Investitsiyalar hisobi reja


Download 55.77 Kb.
bet1/15
Sana31.01.2023
Hajmi55.77 Kb.
#1144427
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
14-mavzu. INVESTITSIYALAR HISOBI


INVESTITSIYALAR HISOBI
Reja:
14.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda investitsiyalar hisobini tashkil etish
14.2. Investitsiyalarni turkumlash va baholash
14.3. Uzoq muddatli investitsiyalar hisobini yuritish tartibi
14.4. Qisqa muddatli investitsiyalar hisobi
14.5. Dividendlar hisobi
14.6. Kapital qo‘yilmalar hisobi


Tayanch so‘z va iboralar: investitsiya, aksiya, obligasiya, foiz, dividend, diskontlash


14.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda investitsiyalar hisobini tashkil etish
“2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da kapitalni jalb qilish hamda korxonalar, moliyaviy institutlar va aholining erkin mablag‘larini joylashtirishning muqobil manbai sifatida moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi moliya bozorini o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish kontseptsiyasini ishlab chiqish belgilangan.1
Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

  • mustahkam moliyaviy institutlarga qimmatli qog‘ozlar (obligatsiyalar, veksellar va boshqalar) chiqarishga ruxsat berish;

  • qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish bo‘yicha vakolatli organning moliya bozorining zamonaviy vositalarini joriy qilinishdagi rolini kuchaytirish, ya’ni mazkur organni nazorat organi sifatida emas, balki qimmatli qog‘ozlar bozori ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi organ sifatida faoliyati samaradorligini oshirish;

  • qimmatli qog‘ozlarni dastlabki va qo‘shimcha emissiya qilishni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini soddalashtirish;

  • sug‘urta va boshqa moliyaviy xizmatlarning yangi shakllarini joriy qilish, sug‘urta va boshqa turdagi moliyaviy xizmatlarning hajmini kengaytirish;

  • alohida milliy korxonalar aktsiyalarining xorijiy nufuzli fond birjalarida dastlabki tarzda joylashtirilishiga erishish (IPO), ularning xorijiy kapital bozoriga chiqishini ta’minlash.

Xo‘jalik subyektlari bilan uning tashqi va ichki manbalari o‘rtasida investitsiya resurslarining eng samarali harakatini ta’minlash borasida qaror qabul qilish investitsiyalarni boshqarishdagi asosiy vazifa hisoblanadi. Shuning uchun moliyaviy investitsiyalar resurlari oqimini boshqarish investitsiya faoliyatini boshqarishdagi markaziy masala hisoblanadi.
Investitsiya faoliyatini boshqarish jarayonida subyektni uchta izchil bosqichga ajratish mumkin: zarur axborotni yig‘ish va to‘plash; uni tahlil qilish; boshqaruvga oid investitsion qarorlar qabul qilish.
Investitsiya inglizcha investment so‘zidan olingan bo‘lib, sarmoya qo‘yish degan ma’noni anglatadi. O‘zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi2 Qonunining 3-moddasiga binoan, investitsiyalar - qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar.
Investor — investitsiya faoliyati obyektlariga o‘z mablag‘larini investitsiya qilishni va boshqa investitsiya resurslarini jalb etishni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyekti.
Investitsiya faoliyati — investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui.
Investitsiya faoliyati ishtirokchisi — investorning buyurtmalari bajarilishini ta’minlovchi investitsiya faoliyati subyekti.

Download 55.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling