  texnik-
iqtisodiy darajasini yangi texnologiyalar asosida qayta qurish tushuniladi. 
Texnik  qayta  jixozlash  ilg’or  texnika  va  texnalogiyani  joriy  etish,  ishlab 


 
42 
 
chiqarishni avtomatlashtirish xamda ma’naviy va jismoniy jihatdan eskirgan asosiy 
vositalarni  zamonaviy,  samarali  asosiy  vositalar  bilan  almashtirishga  qaratilgan 
chora-tadbirlar majmui tushuniladi. 
Quvvatlarin  oshirish  deganda  ishlab  chiqarish  jarayonida  ishdan  chiqqan 
asosiy vositalarni yangilab turish hamda tiklashga oid ishlar tushuniladi. 
Kapital  investitsiyalarning  texnologik  tuzilmasi  qurilish  va  montaj  ishlari 
bilan bog’liq hamda asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olishga, shuningdek, boshqa 
kapital ishlar va xizmatlar uchun qilingan xarajatlar tarkibi va nisbatini anglatadi.  

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling