Investitsiyalar auditi va baholash
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
1. Moliyaviy investitsiyalarning mohiyatini tushuntirib bering. 2. Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishning vazifalari nimalardan iborat? 3. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar qanday turkumlanadi? 4. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar nima sababdan baholanadi? 5. Investitsiyalarni diskontlash deganda nimani tushunasiz va ular qanday diskontlanadi? 6. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar turlarini sanab bering. 7. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar harakati hisobda qanday aks ettiriladi? 80 8. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy investitsiyalarning ahamiyati nimada? 9. Moliyaviy investitsiyalar yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyorida mavjud bo’lgan bo’sh pul mablag’laridan samarali foydalanishni ta’minlaydimi? 10. Moliyaviy investitsiyalar muddatiga ko’ra qaysi turlarga bo’linadi? 11. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishning vazifalarini sanab Bering. 12. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar qanday turkumlanadi? 13. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni buxgalteriya hisobida hisobga olishning ahamiyati nimada? 14. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida qimmatli qog’ozlarning ahamiyati? 15. O’zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog’ozlar va fond birjalari to’g’risida»gi Qonuni qachon qabul qilingan? 16. Qimmatli qog’ozlarning turlarini sanab Bering. 17. Dividend deganda nimani tushunasiz? 18. Hosilaviy qimmatli qog’ozlarga nimalar kiradi? 19. Depozit sertifikatlari haqidagi tushunchangiz? 20. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qaysi baholarda hisobga olib boradi? 21. Qayta baholashning yakka tartibdagi usuli deganda nimani tushunasiz? 22. Qayta baholash natijasida uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar qiymatining oshib ketishi qaysi hisobvaraqda hisobga olinadi? 23. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar o’z qiymatining bir qismini yo’qotgan hollarda nima qilish kerak? 24. Investitsiyalar qanday qilib diskontlanadi? 25. Investitsion faoliyatning faollashuvida investorlar muhim rol o’ynaydimi? 26. Investitsiyalar qachon diskontlanadi? 27. Diskontlash formulalarini keltiring. 28. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarga doir muomalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun qanaqa hisobvaraqlar ochilishi kerak? 81 29. Kelajakda moliyaviy daromad olish maqsadida korxonaning davlat korxonasiga, xayriya yoki ekologik tashkilotlarga investitsiyalarning mavjudligi qaysi hisobvaraqda hisobga olib boriladi? 30. Moliyaviy investitsiyalarning tahliliy hisobi qaysi ob’ektlar bo’yicha yuritiladi? 31. Agar qimmatli qog’ozning nominal qiymati uni sotib olish qiymatidan ko’p bo’lsa, Ushbu qog’oz bo’yicha daromad hisoblanganida nominal va sotib olish qiymatlari orasidagi farqning qismi hisobdan chiqariladimi? 32. Bir vaqtning o’zida obligatsiyani sotib olish va nominal qiymatlari orasidagi farq amortizatsiyalanadimi? 33. Qimmatli qog’ozlarni sotishda qaysi hisobvaraqdan foydalaniladi? 34. Qisqa muddatli investitsiyalarning sintetik (umumlashgan) hisobi qaysi hisobvaraqda yuritiladi? 35. Korxonalarda ochilgan analitik hisobvaraqlar qanaqa investitsiyalar to’g’risidagi ma’lumot olish imkonini beradi? 36. Korxonalarda moliyaviy investitsiyalarning sintetik hisobi ularning muddatidan kelib chiqqan holda alohida hisobvaraqlarda yuritilishi mumkinmi? Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling