Invesтitsiyalar hisobi
Download 147.5 Kb.
|
Biznesda tashqi investitsiyalar
Kompaniyaning hisob siyosatida uzoq muddatli investitsiyalarni qayta baholash qiymatida hisobga olish ko`zda tutilgan. 2004 yilining birinchi choragida mavjud investitsiyalarning bozor qiymatini o`zgarishi yuz berdi.
Dt «Qimmatli qog`ozlarni qayta baholashdan zararlar» 50000 Dt «Uzoq muddatli investitsiyalar» 45000 Kt «Хususiy kapital-Qayta baholash bo`yicha tuzatishlar» 95000 Buxgalteriya yozuvlaridan ko`rinib turibdiki, «Y» toifadagi aktsiyalar bo`yicha baho pasayishidan olingan zarar avval qo`shilgan kapital tarkibida shu xildagi muomalalarga tegishli summa mavjud bo`lmaganligi uchun zarar sifatida tan olindi. 2004 yilning olti oyligi yakunida investitsiyalar tarkibida quyidagi o`z-garishlar yuz berdi
Bu o`zgarishlar buxgalteriya hisobida quyidagicha aksini topadi: Dt «Хususiy kapital-qayta baholash bo`yicha tuzatishlar» 60000 Dt «Qimmatli qog`ozlarni qayta baholashdan zararlar» 50000 Kt «Uzoq muddatli investitsiyalar» 110000 2004 yilning oxiriga kelib, balans tuzish sanasidan avval investitsiyalar qiymatida sezilarli o`zgarish yuz berdi
Dt «Uzoq muddatli investitsiyalar» 164000 Kt «Qimmatli qog`ozlarni qayta baholashdan zararlar» 100000 Kt «Хususiy kapital qayta baholash bo`yicha tuzatishlar» 64000 5.Investitsiyalar buyicha daromadlarni hisobga olish tartibiInvestitsiyalardan olinadigan daromadlar Buxgalteriya hisobining milliy standartlarida ta`kidlab o`tilganidek, foizlar, royalti, dividendlar, uzoq va qis-qa muddatli ijara sifatidagi investitsiyalar bo`yicha ijara haqi hamda investi-tsiyalarni sotish natijasida olingan foyda sifatida yuzaga keladi. Korxona o`z mablag`larini bankka depozitga qo`yish, qarz berish yoki obliga-tsiyalar kabi qarz qog`ozlarini sotib olish vaqtinchalik keraksiz aktivlarni ijaraga berish orqali foiz ko`rinishidagi daromadga ega bo`ladi. Ushbu yo`nalish-lar bo`yicha daromad hisoblanganda quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi: Dt «Hisoblangan foizlar» Kt «Foiz ko`rinishidagi daromad» Royalti ko`rinishidagi daromad deb, korxonani savdo belgisi yoki boshqa turdagi huquqini o`zga kimsalarga ma`lum vaqtga, ma`lum haq evaziga foydalanish uchun berilishi natijasida olingan daromadga aytiladi. Daromad hisoblanganda quyidagi buxgalteriya yozuvi rasmiylashtirilishi lozim: Dt «Royalti va gonorarlar bo`yicha olinadigan hisobvaraqlar» Kt «Royalti bo`yicha daromadlar» Korxona o`zga korxonalarning aktsiyalariga «qiymat» yoki «ulushda qatnashish» usulida investitsiya qilishi mumkin. Qiymat usulida investitsiya qilinganda korxona boshqa aktsiyadorlar kabi faqat dividendga da`vogarlik qilishi mumkin. Ulushda qatnashish usulida esa investitsiya qilgan korxona ham dividendga, ham sof foydaning tegishli qismiga da`vogarlik qila oladi. Ushbu holatlarni quyidagi misol yordamida ko`rib chiqamiz. 5-misol. «XYZ» korxonasi hisobot yilining yanvar oyida «A» kompaniyaning nominal qiymati 1000 so`m bo`lgan 100 ta aktsiyasini 1100 so`mdan sotib oldi (qiymat usuli). fevral oyi oxirida korxona yangi tashkil qilina-yotgan «V» kompaniyaning ta`sischisi sifatida nominal qiymati 5000 so`mdan bo`l-gan 1000 ta aktsiyasini 6000 so`mdan sotib oldi. Bu aktsiyalar miqdori «V» kompaniya Ustav kapitalining 20 % ni tashkil qiladi. «XYZ» korxonasi bu xo`jalik muomalasini o`zining buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettirdi: Dt «A» korxonaga investitsiyalar 110000 Dt «V» korxonaga investitsiyalar 6000000 Kt «Pul mablag`lari» 6110000 Hisobot yili tugab, aktsiyadorlar yig`ilishi qaroriga ko`ra, «A» korxona har bir aktsiyaga 250 so`mdan dividend e`lon qildi. Bu to`g`risida rasmiy hujjatga ega bo`lgach, «XYZ» sotib olingan 100 aktsiyaga tegishli bo`lgan (100 ta aktsiya x 250 so`m q 25000 so`m) dividend summasiga o`zida quyidagi buxgalteriya yozuvini amalga oshirdi. Download 147.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling