Qurilish ishlariga asosiy vositalar ob’ektlarini barpo etish, qurilgan binolar
va inshootlarni yoki ularning ayrim qismlarini kengaytirish hamda tiklash va
boshqa ishlar kiradi.
Montaj ishlari deganda texnologiya, energetika, ko’tarish-transport va
boshqa jixozlarni yig’ish hamda o’rnatish, ya’ni ularni yig’ib, poydevorga
o’rnatgandan keyingina ishlatilishi mumkin bo’lgan ishlar tushuniladi.
Jihozlar, asbob-uskuna va inventar xarajatlariga barcha turdagi jixozlar,
texnologik jixatdan ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan transport
vositalari, laboratoriya uchun jihozlar, ustaxonalar, tajriba uskunalari va shu
kabilarning qiymati, ishlab chiqarish asbob-uskunalari va inventarning qiymati
kiradi.
Jihozlar, o’z navbatida, montaj talab qiladigan va montaj talab kilmaydigan
hamda smeta qimmatiga kiradigan va smeta qiymatiga kirmaydigan jihozlarga
bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |