Investitsiyalarni moliyalashtirishda moliyaviy vositalar


Iqtisodiy-xuquqiy mazmuni bo’yicha: qarz va ulush munosabatlarini hamda hosilaviy moliyaviy vositalar


Download 0.66 Mb.
bet2/4
Sana03.02.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1155048
1   2   3   4
Bog'liq
10 investitsiyani moliyalastrish vositalari

Iqtisodiy-xuquqiy mazmuni bo’yicha: qarz va ulush munosabatlarini hamda hosilaviy moliyaviy vositalar.

Iqtisodiy-huquqiy xossalariga ko’ra: bazaviy va bazisli moliyaviy vositaalar. Bazaviy vositalarga ulush va qarz munosabatlarini o’zida mujassamlashtiruvchi emissiyalanuvchi (derivativlardan tashqari) va emissiyalanmaydigan qog’ozlar kiradi. Bazislilariga esa derivativlar (hosilaviy qimmatli qog’ozlar) kiradi.

Funktsiyasi bo’yicha: investitsion vositalar (qimmatli qog’ozlar), banklarning moliyalashtirish vositalari (kredit, depozit, seleng, plastik kartochkalar, cheklar va h.k.), riskni moliyalashtirish vositalari (sug’urta polislari), to’lov vositalari (milliy va horijiy valyuta, halqaro valyuta, kvazivalyuta, birja kotrovkasiga ega bo’lgan valyuta sifatida o’tuvchi oltin, platina, kumush, kamyob elementlar, qimmatbaho toshlar va h.k.), tovar taqsimlovchi vositalar (tovar varranti, konosament, ombor guvohnomasi va shu kabilar), garov qog’ozlari, lotereyalar.

Aksiya

Oʻz egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qogʻoz.

Aksiyaning turlari


Oddiy aksiyalar
Imtiyozli aksiyalar

Oddiy aksiyalar

Oddiy aksiyalar

Oddiy aksiya oʻz egasiga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida oʻz ovozi bilan ishtirok etish huquqi, dividendlar olish va aksiyadorlik jamiyati tugutilganda mulkning bir qismiga ega boʻlish huquqini beruvchi qimmatli qogʻoz.

Imtiyozli aksiyalar

  • Imtiyozli aksiyalar miqdori jamiyat ustav kapitali hajmida 20 % miqdoridan oshmagan holda chiqariladi.
  • Aksiyalarning imtiyozli aksiyalar deb nomlanishi imtiyozli aksiya egalari oddiy aksiya egalariga nisbatan bir qancha imtiyozli huquqlarga ega boʻlishi munosabati bilan ifodalanadi. Har bir aksiya turi uchun imtiyozli huquqlar jamiyat ustavida belgilanadi. Imtiyozli aksiyalarga bunday huquqlar berish taqdimotini imtiyozli aksiya egalari ovoz berish huquqiga ega emasliklari va buning uchun imtiyozli aksiya egalariga qandaydir kompensatsiya tariqasida koʻrish mumkin.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling