Investitsiyalar va moliya bozori


Download 0.54 Mb.
bet9/35
Sana02.06.2024
Hajmi0.54 Mb.
#1835848
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
Toshkent fond birjasi

METODOLOGIYA

3.1. Tadqiqot dizayni va tahlil uchun qo‘llaniladigan usullar
Dunyoda qimmatli qog‘ozlar bozorining asosiy tarkibiy qismlaridan biri fond bozori hisoblanadi. Jahon fond bozoridagi savdo hajmi 2021 yilda jami 160,95 trlnni tashkil etgan va deyarli 46 mlrdga yaqin savdolar amalga oshirilgan. Asosiy ulush AQShda (59,9 %), keying o‘rinlarda Yaponiya (6,2%), Buyuk Britaniya (3,0%), Xitoy (3,6%), kabi mamlakatlar turadi. Shuningdek, Kanada, Fransiya, Germaniya, Hindiston va Shveytsariya kabi mamlakatlar ham dunyoning yetakchi fond bozoriga ega mamlakatlar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyundagi “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, qimmatli qog‘ozlar – bu hujjatlarni bergan yuridik shaxs va ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi, dividendlar yoki foizlar shaklidagi daromadlar to‘lanishini nazarda tutuvchi hujjatlardir. Bunda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyati mavjud. Yuqorida qayd etilgan qonunga ko‘ra qimmatli qog‘ozlarga aksiyalar, obligatsiyalar, g‘aznachilik majburiyatlari, depozit va jamg‘arma sertifikatlari, veksellar, shuningdek, hosilaviy qimmatli qog‘ozlar kiradi. Bugun kunda O‘zbekiston iqtisodiyotning har bir sohasida dunyoga tobora kengroq ochilmoqda. Ayniqsa qimmatli qog‘ozlar bozori ulkan islohotlar tufayli rivojlanmoqda. Qimmatli qog‘ozlar bozori O‘zbekistonda davlat mulklarining ommaviy xususiylashtirishidan, korxonalarni aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirishdan va ularning ulushlarini kompaniya xodimlari va investorlarga sotilishidan keyin paydo bo‘ldi deyish mumkin.
5 yil davomida (2015-2020-yillar) oʻtkazilgan tahlillar natijasida “Toshkent” fond birjasida savdo qiluvchilar soni ortgani maʼlum boʻldi. O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlari bozoriga sarmoya kirituvchi O‘zbekiston fuqarolarining ulushi, emitentlar, shuningdek, vositachi kompaniyalar soni va fond bozorining o‘zi aylanmasi yil sayin ortib bormoqda. O‘tgan davr mobaynida, jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklari aksiyalariga (87,3%), qurilish materiallari tarmog‘iga mansub kompaniyalar aksiyalariga (5,7%) va sug‘urta kompaniyalarining (2,7%) aksiyalariga yuqori qiziqish bildirishgan.
Mamlakatimiz qimmatli qog‘ozlar bozori savdo tizimlarining umumiy aylanmasi tahlil etilgan so‘nggi o‘n yillik davomida o‘rtacha YaIMning 3 foiziga ham yetmagan, uyushgan savdo maydonchasi hisoblangan ― “Toshkent” RFB umumiy aylanmasining mamlakat YaIMdagi ulushi 0,16 foizni, mazkur savdo tizimlari orqali iqtisodiѐtimiz tarmoq va sohalaridagi aksiyadorlik jamiyatlariga jalb qilingan investitsiyalarni mamlakat YaIMga nisbati 2,2 foizni tashkil etganligini va umumiy holda qimmatli qog‘ozlar bozori va uning savdo tizimlarining iqtisodiѐtga investitsiya kiritishdagi roli past ekanligi, ikkilamchi bozor rivojlanmaganligini bugungi kunda yuqorida ta’kidlangan masalalarning hal etilishi o‘z dolzarbligini saqlab turganligini ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 19-martdagi ― Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-1727-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-apreldagi ―Iqtisodiѐtda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi
PQ-2340-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
17-yanvardagi ―Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki ob’ektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖ PF-4933-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi ―Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-5630-son Farmonlari va boshqa huquqiy-me’ѐriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda mamlakatimizda qimmatli qog‘ozlar bozori va uning savdo tizimlarini rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilashda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling