Investitsiyalar auditi va baholash


The reviewers:                                     M.M. Tulahodjaeva


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.32 Mb.
#248265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Bog'liq
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011

The reviewers:                                     M.M. Tulahodjaeva 
 The professor of a chair of " the    
Economicanalysis and  audit " of the 
Tashkent State         University of  
Economics The doctor of economic sciences  
                                                              O.N. Juraev 
The executive director of " The National   
Association of the Bookkeepers and  
Auditors of the Republic of Uzbekistan", 
the candidate of economic sciences.                  


 

 
KIRISH 
O‘zbekistonning  mustaqillik  yillari  davrida  Prezident  Islom  Karimov 
rahbarligida  davlat  va  millat  manfaati  yo‘lida  sobitqadamlik  bilan  olib  borilgan 
siyosatni,  mamlakatda  demokratik  va  bozor  iqtisodiyoti  bilan  bog‘liq  keng 
islohotlar natijalarini, davlatimizning jahon hamjamiyatida tutgan munosib o‘rnini, 
ichki va tashqi siyosatda erishgan yutuqlarini tilga olmasdan bo‘lmaydi. Bugun biz 
tarixan  qisqa  bo‘lgan  o‘n  to‘qqiz  mustaqillik  yillarini  g‘urur  va  iftixor  bilan 
eslaymiz. Chunki, bugun mustabid tuzum iskanjasidan xos bo‘lib, kim edigu, kim 
bo‘lganimizni anglab, o‘z qadr-qimmatimiz, qadriyatlarimizni qayta tiklab, iymon-
e’tiqodimizga  suyanib,  yagona  xalq  va  millat  bo‘lib,  tinch  va  osoyishta 
yashamoqdamiz.  Chunki  ozod  O‘zbekiston  bugun  jahon  hamjamiyatida  o‘zining 
munosib maqomiga ega. 
Aziz  ona-yurtimiz  kuchli  o‘zbek  davlati  va  ochiq  demokratik  jamiyat 
qurish yo‘lida olib borayotgan samarali islohotlari bilan o‘zining mustaqil ichki va 
tashqi  siyosati  hamda  ezgulik  yo‘lidagi  keng  qamrovli  bunyodkorlik  ishlari  bilan 
dunyo xalqlarining hurmat-e’tiborini, havasini o‘ziga tortdi. 
Iqtisodiy  islohotlarni  libyerallashtirish  va    modyernizatsiyalash    natijasida 
xo‘jalik  yurituvchi  subyеktlar  moliyaviy-xo‘jalik,  shuningdеk  ishlab  chiqarish 
faoliyatining  samaradorligini  oshirish,  xususiy  va  xorijiy  invеstitsiyalarni  kеng 
jalb  qilish,  subyеktlar  o‘rtasida  hisob-kitoblarni  yo‘lga  qo‘yish  hamda  dеbitorlik 
va  krеditorlik  qarzlarini  kamaytirish,    budjet  bilan  qarz  va  boshqa  to‘lovlar 
bo‘yicha  hisoblashishni  amalga  oshirish,  mе’yoriy-huquqiy  hujjatlar  yuzasidan 
maslahatlar  berish  va  boshqa  malakali  xizmatlar  ko‘rsatish  borasida  auditorlik 
faoliyatiga ehtiyoj oshmoqda. Bu esa davlat va nazorat tuzilmalarining  korxonalar 
faoliyatiga  aralashuvining  qisqarishiga  olib  kеladi.  Prеzidеnt  I.A.  Karimovning 
O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining 
qo’shma  majlisidagi  maruzasida  ta’kidlaganidеk:  “2008-2010  yillarda,  yani 
dunyoning  aksariyat  mamlakatlarida  iqtisodi  o’sish  suratlari  sezilarli  ravishda 
tushib  ketgan,  ishlab  chiqarish  pasaegan  bir  vaqtda  O‘zbekistonda  yalpi  ichki 
maxsulotning  o’sish  suratlari  2008  yilda  9  foizni,  2009  yilda  8,1  foizni  tashkil 


 

 
etgani,  2010  yilda  bu  ko’rsatkich  8,5  foiyzga  etishi  kutilayotgani,  kelgusi  2011 
yilda  esa  8,3  foiz  darajasida  bo’lishi  belgilab  berilayotgani  ko’pgina  Xalqaro 
tuzilmalar, ekspert va mutahassislarda katta qiziqish uyg’otmoqda.
1
.  
«Investitsiyalar  auditi  va  baholash»  fanini  o‘qitishdan  maqsad  kapital  va 
moliyaviy investisiyalarni baxolash, Investitsiyalar auditini rejalashtirish va tashkil 
qilish,  Investitsiyalar  auditini  o’tkazish  xamda  audit  natijalarini  rasmiylashtirish 
bo’yicha  magistrantlarda bilim, malaka va ko’nikmalarni shakillantirishdan iborat. 
Ushbu  maqsaddan  kеlib  chiqib,  fanning  prеdmеtini  o‘rgatish  uchun  bir 
nеcha  vazifalar  qo‘yildi,  jumladan:  magistlarga  kapital  investitsiyalarni  baholash 
va  buxgalteriyada  hisobga    olish,  kapital  investitsiyalar  auditi,  moliyaviy 
investitsiyalarning  mohiyati  va  ularni  hisobga  olishning  vazifalari,  uzoq  muddatli 
moliyaviy  investitsiyalarni  turkumlash  va  baholash,  investitsiyalarni  diskontlash, 
uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalar  xarakatini  hisobda  aks  ettirish,  qisqa 
muddatli moliyaviy investitsiyalar hisobi, investitsiyalar auditini rejalashtirishning 
maqsadi  vazifalari,  bosqichlari  va  asosiy  tamoyillari,  investitsiyalar  auditining 
rejasini tuzish, investitsiyalar auditining dasturini tuzish, moliyaviy imvestitsiyalar 
tavsifi,  auditining  hususiyati,  maqsadi  va  vazifalari,moliyaviy  investitsiyalarni, 
auditorlik 
tekshiruvidan 
o’tkazishda 
qo’llaniladigan 
ma’lumot 
manbalari,moliyaviy  investitsiyalarni  inventarizatsiyadan  o’tkazish  va  oldin 
o’tkazilgan  inventarizatsiyalar  to’g’riligini  tekshirish,  moliyaviy  investitsiyalar 
hisobiga doir dastlabki hujjatlarning rasmiylashtirilishini va qimmatli qog’ozlarni 
baholashning to’g’riligi tekshirish, qimmatli qog’ozlarning analitik hisobini, kirimi 
va  chiqimiga  doir  muomalajarni  tekshirish,  moliyaviy  investitsiyalarning 
daromadliligi,  olingan  daromadlarning  to’liq  aks  ettirilishi  va  soliqqa  tortilishini 
tekshirish  o‘rgatish va h.k. 
    
“Investisiyalar auditi va uni baholash” fani  o‘quv rеjasidagi quyidagi fanlar 
bilan  o‘zaro  bog‘liqdir:  «Auditorlik  faoliyatining  milliy  standartlari  »,  «Amaliy 
audit», «Moliyaviy tahlil-2», «Buhgalteriya hisobining milliy standartlari» va h. k . 
                                                 
1
 http://www.senat.gov.uz/uz/news/2010/president-islam-karimovs-report-at-the-session-12-11-2010.html 


 

 
Fanni  o‘qitishda  ma’ruza,  syeminar  va  amaliy  darslar,  shuningdеk  ilg‘or 
pеdagogik  tеxnologiyalarning  «klastyer»,  «insyert»,  «aqliy  hujum»,  «kichik 
guruhchalar»,  «didaktik  o‘yinlar  tеxnologiyasi»,  kеys-stadiyalar,  blits-so‘rov  
taqdimot uslublaridan hamda proyеktor, slayd, Microsoft Power Point, multimеdia,  
«1–S  Buxgalteriya  dasturi»,  virtual  kutubxona  va  boshqa  ilg‘or  axborot 
tеxnologiyalari vositalaridan foydalaniladi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling