Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari


-bob. Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish hamda ro‘yxatga olish tartibi va muddati


Download 1.49 Mb.
bet24/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1371720
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
PQ-332 25.07.2022

5-bob. Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish hamda ro‘yxatga olish tartibi va muddati
28. Shartnomalar, import kontraktlar va/yoki qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
29. Markaz:
ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun zarur hujjatlar va to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab yigirma ish kuni mobaynida shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv loyihasini ekspertizadan o‘tkazadi;
zarur hujjatlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilganligi tasdiqnomasi taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida xarid qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar va ularning qiymati belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida yoki investitsiya loyihasining o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asosi parametrlari doirasida tuziladigan shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv loyihalarini ekspertizadan o‘tkazadi.
30. Markaz tomonidan shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishda:
ekspertizaga ariza berilgan paytda to‘lov valyutasiga, tovarlar (ishlar, xizmatlar) kelib chiqqan mamlakatga qarab shartnomaviy narxlarning ham xalqaro bozorlar konyunkturasiga, ham bir xil parametrlar va sifatga ega bo‘lgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) mahalliy bozorlardagi talab va takliflarining amaldagi holatiga asoslangan narxlari darajasiga muvofiqligi o‘rganiladi;
ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarning mazkur Nizom talablariga muvofiqligi tekshiriladi;
shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv loyihasining shartlari xalqaro va ichki savdoning umumqabul qilingan me’yorlariga mosligi o‘rganiladi.
31. Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha kelishuv loyihalari ekspertizasi:
tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorining konyunkturasini o‘rganish natijalaridan;
ommaviy axborot vositalari va jahon Internet tarmog‘idagi nashrlardan;
bevosita mahsulot tayyorlovchi zavodlar, yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilardan yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari)dan olingan ma’lumotlardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
32. Xarid qilinayotgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchilar va ularning qiymati belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari asosida tuzilgan shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha kelishuv loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishda ularning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiqligi tekshiriladi.
33. O‘tkazilgan ekspertiza natijalari bo‘yicha buyurtmachiga shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv loyihasi bo‘yicha e’tirozlar yo‘qligi haqida Markazning elektron axborot platformasi orqali xat beriladi yoki hujjatlar qaytarilish sabablarini ko‘rsatgan holda qaytarib beriladi.
34. Buyurtmachi Markazning e’tirozlar yo‘qligi haqidagi xatini olgandan so‘ng bir oy muddat ichida shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuvni o‘rnatilgan tartibda tomonlar imzosi qo‘yilgan va rasmiylashtirilgan holda asl nusxasini va ularning avval Markazda ekspertizadan o‘tkazilgan loyihalari nusxalarini kuzatuv xati bilan Markazga kiritadi (bir vaqtning o‘zida Markazning elektron axborot platformasiga joylaydi).
Hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng besh ish kuni ichida shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv Markaz tomonidan ro‘yxatga olinadi va mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda xulosa hujjatlarning asl nusxalari bilan beriladi. Shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv asl nusxasining har bir varag‘ida Markazning shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuvlarni ro‘yxatga olish bo‘linmasi shtampi qo‘yiladi.
Shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuvga identifikatsiya raqami beriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv hamda unga berilgan xulosa bir vaqtning o‘zida Markazning elektron axborot platformasi joylanadi.
Buyurtmachining mansabdor shaxslari imzolangan shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv ularning avval Markazda ekspertizadan o‘tkazilgan loyihalariga aynan muvofiq bo‘lishiga javobgar bo‘ladilar.
Markazning tegishli loyiha bo‘yicha e’tirozlar yo‘qligi haqidagi xati berilgandan so‘ng bir oylik muddat ichida imzolangan shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv Markazga kiritilmagan taqdirda, buyurtmachi shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv bo‘yicha xulosa olish huquqiga ega bo‘lmaydi.
35. Markaz tomonidan shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv yuzasidan berilgan xulosa shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuvning amal qilish muddati tugagunga qadar haqiqiy hisoblanadi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling