Investitsiya loyihalarining samaradorligini aniqlashning qoplash muddati usulini an’anaviy (oddiy) baholash usullarida ko’rib o’tdik. Lekin mazkur usulning kelgusi davrlardagi pul tushumlarining qiymatini hisobga olmasligi uni diskontlashtirilgan usullar yordamida ham hisoblash zarurligini taqozo qiladi. - Buning uchun diskontlashtirishni hisobga olgan holda investitsiyalarni diskontlangan qoplash muddatini (DPP) hisoblash usuli diskontlashtirilgan yillik pul tushumlarini diskontlashtirilgan investitsiyalarga bo’lish orqali amalga oshiriladi.
Investitsiyalarning buxgalteriya rentabelligini aniqlash usuli (rentabellik darajasini aniqlash usuli – ARR yoki ROI) - Bu ko’rsatkich buxgalteriya hisoboti ma’lumotlariga asoslangan holda aniqlanadigan o’rtacha daromadni investitsiyalarning o’rtacha yillik hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi. Bunda hisob-kitob ishlari foizlarni va soliqlarni to’lamasdan avvalgi foyda miqdoriga asoslanib amalga oshirilishi mumkin yoki u soliqlarni to’lagandan keyingi, lekin foiz to’lovlarigacha bo’lgan daromadga asoslanadi. Eng yaxshisi, soliq to’lagandan keyingi sof foyda miqdori tanlab olinganligi afzalroqdir, chunki u korxona ta’sischilari va investorlar oladigan haqiqiy foydani ifodalaydi.
XULOSA - Bu to’rt yoʻnalish investitsiyani toʻgʻri boshqarish va rivojlantirish uchun kerak.Bundan kelib chiqadiki bu usullar investitsiyani olib borishda yaqindan yordam berib bu usullar orqali investitsiyani inqirozga uchramasdan turib boshqarish va uni rivojlantirish uchun zarur bolgan choralarni oldindan koʻra bilish kerak ekan.Endilikda yani bugungi kunda investitsiya yurtimizda rivojlanmoqda shundan kelib chiqadiki biz dunyo bozoriga chiqishimiz kerak va dunyoni yetakchi mamlakatlari qatoridan joy olishimiz zarur.Investitsiyani yurtimizda koʻpayishi yuritimizni iqtisodiyotini rivojlanishiga hissa qoʻshgan boʻlamiz.Shunday ekan biz bu sohani chuqur oʻrganib kelajakka ozimizni hissamizni qoʻshishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |