Investitsiyalar iqtisodiyotni taraqqiyot tomon harakatini ta'minlovchi kuch ekanligi, har qanday
Qishloq xo‘jalik korxonalari faoliyatini va biznesini rejalashtirish
Download 227.28 Kb.
|
jamshidbek kurs ishi
2.2Qishloq xo‘jalik korxonalari faoliyatini va biznesini rejalashtirishBugungi kunda bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, korxonalarning ichki iqtisodiy munosabatlarini o‘zida aniq aks ettira oladigan mexanizm bu - rejalashtirishdir. Bozor munosobatlarining talab va taklif qonuniyatlariga tayangan xolda yaratilgan rejalashtirish tizimi, qishloq xo‘jalik korxonalarida mavjud bo‘lgan tarmoqlar o‘rtasida, ularning ichki resurslaridan foydalanishda mutanosiblikni o‘rnatib, ishlab chiqarishning uzluksiz va tez sur'atlar bilan rivojlanib borishiga imkoniyatlar yaratadi. Rejalashtirishdan asosiy maqsad bozorni sifatli, arzon va raqobatbardosh mahsulotlar bilan to‘ldirish, qishloq xo‘jalik korxonalarining soha va tarmoqlari o‘rtasida ichki resurslar bilan ta'minlanish mutanosibligini o‘rnatish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirishdan iboratdir. Rejalashtirish natijasida qishloq xo‘jalik korxonalari yer va boshqa ishlab chiqarish vositalaridan, mehnat va moliya resurslaridan, tabiiy boyliklar, fan va texnika yutuqlari hamda ilg‘or tajribalardan oqilona va samarali foydalanishga, tejamkorlik qoidalariga rioya qilishga va nobudgarchiliklarga yo‘l qo‘ymaslikka erishishni nazarda tutadi. Rejalashtirish orqali quyidagi vazifalar hal etiladi: qishloq xo‘jalik korxonalari ichida agrar va iqtisodiy munosabatlarni chuqur islox qilish asosida xususiy mulkchilikni shakllantirish va mustahkamlash; dehqonning yer va boshqa ishlab chiqarish vositalari, mehnat, moliya va ilmiy-texnika resurslaridan oqilona foydalanishida shaxsiy javobgarligi va manfaatdorligini oshirishni ta'minlash; har bir qishloq xo‘jalik korxonasida ekinlar hosildorligini, chorva va parranda mahsuldorligini oshirishning aniq yo‘llarini hisoblab chiqib, dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarida mehnat unumdorligini o‘stirish, sarf-xarajatlarni tejash va ishlab chiqarish rentaballigini ko‘tarish; korxonaning tabiiy-iqtisodiy sharoitini hisobga olgan xolda, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va tarmoqlarni bir-biri bilan samarali muvofiqlashtirish; mahsulot sotish bo‘yicha korxona tuzgan shartnomalarning bajarilishini ta'minlash; korxonada ishlab chiqarish munosabatlarini, texnika va texnologiyasini takomillashtirish, fan, texnika va ilg‘or tajribalarni, tadbirkorlikni xorijiy davlatlar va ichki investitsiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etib, eksportbop tovar mahsulotlari yetishtirishni ta'minlash. Shuning bilan birgalikda, qishloq xo‘jalik korxonalarida iqtisodiy va agrar o‘zgarishlarni o‘zida aks ettira oladigan, mulk egasi huquqini ta'minlovchi bozor mexanizmi va moddiy rag‘batlantiruvchi omillarni jonlantirish va rejalashtirish ular zimmasiga yuklangan vazifalar qatoriga kiradi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda rejalashtirish quyidagi tamoyillarga tayanadi: rejalashtirishning demokratik mustakillikka asoslanishi, ya'ni korxonaning ishlab chiqarish moliya faoliyatini tashkil etishda, xo‘jalik ichida iqtisodiy va agrar munosabatlarni joriy etishda har tomonlama mustaqillik va bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan boshqarish tizimini o‘rnatishda demokratik qonun-qoidalarga amal qilish; rejalashtirishning ustuvor yunalishlarini belgilash, ya'ni korxona uchun har bir gektar yerdan va har bir bosh chorvadan eng ko‘p foyda olinadigan ishlab chiqarish yo‘nalishini biznes reja orqali asoslab olish va shu yetakchi bo‘g‘inga korxonaning barcha resurslarini jalb etib, ulardan oqilona foydalanish, rejani o‘z vaqtida bajarish hamda ishlab chiqariladigan tovar mahsulotlar miqdorini ko‘paytirish, assortimentlarini yaxshilash, mehnat sarfini kamaytirish uchun eng qulay sharoitlar yaratish; istiqbol va yillik rejalarning bir biri bilan uygunlashganligi va ilmiy jihatdan asoslanganligini ta'minlash, ya'ni korxonada yetakchi tarmoqdan eng ko‘p foyda olish atrofida, rejaning barcha qismlarini bir biri bilan uyg‘unlashtirib, ular o‘rtasida mutanosiblikni o‘rnatish imkoniyati yaratiladi. Ko‘zda tutilgan maqsadga erishish uchun esa reja ko‘rsatkichlari ilmiy jihatdan asoslangan me'yorlarga tayangan bo‘lishi kerak. Fan-texnika yutuqlari, zamonaviy ilg‘or texnologiyalardan foydalanish ishlab chiqarishni tashkil etishda rejalashtirish mexanizmidan keng foydalanishni talab etadi; korxona iqtisodiyotini barqarorlashtirish, ya'ni korxonada yuzaga kelayotgan tangliklarni bartaraf etish uchun ko‘riladigan barqarorlashtirish chora-tadbirlari majmuasi, korxona to‘la inqirozga uchrashiga chap berish maqsadida ishlab chiqarish va ishlab chiqariladigan mahsulotlar tarkibini o‘zgartirish tadbir-choralarini avvaldan rejalashtirib, ishlab chiqarish xarajatlarini tejashga, mahsulot sifatini yaxshilashga, ularning raqobatbardorligini oshirishga harakat qilish. Ta'kidlash lozimki, korxonada tuzilgan barcha turdagi rejalarning bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilinishi va ularning o‘z muddatida bajarilishi uchun shart-sharoitlar yaratilishi ishchi xodimlarning ish natijalari uchun javobgarligini kuchaytiradi. Rejalarning ilmiy asoslangan va aniq bo‘lishi, ko‘p jihatdan ularni tuzish usullariga bog‘liq bo‘ladi. Bunga qishloq xo‘jaligini rejalashtirishining muvozanat, me'yoriy mezon, iqtisodiy- matematik usullari va avtomatik boshqarish tizimini kiritish mumkin. Muvozanat usuli - bu bugun agrar sanoat korxonalari va shu jumladan qishloq xo‘jalik korxonalari taraqqiyotini rejalashtirishda qo‘llanilayotgan asosiy usullardandir. Bu usulning iqtisodiy mohiyati shundaki, qishloq xo‘jaligining turli soha va tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblikning moddiy, mehnat va moliya resurslariga talabi va uni qondirish manbalarini aks ettiradi. Reja muvozanatlari uch turda tuziladi: mehnat, moddiy resurslar va qiymat muvozanatlari. Moddiy muvozanatlar qishloq xo‘jalik korxonasining barcha tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar turi bo‘yicha tuziladi. Masalan don, paxta, go‘sht, tuxum va h.k. Mehnat resurslari muvozanati ishlab chiqarish uchun talab etiladigan xodimlar va mutaxassis kadrlar miqdori bilan aniqlanadi. Qiymat muvozanati pul ko‘rinishda tuzilib, yalpi mahsulotning solishtirma va joriy baholardagi ifodasidir. Mezon Me'yoriy (normativ) muvozanat usuli mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda reja - topshiriqlarini iqtisodiy jihatdan asoslab beradi. Bu usulda ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan resurslar me'yoriy ko‘rsatkichlar asosida aniqlanadi. Masalan: yoqilg‘i, urug‘liklar, o‘g‘it, yem-xashak va hokazo. Me'yoriy ko‘rsatkichlar vaqti-vaqti bilan ishlab chiqarish texnologiyasi va texnikasining yangilanish va mehnat unumdorligining o‘sish darajasiga qarab o‘zgartirib turiladi. Aks holda, ular ishlab chiqarishni rivojlantirishga salbiy ta'sir etadi. Iqtisodiy-matematik usul murakkab texnikani, EHMlarni yangi kompyuterlar tizimini talab etadi. Qishloq xo‘jaligini re- jalashtirishda bu usulning chiziqli-dasturlash, rejalashtirish, korrellyasiya singari turlaridan foydalaniladi. Bu usuldan chorva mollar ratsioni, poda tarkibi, ekinlar hosilini dasturlash, MTP parkidan foydalanishning oqilona tarkibini aniqlashda keng foydalaniladi. Download 227.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling