Investitsiyalar auditi va baholash
Download 1,32 Mb. Pdf ko'rish
|
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Investitsiyalarning turlari va shakllari
Investitsiyalar
Kiritish ob’ektlari bo’yicha Investitsiyalash maqsadlari bilan bog’liq risklar bo’yicha Takror ishlab chiqarish bo’yicha -venchur -bevosita -portfel’ -annuitet Yo’naltirish sohasi va ob’ektlari bo’yicha -sof (asosiy kapitalni ko’paytiradigan) -eskirishni qoplaydigan -yalpi -mol-mulkka investitsiya -moliyaviy -nomoddiy -kapital -innovatsion -ijtimoiy -davlat investitsiyalari -korporativ investitsiyalar -xususiy investitsiyalar -xorijiy investitsiyalar -yangi loyihalarga -kengaytirishga, yangilashga -reinvestitsiyalar Investitsiyalash sub’ektlari bo’yicha Amaliy yo’nalishlari bo’yicha 16 1.3. Investitsiyalarning turlari va shakllari Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi turlari mavjud: - real investitsiyalar; - moliyaviy investitsiyalar; - intellektual investitsiyalar. Real investitsiyalar - bu korxona asosiy vositalarini vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga ko’shiladigan investitsiyalardir. Buxgalteriya hisobida bu turdagi investitsiyalar kapital qo’yilmalar sifatida e’tirof etiladi. Moliyaviy investitsiyalar qo’llashiga ko’ra qisqa va uzoq muddatli bo’ladi. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar - bu uzoq muomala muddatiga ega (12 oydan ortiq) aktivlarning sotib olinishiga oid investitsiyalardir. Qisqa mudatli moliyaviy investitsiyalar - o’zida muomala muddati 12 oydan oshmaydigan, engil sotiladigan moliyaviy aktivlarning harid qilinishiga oid investitsiyalardir. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishning vazifalari quyidagilardir: - uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni va ular bo’yicha olingan daromadlarni o’z vaqtida va to’g’ri aniqlash; - uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar uchun ajratilgan mablag’larni o’z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash; -uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda BHMS larni keng qo’llash; - uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlarning korxona moliyaviy natijalarida aks ettirilishini ta’minlash: -uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlardan byudjetga tegishli qismini amaldagi me’yoriy xujjatlarga, Soliq Kodeksining talabiga muvofiq to’g’ri hisoblashni tashkil qilish, byudjetga tegishli qismini o’z vaqtida o’tkazishni ta’minlash; uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar hisobiga kelib tushgan 17 mablag’lardan korxonani kengaytirish, rivojlantirish va korxona jamoasi extiyoji uchun ishlatishni ta’minlash. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni buxgalteriya hisobida hisobga olishni «engillashtirish uchun quyidagi guruhlarga ajratiladi: - Qimmatli qog’ozlar; - Sho’ba korxonalariga investitsiyalar; - Qaram birlashmalarga ishvestitsiyalar; - Qo’shma korxonalarga investitsiyalar: Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar. Qimmatli qog’ozlar uzoq muddatli investitsiyalarning asosiy qismini tashkil etadi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida qimmatli qog’ozlar investitsiyalar yo’naltirishning asosiy vositasi hisoblanadi. 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog’ozlar va fond birjalari to’g’risida»gi qonuniga (qo’shimcha va o’zgartirishlar bilan) muvofiq «qimmatli qog’ozlar - bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o’rtasidagi mulkni huquqlari yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi, dividend yoki foiz ko’rinishida daromad to’lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shahsga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul xujjatlaridir». Respublikamiz amaliyotida uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni yo’naltirishning asosiy vositasi aktsiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog’ozlarini harid qilish hisoblanmoqda. Korxonaning sho’’ba korxonalar, qo’shma korxonalar va qaram birlashmalarga investitsiyalari mavjudligi ularni buxgalteriya hisobida alohida turkumlarga ajratilishini taqozo etadi. Download 1,32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling