Investitsiyalarning mohiyati va tasniflanishi


Download 20.08 Kb.
bet1/4
Sana09.06.2023
Hajmi20.08 Kb.
#1472395
  1   2   3   4
Bog'liq
16-мавзу. Маъруза


    1. 16-MAVZU. INVESTITSIYALAR

    2. Investitsiyalarning mohiyati va tasniflanishi

Investitsiyalar – foyda (daromad) olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishish maqsadida tadbirkorlik obyektlari va boshqa faoliyat turlariga kiritiladigan pul mablag‘lari, maqsadli bank qo‘yilmalari, paylar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar, texnologiyalar, mashinalar, uskunalar, litsenziyalar, shu jumladan, tovar belgisi, kreditlar, boshqa har qanday mulk yoki mulkiy huquq, intellektual boyliklardir.
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiyalar, birinchidan, dastlab avans sifatida kiritilgan qiymatning qo‘shimcha o‘sishini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik faoliyatiga kapital kiritishni, ikkinchidan, turli loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati qatnashchilari o‘rtasida yuzaga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi.
Moliyaviy investitsiyalar – mablag‘larni moliyaviy aktivlarga kiritishdir. Ular aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga mablag‘ kiritishni o‘zida mujassam etadi. Moliyaviy investitsiyalarning shakllanishi alohida sektorlar va institutsional birliklar o‘rtasida moliviy mablag‘larning qayta taqsimlanishi va shundan kelib chiqqan holda ular o‘rtasida o‘zaro talablar va majburiyatlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq. Moliyaviy investitsiyalarning maqsadli ishlatilishi aniq bir yo‘nalishga ega emas. Ular kapital qo‘yilmalarning qo‘shimcha manbasi ham, qimmatli qog‘ozlar bozorida birja o‘yinlarining predmeti ham bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda investitsiya faoliyatining meyoriy-huquqiy asoslari
Islohotlar yillarida investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi 50 dan ortiq meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. “Konsessiyalar to‘g‘risida”gi, “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi, “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi, “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunlar ana shular jumlasidandir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi "To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoniga ko‘ra xorijiy investitsiyalar hajmi 300 ming AQSH dollaridan 3 million AQSH dollarigacha bo‘lgan holatda 3 yil muddatga, 3 million dollardan 10 million AQSH dollarigacha – 5 yil muddatga, 10 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lganda - 7 yil muddatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etadigan iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari asosiy faoliyati bo‘yicha daromad solig‘i, mulk solig‘i, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq to‘lashdan, shuningdek Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar to‘lashdan xorijiy ozod qilinadi.
2013 yil 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012 yil 10 apreldagi Farmoniga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilinib, unga asosan, 2013 yilning 1 yanvaridan boshlab xorijiy investitsiyalar ishtirokida yangi tashkil etilayotgan korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tgan vaqtdan boshlab ikki yil mobaynida shaxsiy ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mol-mulk olib kirishda import bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilinishlari ko‘zda tutilgan.

    1. Download 20.08 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling