VI-Bob. MOLIYAVIY INVESTITSIYALAR AUDITINI TASHKIL
QILISH TARTIBI
6.1. Moliyaviy investitsiyalar tavsifi, auditining hususiyati, maqsadi va
vazifalari .
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida bozor munosabatlarining tezlik bilan
o’zgarishiga moslatish har bir korxona faoliyati muvaffaqiyatining garovidir.
Bunda nafaqat mahsulotlari va xizmatlarining bozorda tutgan o’rni (mavqei)ni,
shuningdek, harajatlarni nazorat qilish bilan cheklanmasdan, balki qabul qilingan
boshqaruv qarorlarining samaradorligini muttasil tekshirish, o’zgaruvchan bozor
sharoitida korxonaning o’z huquq va imkoniyatlaridan qay darajada
foydalanayotganini tahlil qilish kam zarur.
Korxonaning vaqtincha bo’sh turgan pul mablag’laridan samarali
foydalanish usullaridan biri - bu ularni qimmatli qog’ozlar sotib olishga
yo’naltirishdir.
Mablag’larni qimmatli qog’ozlarga yo’naltirish o’z tavsifiga ko’ra yukori
tavakkalchilik faoliyati bilan bog’liq bo’lib, tavakkalchilik darajasini imkoni
boricha pasaytirish maqsadida emitentning moliyaviy holatini va bozor
kon’yunkturasini bilish fond birjasi ma’lumotlarini muntazam ravishda monitoring
qilib turishni taqazo etadi.
Ma’lumki, qimmatli qog’ozlar muomala jarayonida uchta bosqichdan o’tadi.
Bulardan birinchisi, emissiya bosqichi bo’lib, unda qimmatli qog’ozlar birlamchi
joylashtiriladi va o’zining birinchi egasi (anderrayting yoki investor)ga o’tadi.
Ikkinchi bosqich deganda, ularning ikkilamchi, ya’ni aktiv bozordagi harakati
tushuniladi. Yakuniy - uchinchi bosqichda qimmatli qog’ozlarni so’ndiririlishi
(emitent tomonidan qaytarib olinishi) amalga oshiriladi. Ushbu muomala
jarayonida qimmatli qog’ozlar harakati fond birjalarida amalga oshirilib, vaqtga
teskari mutanosib (proportsional) ravishda nominal va haqiqiy (bozor) narxlari
o’zgaradi. Ushbu o’zgarish iqtisodiyotda bozor kotirovkasi deb ham ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |