Tashqi xarajatlar korxona o'zi uchui zarur resurs va xizmatlarga to'lovlarni amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir
Download 28.6 Kb.
|
11-мавзу жавоби
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi xarajatlar korxona ozi uchui zarur resurs va xizmatlarga tolovlarni amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir.
- Ozgaruvchi xarajatlar ishlab chiqariladigan tovar miqdorining oshishiga yoki kamayishiga tasir qiladi va ishlab chiqarish hajmi ozgarishiga bogliqlikda ozgaradi.
- Umumiy xarajatlar
- Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlari chiqarib tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.
- 7. Korxona foydasining mutloq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasini ishlab chiqarib xarajatlari (tannarx) bilan taqqoslash foyda normasi yoki rentabellikni korsatadi.
1.Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste'molchilarga etkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-harajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg`i va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar, foiz to`lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo`lib o`rganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlari deganda mahsulotni bevosita ishlab chiqarish uchun qilinadigan barcha sarflar (ish haqi, xom ashyo va material sarflari, amortizatsiya va h. k.) tushuniladi. Tovar birligining qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog`liq bo`lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste'molchiga etkazilguncha ketadigan safrlarga aytiladi. Ular ikki guruhga bo`linadi: qo`shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni o`rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo`shimcha muomala xarajatlari hisoblanadi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish xarajatlariga yaqin turib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi. 2. Hozirgi zamon sarf-xarajatlar g'oyasi bo'yicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o'z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo'lishi mumkin. Shunga ko'ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo'linadi. Tashqi xarajatlar korxona o'zi uchui zarur resurs va xizmatlarga to'lovlarni amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish haqi, xom-ashyo va materiallar uchui to'lovlar, kredit uchun foiz to'lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport xizmati va boshqa har xil xizmatlar uchun to'lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to'lov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham ataladi. Korxonaning o'ziga tegishli bo'lgan resurslardan foydalanish bilan bog'liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to'lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o'z resurslari qiymatini shunga o'xshash resurslarning bozor baholariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Mazkur korxona doirasida tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo'lgan to'lov-normal (me'yoridagi) foyda ham, renta va ish haqi bilan birga xarajatlariing tarkibiy qismi hisoblanadi. Sarf xarajatlarni ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona iqtisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo'llarini qiyosiy tahlil qilish imkoniyatini beradi. 3. Ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga bog'liqlik darajasiga qarab doimiy va o'zgaruvchi xarajatlar ham farqlanadi. Ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga (qisqarishi yoki ortishi) bog'liq bo'lmagan tovarlarning hajmiga ta'sir etmaydigan xarajatlar doimiy harajatlar deyiladi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog'liq bo'lmaydi, uning o'sishiga ham bevosita ta'sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo'ladi. Bunga korxonaning to'lov majburiyatlari (zayomlar bo'yicha foiz va boshqa), soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo'riqlash xizmatiga to'lov, uskunalarga xizmat ko'rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi. O'zgaruvchi xarajatlar ishlab chiqariladigan tovar miqdorining oshishiga yoki kamayishiga ta'sir qiladi va ishlab chiqarish hajmi o'zgarishiga bog'liqlikda o'zgaradi. Unga xom ashyo, material, yonilg'i-transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o'zgaruvchan xarajatlar yig'indisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi. Mahsulot birligini ishlab-chiqarishga qilinadigan sarf-xarajatlarni hisoblash uchun o'rtacha umumiy, o'rtacha doimiy va o'rtacha o'zgaruvchan xarajatlar tushunchalaridan foydalaniladi. O'rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab chiqarilgan tovar miqdoriga nisbatiga teng. O'rtacha doimny xarajatlar doimiy xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi. O'rtacha o'zgaruvchi xarajatlar o'zgaruvchi xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi.
Korxona faoliyatining samaradorlik darajasiga baho berishda ham uning erishgan natijasi (iqtisodiy yoki sof foyda) ishlab chiqarish sarf-xarajatlari yoki qo'llanilgan resurslar miqdori bilan taqqoslanadi. Foyda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan qo'shimcha mahsulotning o'zgargan shaklidir. Demak, foydaning asl manbai qo'shimcha mahsulot bo'lib, u mahsulot sotilgandan keyin pul shaklida namoyon bo'ladi.
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular foydaning joriy sarflarga-korxona xarajatlariga (tannarxga) yoki avanslangan mablag'larga (asosiy va aylanma fondlar) nisbatidir. Bu hisob usullarning ikkalasi avanslangan mablag'larning aylanish tezligi ko'rsatgichi orqali o'zaro bog'langandir. Bu bog'lanshl quyidagi tarzda ko'rinadi: 1. R'=(R/W)*100 bu yerda: R' - foyda normasi; R - foyda massasi; W -iqtisodiy va ishlab chiqarish xarajatlari; 2. R'=(R/Kavans)*100 bu yerda: R —foyda normasi; R —foyda massasi; Kavans (Asosiy kapital+Aylanma kapital) —korxona avanslangan mablag'lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o'rtacha yillik qiymati. Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to'g'ri mutanosib hamda foydalanilgan avanslangan mablag'lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligini integral ko'rsatkichi hisoblanadi. Foydaning o'sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o'zgarmagan holda ikki yo'l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish xisobiga, yoki bahoni oshirish hisobiga erishish mumkin. Bahoning o'sishi ba'zi iqtisodchilarning foyda normasi ko'rsatgichini bartaraf etib bo'lmaydigan qusurga ega bo'lgan va shu sababli samaradorlikni o'lchash uchun mutlaqo yaroqsiz ko'rsatgich sifatida tanqid qilishlariga sabab bo'ldi. Download 28.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling