Investitsiyalar auditi va baholash


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/102
Sana08.01.2022
Hajmi1.32 Mb.
#248265
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102
Bog'liq
Инвестициялар аудити ва баҳолаш Файзиев Ш Н Ў Қ 2011

Qoldiq  (balans)  qiymat  –  nomoddiy  aktiv  moliyaviy  hisobot  (buxgalteriya 
balansi)da  aks  ettiriladigan,  boshlang’ich  (tiklash)  qiymati  va  jamlangan 
amortizatsiya summasi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan miqdor; 
 Faol  bozor  -  oldi-sotdi  ob’ektlari  bir  turda  (bir  xil)  bo’lgan  va  har  qanday 
vaqtda  bitimni  amalga  oshirishni  xohlovchi  manfaatdor  sotuvchi  va  xaridorlarni 
topish  mumkin  bo’lgan,  shuningdek  narxlar  haqidagi  ma’lumotlar  oshkor 
(hammabop) bo’lgan bozor; 
 Mutlaq  huquq  -  bu  faqatgina  huquq  egasi  tomonidan  yoki  uning  roziligi 
bilan  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  uchinchi  shaxsga  berilishi  mumkin 
bo’lgan mulkiy huquq. 
 Hisob  –  kitob  operatsiyalari  –  korxona  tomonidan  yoki  korxona  ishtirokida 
hisob  (moliya)  yili  davomida  sodir  etilgan  operatsiyalar  natijasida  yuzaga  kelgan 
debitorlik va kreditorlik qarzlarining so’ndirilishi.  
 Debitorlik  va  kreditorlik  qarzlarining  haqiqiy  qiymati  –  korxonaning  jami 
debitorlik (kreditorlik) qarzlarining faqatgina so’ndirilishi mumkin bo’lgan qismi.  
 Ichki  nazorat  tizimi  bo’yicha  savolnoma  –  mijoz  korxona  ichki  nazorat  tizimi 
sifatini tekshirish va baholash maqsadida tuzilgan maxsus ishchi qog’oz. 
 Hisob – kitob operatsiyalarida nazorat riski – hisob kitob operatsiyalariga nisbatan 
ichki  nazorat  riskining  mavjud  bo’lishi,  ammo  bu  tizimning  sifatsizligi  sabab 
buxgalteriya tizimida hisob kitob operatsiyalarining noto’g’ri aks ettirilgan bo’lish 
xavfi.  
 Ishchi  qog’ozlarni  kodlashtirish  –  audit  tekshiruvi  jarayonida  tuzilgan  barcha 
ishchi  qog’ozlarni  auditorlik  firmasida  qabul  qilingan  raqamlashtirish  tizimi 
asosida joriy va doimiy fayllarda arxivlash.  

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling