Invesтitsiyalar hisobi
Dt «Hisoblangan dividendlar» 25000 Kt
Download 147.5 Kb.
|
Biznesda tashqi investitsiyalar
Dt «Hisoblangan dividendlar» 25000
Kt «Dividend ko`rinishidagi daromadlar» 25000 Hisobot yilini «V» korxona 2500000 so`m foyda bilan yakunladi. Aktsiyadorlar yig`ilishi qaroriga ko`ra foyda summasining 1000000 so`mi dividend sifatida taqsimlanishga kelishildi. Shunga ko`ra muomaladagi har bir aktsiyaga 200 so`mdan (1000000 so`m : 5000 ta aktsiya ) dividend to`g`ri keldi. Bu xo`jalik muomalasi «XYZ» korxonasi buxgalteriyasida quyidagicha o`z aksini topdi: a) hisoblangan dividend summasiga Dt «Olinadigan dividendlar» (1000 x 200) 200000 Kt «Dividend ko`rinishidagi daromadlar» 200000 b) sof foyda summasi tarkibida yuzaga kelgan ulushga esa ( 1500000 x 20 % q 300000) Dt «V» korxonaga investitsiyalar» 300000 Kt «Dividend ko`rinishidagi daromadlar» 300000 Ushbu usulda dividendlarni hisoblangandan ko`ra ortiqroq summada qaytishi, investitsiya qilingan korxonada ulushni kamayishini bildiradi. Misol uchun, «V» kompaniya «XYZ» korxonasiga 250000 so`m miqdorida dividend to`lab berdi. Bu holatda «XYZ» korxonasi quyidagi buxgalteriya yozuvini rasmiylash-tirishi lozim: Dt «Pul mablag`lari» «V» 250000 Kt «Dividentlar» 200000 Kt «V» korxonaga investitsiyalar» 50000 Investitsiyalar bilan bog`liq boshqa yo`nalishlardagi daromadlarni hisobga olish muomalalariga «Investitsiyalarni bir toifadan ikkinchisiga o`tkazish tartibi» va «Investitsiyalar chiqimini hisobga olish tartibi» mavzularini ko`rib chiqish jarayonida to`xtalib o`tamiz. 6.Investitsiyalarni bir toifadan ikkinchisiga o`tkazish tartibi.Investitsiyalarni bir toifadan ikkinchisiga o`tkazish ushbu tartibdagi investitsiyalarga nisbatan bozor shartlarini o`zgarishi yoki tashkilotda bunday investitsiyalarga nisbatan maqsadlarning o`zgarishi sabab bulishi mumkin. Investitsiyalar toifalarini o`zgartirish jarayonida quyidagi omillarni hisobga olish lozim bo`ladi: toifa o`zgartirilgunga kadar investitsiyalar hisobga olingan qiymat; toifa o`zgartirilgandan keyin investitsiyalar hisobga olingan qiymat; toifa o`zgartirilgunga qadar investitsiyalarni qayta baholash natijasida yuzaga kelgan farqni hisobga oluvchi hisobvaraqlar; toifa o`zgartirilgandan keyin investitsiyalarni qayta baholash natijasida yuzaga keluvchi farqni hisobga oluvchi hisobvaraqlar; Buxgalteriya hisobining milliy standartlari talablariga ko`ra agar qisqa muddatli investitsiyalar korxonaning hisob siyosatida sotib olish va bozor baho-sidan kami bo`yicha hisobga olib borilishi ko`zda tutilgan bo`lsa, uzoq muddatli investitsiyalarni ularning toifasiga o`tkazish shu baholarning eng kami bo`yicha amalga oshiriladi. Agar uzoq muddatli investitsiyalar toifasi o`zgartirilishidan avval qayta baholangan va qisqa muddatli investitsiyalar korxonada bozor qiy-matida yuritilayotgan bo`lsa, uzoq muddatli investitsiyalarni qisqa muddatli investitsiyalar toifasiga o`tkazishda qayta baholash summasi balans qiymatida hisobdan chiqariladi. Agar qisqa muddatli investitsiyalar bozor qiymatidagi o`z-garish daromad sifatida tan olib borilayotgan bo`lsa investitsiyalar toifasini o`zgartirishda hisobga olinmay qolgan qayta baholash summasi daromad tarkibiga kiritiladi. Qisqa muddatli investitsiyalarni uzoq muddatli qo`yilmalar tarki-biga o`tkazish sotib olish va bozor qiymatidan kami bo`yicha, agar qisqa muddatli investitsiyalar toifa almashtirilgunga qadar bozor bahosida hisobga olingan bo`l-sa, toifa almashtirish bozor bahosida amalga oshirilishi mumkin. Korxona investitsiyalarni chiqib ketishidan foyda yoki zarar olishi mumkin. Ushbu xo`jalik muomalalarini tushuntirish uchun 4–misol maьlumot-laridan foydalanib ikkita holatni ko`rib chikamiz. Korxona avval sotib olgan «Х» turdagi aktsiyalarning 300 tasini 1200 so`mdan sotishga erishdi. Bu xo`jalik muomalasi buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda o`z aksini topadi. a) sotish bahosi bilan balans qiymati o`rtasidagi farqqa Download 147.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling