Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja


Download 27.62 Kb.
bet2/4
Sana16.11.2023
Hajmi27.62 Kb.
#1782121
1   2   3   4
Bog'liq
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja-fayllar.org

Sh.M.Mirziyoyev



1.Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va 

mohiyati

Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun - mohiyati to‘g‘risida iqtisodchi 

olimlar o‘rtasida xilma – xil fikrlar mavjud.



Investitsiyalarga aniq bir ta’rif berilmagan. Jumladan, prof. D. G‘. 

G‘ozibekov investitsiyalarning iqtisodiy mazmun – mohiyatini moliyaviy


kategoriya sifatida talqin etib, quyidagicha ta’rif berib o‘tgan: 

“Investitsiyalarning mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag‘lar 

olish, ularni asosli holda safarbar etish, risklar darajasini hisobga olgan


holda kapital qiymatini saqlash va ko‘zlangan samarani olishdan iborat 
bo‘ladi”. [1]

[1] G‘ozibekov D.G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: 

“Moliya” nashriyoti. 2003. 26 bet.




Investitsiya ta’riflari



Prof. N.H. Haydarov investitsiyalar mazmun – mohiyatiga 

quyidagi ta’rifni beradi: “Investitsiya – bu mulk shaklidan


qat’iy nazar, tadbirkorlik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan 
jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va
ijtimoiy samara olish maqsadida o‘z boyliklarini qonun 
doirasida bo‘lgan har qanday tadbirkorlik ob’ektiga
sarflashidir”.[1]

[1] Haydarov N.H. iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-soliq 

munosabatlarini takomillashtirish masalalari. I.F.D ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. G‘ T.:


2003. 29 b. 

Investitsiya ta’riflari



O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrdagi O‘RQ-

598-sonli «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi


qonunida investitsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan:

“investitsiyalar — investor tomonidan foyda olish maqsadida

ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari


ob’ektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va
nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu
jumladan intellektual mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlar, 
shuningdek reinvestitsiyalar” sifatida ta’riflanadi.


Investitsiya ta’riflari



Investitsiya” deganda kelgusida daromad (foyda) 

olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida


qonun doirasida iqtisodiyotning turli tarmoqlari va
boshqa sohalariga investorlar tomonidan
qo‘yiladagan barcha turdagi mulkiy, moliyaviy va
intellektual boyliklar tushuniladi.

U.Sharp investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beradi: 

“Istiqbolda yanada ko‘proq miqdordagi mablag‘ olish


uchun ma’lum miqdordagi pul bilan bugun 
ajralishdir”.


Investitsiya tushunchasi



Makroiqtisodiyotda investitsiyalar ishlab chiqarishda yangi

vositalarga, turar-joylarga investitsiyalar va moddiy


zahiralarining o‘sishiga qilinadigan harajatlardan tashkil
topadigan yalpi harajatlarning bir qismi hisoblanadi.
Investitsiyalar – bu joriy davrda iste’mol qilinmagan va
iqtisodiyotda kapital o‘sishini ta’minlovchi YaIM ning bir
qismidir.

Ishlab chiqarish nazariyasi va umuman makroiqtisodiyotda

investitsiyalar yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini


hamda inson kapitalini qo‘shib hisoblanganda) yaratish
jarayonidir.


Investitsiya tushunchasi



Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real yoki moliyaviy aktivlarni 

olishni tushuniladi, ya’ni bugungi sarflarni maqsadi kelajakda daromad


olish bo‘lib hisoblanadi.

Boshqacha so‘z bilan aytganda, investitsiyalar – muayyan qiymatni, 

bo‘lishi noaniqroq bo‘lgan kelajak qiymatga almashish



Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonkning «Investitsiyalash asoslari» 

kitobida investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beriladi: Investitsiya moliyaviy


natijalar olishni ko‘zlab aksiya va obligatsiyalarni sotib olishni anglatadi: 
bular real aktivlarni belgilaydi, masalan, u yoki bu tovarni ishlab chiqarish
va sotish uchun mashinalarni olishni nazarda tutadi. Umuman keng 
ma’noda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini o‘stirish va rivojlantirishni
moliyalashtirish uchun zarur bo‘ladigan mexanizmlarni ta’minlaydi.

Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida amalga


oshirilgan keng ko`lamli islohotlar natijasida asosiy 
kapitalga investitsiyalar hajmi keskin oshib, 2018 yilga
nisbatan 133,9 % ni tashkil etdi. 
2019 yil yanvar-dekabr oylarida 189,9 trln. so`m 
asosiy kapitalga investitsiyalar o`zlashtirilib, ularning 
70,7 % yoki 134,3 trln. so`m jalb etilgan mablag`lar
hisobidan moliyalashtirilgan bo`lsa, korxona, tashkilot 
va aholining o`z mablag`lari hisobidan 29,3 % yoki
55,6 trln. so`m moliyalashtirildi. 




Download 27.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling