Investitsiyalar auditi va baholash


Kapital investitsiyalarni baholash va buxgalteriyada hisobga


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.32 Mb.
#248265
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102
Bog'liq
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011

3.3.Kapital investitsiyalarni baholash va buxgalteriyada hisobga 
olish 
Kapital investitsilar va u bilan bog’liq barcha xarajatlarni buyurtmachi, ya’ni 
o’zi  uchun  qurayotgan  va  shu  qurilishni  mablag’  bilan  ta’minlayotgan  korxona 
hisobga  olib  boradi.  Yangi  korxona  qurilayotganida  qurilayotgan  korxonaning 
ma’muriyati  ana  shunday  tashqilot  buladi,  amalda  ishlab  turgannda  esa  -  kapital 
kurilish  bo’limi  orqali  ish  tutayotgan  korxonaning  o’zi  ana  shunday  tashkilot 
bo’ladi. 
Kapital  investitsiyalarning  hisobi  amaldagi  xarajatlar  va  smeta  kiymati 
bo’yicha  ularning  turlari  asosida  umuman  kurilish  bo’yicha  xam,  ayrim  ob’ektlar 
bo’yicha  xam,  qurilish  boshlangan  yildan  etiboran  o’sib  boruvchn  yakunlar  bilan 
ob’ektlar  ishga  tushirilguniga  qadar  yoki  tegishli  ishlarning  to’la-to’kis  bajarilib, 
xarajatlarning hisobdan chiqarilgunigacha yuritiladi. 
Kapital  investitsiyalar  bo’yicha  xarajatlarning  analitik  hisobi  18-«Kapital 
mablag’  xarajatlari»  qaydmomasida  yuritiladi.  Mazkur  kaydnoma  yil  choragi, 
yarim  yil  yoki  yil  uchun  ochiladi.  Qaydnomaga  barcha  hisobvaraqlarni  qo’shish, 
ishlab  chiqarishga  tegishli  va  ishlab  chiqarishga  tegishli  bo’lmagan  ob’ektlar 
bo’yicha  xarajatlarni  alohida  ajratib  ko’rsatish,  bular  ichida  esa  yangi  qurilishni, 
kengaytirishni,  tiklash  va  texnik  jihatdan  qayta  jixozlashni  alohida  ajratib 
ko’rsatish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
18-qaydnoma  birlamchi  xujjatlar  (to’lov  topshiriqnomalari  va  to’lov 
talabnomalari,  materiallar  berish  uchun  yukxatlar),  xarajatlarni  taqsimlash 
kaydnomalari, ishlanma jadvallar kabi xujjatlar asosida to’ldiriladi. 
Kapital investitsiyalarning sintetik hisobi 1b-jurnal-orderda yuritiladi. 
Korxonaning  asosiy  vositalariga  va  nomoddiy  aktivlariga  iivestitsiyalar 
haqida,  shuningdek,  mahsuldor  va  ishchi  xayvonlarning  (kiymatidan  qatiy  nazar, 
korxonaning  aylanma  mablag’lariga  kiruvchi  parrandalardan,  quyonlardan, 
asalarilardan,  yo’l  va  qo’riqlovchi  itlar,  tajriba  ostidagi  itlardan  tashqari)  vsosiy 
podasini  tashkil  qilish  bo’yicha  xarajatlar  xaqidagi  axborotlar  kuydagi 
hisobraqlarda  umumlashtiriladi:  0810-«Tugallanmagan  qurilish»;  0820-«Asosiy 


 
50 
 
vositalarni  sotib  olish»;  0830-«Nomoddiy  aktivlarni  sotib  olish»;  0840-«Asosiy 
podani  shakllantirish»;  0850-«Yerni  obodonlashtirishga  kapital  investitsiyalar»; 
0860-«Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarga kapital 
investitsiyalar»; 0890-«Boshqa kapital investitsiyalar». 
Ushbu  hisobvaraqlar  aktiv  hisoblanadi.  Hisobvaraqlarning  debetida  asosiy 
vosita ob’ektlarini qurishga ketgan xaqiqiy xarajatlar xamda asosiy 
K-t 0810-«Tugallanmagan qurilish».  
Kapital  investitsiyalar  haqida  qaror  qabul  qilish  bu-loyihalarni  investisiya 
qilishga  taaluqli  bo’lgan  uzoq  muddatli  qarorlar  qabul  qilishdir.Ushbu 
qarorlarni  qabul  qilish  capital  qo’yilmalarni  smetasini  tuzish  va  ularni 
xarajatlarni  qoplashni  baholash  jarayoni  bilan  bog’liq.Ushbu  jarayon  quyidagi 
yo’nalishlarda qo’llaniladi: 
 
1)  Kompaniya qaysi investisiya loyihasini tanlashi bilan bog’liq 
2)  Ushbu  loyiha  amalgam  oshishi  uchun  kompaniya  sarflaydigan  umumiy 
capital qo’yilmalar summasi 
3)  Loyihalar portfelini qanday moliyalashtirish bilan bog’liq 
 
Kapital investitsiyalarni baholash jarayoni: 
 
1.  Korxona strategiyasiga mos keluvchi investisiya yo’nalishlarini izlab topish 
2.  Keyingi ishlanmalar uchun eskiz loyihalarini tayyorlash 
3.  Dastlabki  baholash  va  tadbiq  etiladigan  variantlar  asosida  izchil  loyihalar 
ishlab chiqish 
4.  Variantlarni baholash 
5.  Variantlarni qabu qilish yoki inkor etish to’g’risida qaror qabul qilish 
1)  Xarajatlarni qoplash usuli. 
 
 Xarajatlarni qoplash usuli –kapital qo’yilmalardan pul mablag’lari kelib tushish 
vaqtini  belgilab  beradi.Agar  capital  qo’yilmalardan  kelib  tushuvchi  sof  pul 
tushumi  har  yili  o’zgarmas  bo’lsa  ?  unda  xarajatlarni  qoplash  davrini  topish 


 
51 
 
uchun  dastlabki  investisiya  qiymatini  (summasini)  yillik  sof  pul  tushumiga 
bo’lish bilan aniqlanadi.  
 
Xarajatlarni                     Dastlabki investisiyalar 
qoplash davri =          ---------------------------------------------- 
                                            Xar yilgi sof pul tushumi  
 
Misol: 
 
 Loyiha  bo’yicha  dastlabki  investisiya  miqdori-100 000  sh.b,  Har  yilgi  sof  pul 
tushumi-20 000 sh.b. Bunda xarajatlarniqoplash davri quyidagiga teng: 
 
              5 yil = 100 000/20 000 
 
Agar  har  yilgi  sof  pul  tushumi  bir  xilda  bo’lmasa,  unda  har  yilgi  so  foul 
tushumlarini dastlabki qiymatiga etarli bo’lguncha (oshgunch) hisoblab boriladi  
Misol: 
Dastlabki                Sof pul tushumi 
investisiya             1-yil            2-yil             3-yil          4-yil            5-yil 
100 000 sh.b    40 000 sh.b     40 000 sh.b  30 000 sh.b    35 000 sh.b   45 000 sh.b 
 
Bunda  dastlabki  investisiya  qiymati  qanchada  qoplanishini  aniqlash  kerak 
b’lganligi uchun bizning misolimizda 1-yilda 40000, 2-yilda ham 40000 pul kelib 
tushgan.dastlabki investisiyani qoplash uchun bizga 3-yilda 20000 etarli bo’lar edi, 
lekin  bizning  misolimizda  3-yilda  30000  pul  kelib  tushgan.Xarajatlarni  qoplash 
davrini aniq hisoblash uchun quyidagicha hisoblaymiz: 
 Xarajatlarni 
qoplash              =      2 yil + 20 000 /30 000 = 2.666   
davri                  (40 000+40 000 
                                   =80 000) 
Demak, bizning misolimizda xarajatlarni qoplash davri 2,666yilga teng ekan. 
Agarda alternative loyihalar mavjud bo’lsa unda xarajatlarni qoplash davri eng 
kam bo’lgan koyiha tanlanadi. 
 


 
52 
 
Misol: 
Loyiha  dastlabki investisiya        Sof pul tushumi 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling