Investitsiyalar auditi va baholash


Moliyaviy investitsiyalarning auditorlik tekshiruvidan o’tkazshi


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.32 Mb.
#248265
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   102
Bog'liq
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011

Moliyaviy investitsiyalarning auditorlik tekshiruvidan o’tkazshi 
chog’ida xal etiladigan vazifalar 
Auditorning  
Vazifalari 
Tekshiriladigan masalalar 
1. Moliyaviy investitsiyalarni 
hisobga olish va nazorat 
qilishning holatini tekshirish. 
Korxona  aktivlarini  moliyaviy  investitsiyalar  qatoriga  olib 
borishning 
to’g’riligi. 
Muomalalarni 
hujjatlashtirishni 
tekshirish.  Moliyaviy investitsiyalarni  baholashning to’g’riligi. 
Moliyaviy 
investitsiyalarni 
inventarizatsiya 
qilish. 
Buxgalteriya  hisoboti  ko’rsatkichlarining  sintetik  va  analitik 
hisob ma’lumotlariga mosligi. 
2. Moliyaviy investitsiyalar 
harakatini buxgalteriya hisobida 
aks ettirishga doir muomalalar 
sintetik hisobining to’liqligi va 
to’g’riligi hamda soliq 
qonunchiligiga rioya qilinishini 
tekshirish 
Moliyaviy  investitsiyalar  kirimi  va  hisobdan  chiqarilishini 
sintetik  hisob  registrlarida  aks  ettirish.  Qimmatli  qog’ozlar 
analitik hisobini tashkil etish. 
Moliyaviy 
investitsiyalarni 
hisobdan 
chiqarishga 
doir 
muomalalar  bo’yicha  soliq  qonunchiligiga  rioya  qilinishi. 
Qimmatli  qog’ozlar  qadrsizlanishining  oldini  olish  maqsadida 
rezerv  tashkil  etishga  doir  muomalalarni  aks  ettirish.  Qarz 
shartnomasi bo’yicha berilgan mablag’lar hisobi. 
3. Moliyaviy investitsiyalarga 
doir daromadlarning to’liq aks 
ettirilishi va ularning soliqqa 
tortilishini tekshirish 
Hisoblangan  daromadlarni  aks  ettirish.  Ushbu  muomalalarni 
soliqqa tortishning to’g’riligini tekshirish. 
Moliyaviy 
investitsiyalar 
inflyatsiya 
sharoitida 
pul 
mablag’lari 
kadrsizlanishining  oldini  olish,  qo’shimcha  daromad  olish  va  boshqa  korxona 


 
97 
 
faoliyati ustidan nazorat o’rnatish maqsadida amalga oshiriladi. 
Moliyaviy  investitsiyalar  buxgalteriya  hisobotidagi  «Uzoq  muddatli 
moliyaviy  investitsiyalar»  va  «Qisqa  muddatli  moliyaviy  investitsiyalar» 
moddalari  ko’rsatkichlarining  ishonchliligi  va  moliyaviy  investitsiyalarni  hisobga 
olish  hamda  soliqka  tortish  bo’yicha  qo’llanilayotgan  uslubiyotning  O’zbekiston 
Respublikasida  amal  qilayotgan  me’yoriy,  hujjatlarga  muvofiqligi  to’g’risida 
xulosa shakllantirish maqsadida auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladi. 
Moliyaviy  investitsiyalarni  auditorlik  tekshiruvidan  o’tkazishning  maqsadi 
boshqa aktivlar tekshiruvidagi kabi quyidagilarni ta’minlashdan iborat: 
-  to’liqlik  -  barcha  moliyaviy  investitsiyalarning  buxgalteriya  hisobi  va 
hisobotida  to’liq  aks  ettirilishi,  hisobga  olinmay  qolgan  moliyaviy  investitsiyalar 
yo’kligi; 
-  korxona  tomonidan  sotib  olingan  qimmatli  qog’ozlar  va  berilgan 
qarzlarning barchasi buxgalteriya hisobi va hisobotida to’liq aks ettirilishi; 
-  moliyaviy  investitsiyalar  hisobga  olinadigan  sintetik  schyotlar  qoldig’i  va 
oborotlarining tegishli analitik hisob schyotlari qoldiq va oborotlariga mos kelishi; 
-  schyotlar  bo’yicha  qoldiq  va  oborotlarning  buxgalteriya  hisobi 
registrlaridan  bosh  daftarga  va  buxgalteriya  hisobotlariga  to’liq  xajmda 
o’tkazilishi; 
- moliyaviy investitsiyalar kirimi va hisobdan o’chirilish faktlarning barchasi 
buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirilishi: 
-  moliyaviy  investitsiyalar  harakatiga  doir  barcha  muomalalarning 
buxgalteriya hisobida o’z vaqtida ro’yxatdan o’tkazilishi: 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling