Ishlab chiqarish
Download 13.73 Kb.
|
2-amaliy mashg’ulot bo’yicha nazorat savollari
7. Qisqa va uzoq davrdagi ishlab chiqarish. Bu xarajatlar ishlab chiqarish xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi. Sof muomala xarajatlari sotuvchi maoshi, marketing (iste‘molchilar talabini o’rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo’ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi. jtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy mеhnatning umumiy (jonli va moddiylashgan) sarflaridir. Ular mazkur mahsulotni ishlab chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushganligini ko’rsatadi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida ijtimoiy xarajatlar pul shaklida namoyon bo’ladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya’ni: w = c + v + m ... Buning uchun u eng avvalo qisqa muddatli davrdagi ishlab chiqarish xarajatlarini amalga oshiradi. Korxona foydalanadigan koʻplab resurslar miqdori, yaʼni jonli mehnat, xom-ashyo, yonilgʻi va energiya sarflari tovar hajmining oʻzgarishiga tez va oson taʼsir qiladi. Boshqa resurslar sarfi taʼsirida tovar hajmi oʻzgarishi uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Masalan, ogʻir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq vaqt oraligʻida mahsulot miqdori oʻzgarishiga taʼsir qilishi mumkin. Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga vaqt omili, yaʼni xarajat qilingandan pirovard natija olinguncha oʻtgan davr sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Shu sababli vaqt omilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida taxlil qilinadi. Korxona ishlab chiqarish hajmini oʻzgartirshl uchun qisqa muddatli davrda faqat oʻzining oʻzgaruvchi xarajatlari miqdorini oʻzgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori) doimiy boʻlib qoladi, hamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlishi mumkin. Boshqacha aytilganda qiska muddatli davr oraligʻida korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari oʻzgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi esa koʻp yoki kam miqdorda jonli mehnat, xom ashyo va boshqa resurslarni qoʻllash yoʻli bilan oʻzgarshii mumkin. Mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan esa koʻp yoki kam darajada intensiv foydalanish mumkin. Uzoq muddatli davr bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini ham oʻz ichiga olgan, butun band boʻlgan resurslari miqdorini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlgan davrdir. Bu davr davomida boshqa tarmoqda faoliyat qilib turgan korxonalar mazkur tarmoqqa kirib kelishi mumkin. Bu yerda shuni taʼkidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining oʻzgarishi taqozo qiladigan qisqa va uzoq muddatli davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanish mumkin. Masalan, yengil sanoat tarmogʻida kiyim-kechak ishlab chiqaradigan kichkina firma, bir nechta qoʻshimcha tikuv mashinasi oʻrnatish bilan oʻzining ishlab chiqarish quvvatlarini qisqa vaqtda (bir necha kunda) oshirish mumkin. Ogʻir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha yil talab qilinadi. Oqibat natajada barcha xarajat turlari oʻzgaradi va oʻzgaruvchi miqdorlar boʻlib qoladi Download 13.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling