Investitsiyalar tahlili


Guruhlashtirish usulining turlari haqida


Download 100.5 Kb.
bet2/4
Sana07.05.2023
Hajmi100.5 Kb.
#1437113
1   2   3   4
Bog'liq
Investitsiyalar tahlili

2.Guruhlashtirish usulining turlari haqida

  • Iqtisodiy tahlilda guruhlashtirish maqsadi va vazifasiga ko‘ra: tipologik, tuzilish va omilli guruhlarga ajratiladi.

Tipologik guruhlashtirish

  • bir turdagi voqeliklarni umumiy belgi bo‘yicha bo‘laklarga ajratishdir. Misol uchun, korxonalarni mulkchilik shakli bo‘yicha (davlat, qo‘shma, AJ, xususiy va shu kabilar) yoki korxonadagi barcha xodimlarni (asosiy va yordamchi ishchilar, injener-texnik xodimlar, xizmatchilar va shu kabilar) kategoriyalari bo‘yicha guruhlashtirish.

Tuzilish bo‘yicha guruhlashtirish – ko‘rsatkichlarni ichki tuzilishi va ularning alohida qismlari mutanosibligini o‘rganishga qaratilgan. Umumiy ishchilar tarkibida – ishchilarning malakasi, ma’lumoti, ish staji, yoshi, jinsi va boshqa belgilari bo‘yicha o‘rganish ushbu guruhlashtirishga misol bo‘la oladi.

  • Tuzilish bo‘yicha guruhlashtirish – ko‘rsatkichlarni ichki tuzilishi va ularning alohida qismlari mutanosibligini o‘rganishga qaratilgan. Umumiy ishchilar tarkibida – ishchilarning malakasi, ma’lumoti, ish staji, yoshi, jinsi va boshqa belgilari bo‘yicha o‘rganish ushbu guruhlashtirishga misol bo‘la oladi.

Omilli (analitik) guruhlashtirish natijaviy ko‘rsatkichga (oqibat) ta’sir qiluvchi omil (sabab) bo‘yicha tashkil qilinadi. Bunday analitik guruhlashtirishda voqeliklarning bir-birlariga bog‘liqliklarini o‘rganish maqsadida ko‘rsatkichlar birinchisi ikinchisini keltirib chiqaruvchi tartibda tuziladi. Ya’ni birinchi ko‘rsatkich ikkinchi ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi omil, o‘z navbatida ikkinchi ko‘rsatkich birinchi ko‘rsatkich ta’sirining natijasidir. Misol uchun, guruhdagi xodimlarning ish staji ularning oylik maoshi o‘zgarishiga ta’sir etadi yoki ishlab chiqarish jarayonini texnik va texnologik jihatdan yangilash har bir ishchi tomo- nidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdorini oshirishga keskin ta’sir etadi va shu kabilar

  • Omilli (analitik) guruhlashtirish natijaviy ko‘rsatkichga (oqibat) ta’sir qiluvchi omil (sabab) bo‘yicha tashkil qilinadi. Bunday analitik guruhlashtirishda voqeliklarning bir-birlariga bog‘liqliklarini o‘rganish maqsadida ko‘rsatkichlar birinchisi ikinchisini keltirib chiqaruvchi tartibda tuziladi. Ya’ni birinchi ko‘rsatkich ikkinchi ko‘rsatkichga ta’sir etuvchi omil, o‘z navbatida ikkinchi ko‘rsatkich birinchi ko‘rsatkich ta’sirining natijasidir. Misol uchun, guruhdagi xodimlarning ish staji ularning oylik maoshi o‘zgarishiga ta’sir etadi yoki ishlab chiqarish jarayonini texnik va texnologik jihatdan yangilash har bir ishchi tomo- nidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdorini oshirishga keskin ta’sir etadi va shu kabilar

Download 100.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling