Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari


-bob. Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish hamda ro‘yxatga olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar


Download 1.49 Mb.
bet22/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1371720
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29
Bog'liq
PQ-332 25.07.2022

3-bob. Shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish hamda ro‘yxatga olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
8. Buyurtmachi shartnomalar, import kontraktlari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish uchun Markazga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza;
mazkur Nizomning 4-bobidagi talablarga muvofiq ishlab chiqilgan shartnoma, import kontrakti loyihasining nusxasi (ro‘yxatga olish uchun — har bir beti buyurtmachining vakolatli shaxsi tomonidan muhr va imzo qo‘yib tasdiqlangan shartnoma, import kontraktining asl nusxasi);
shartnoma, import kontrakti loyihasining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi bo‘yicha yuridik xulosa (yuridik xizmat vizasi);
shartnoma, import kontraktini imzolashga tomonlarning vakolati borligini tasdiqlovchi (ular birinchi rahbardan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadigan taqdirda) hujjatning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
shartnomalar, import kontraktlari loyihalari ekspertizaga taqdim etilgan davrda amal qiluvchi hujjatlar (so‘rovnomalar, tijorat takliflari, birja yoki assotsiatsiyalar kotirovkalari, prays-varaqlar va hokazolar) taqdim etilgan holda kontrakt, import kontrakti narxini belgilash bo‘yicha buyurtmachining birinchi rahbari imzosi bilan tasdiqlangan asoslantirishlar. Bunda taqdim etilgan barcha takliflar yuridik yoki jismoniy shaxslar, shu jumladan muqobil takliflarni taqdim etgan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning yuridik manzillari hamda aloqa ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim. Shartnoma yoki import kontrakti loyihasi qonunchilikda belgilangan tartibda xarid jarayonlarini o‘tkazish natijasida tuzilgan hollarda narx belgilash bo‘yicha asoslantirishlar o‘rniga xarid komissiyasi yoki idoraviy xarid komissiyasi bayonnomasining nusxasi taqdim etiladi;
kapital qurilish hamda bino, inshoot va muhandislik kommunikatsiyalarini ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan shartnoma, import kontrakti loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishda — o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari;
davlat buyurtmachilari tomonidan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlariga, shuningdek, joriy faoliyat bo‘yicha — ishlab chiqarish normativlariga muvofiq shartnoma, import kontraktini tuzish zarurligining asoslanishi;
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish uchun tasdiqlangan texnik topshiriqning nusxasi;
shartnoma, import kontrakti xarid qilinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) aniq yetkazib beruvchilari va qiymati belgilab qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida imzolanadigan taqdirda — tegishli qarorlarning nusxasi;
loyihani moliyalashtirish manbai to‘g‘risida tasdiqlovchi xat.
Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va aynan bir xilligi yuzasidan javobgarlik buyurtmachi zimmasiga yuklanadi.
O‘zbekiston Respublikasiga import qilinayotgan tovarlarning sifati, miqdori va narxlari Markazda ro‘yxatga olingan import kontrakti loyihalarining shartlariga mos bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish yuzasidan javobgarlik buyurtmachining mansabdor shaxslari zimmasiga yuklanadi.
9. Buyurtmachi shartnomalar, import kontraktlariga qo‘shimcha kelishuvlar loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza;
mazkur Nizomning 4-bobidagi talablarga muvofiq ishlab chiqilgan qo‘shimcha kelishuv loyihasining nusxasi (ro‘yxatga olish uchun — har bir beti buyurtmachining vakolatli shaxsi tomonidan muhr va imzo qo‘yib tasdiqlangan qo‘shimcha kelishuvning asl nusxasi);
shartnoma, import kontrakti va ro‘yxatga olingan yoki ekspertizadan o‘tkazilgan ilgari tuzilgan qo‘shimcha kelishuvlarning nusxalari, shuningdek, ilgari berilgan xulosalarning nusxalari;
qo‘shimcha kelishuv loyihasining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiqligi bo‘yicha yuridik xulosa (yuridik xizmat vizasi);
qo‘shimcha kelishuvni imzolashga tomonlarning vakolati borligini tasdiqlovchi (ular birinchi rahbardan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadigan taqdirda) hujjatning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
qo‘shimcha kelishuv xarid qilinadigan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) aniq yetkazib beruvchilari va qiymati belgilab qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida imzolanadigan taqdirda — tegishli qarorlarning nusxasi;
Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) hajmi ko‘paygan, ularning nomenklaturasi, tovarning kelib chiqish mamlakati, narxi va to‘lov shartlari o‘zgargan taqdirda quyidagi hujjatlar qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi:
qo‘shimcha kelishuv loyihasi ekspertizaga taqdim etilgan davrda amal qiluvchi hujjatlar (so‘rovnomalar, tijorat takliflari, birja yoki assotsiatsiyalar kotirovkalari, prays-varaqlar va hokazolar) taqdim etilgan holda qo‘shimcha kelishuv narxini belgilash bo‘yicha buyurtmachining birinchi rahbari imzosi bilan tasdiqlangan asoslantirishlar. Bunda taqdim etilgan barcha takliflar yuridik yoki jismoniy shaxslar, shu jumladan muqobil takliflarni taqdim etgan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning yuridik manzillari hamda aloqa ma’lumotlarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim. Asosiy shartnoma yoki import kontrakti qonunchilikda belgilangan tartibda xarid tartib-taomillarini o‘tkazish natijasida tuzilgan hollarda narx belgilash bo‘yicha asoslantirishlar o‘rniga xarid komissiyasi yoki idoraviy xarid komissiyasi bayonnomasining nusxasi taqdim etiladi;
kapital qurilish hamda bino, inshoot va muhandislik kommunikatsiyalarini ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan shartnoma, import kontraktiga qo‘shimcha kelishuv loyihasini ekspertizadan o‘tkazishda — o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari;
davlat buyurtmachilari tomonidan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlariga, shuningdek, joriy faoliyat bo‘yicha — ishlab chiqarish normativlariga muvofiq qo‘shimcha kelishuv tuzish zarurligining asoslanishi;
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish uchun tasdiqlangan texnik topshiriqning nusxasi.
Taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi va aynan bir xilligi yuzasidan javobgarlik buyurtmachi zimmasiga yuklanadi.
10. Buyurtmachi Markazning talabiga ko‘ra shartnoma, import kontrakti va/yoki qo‘shimcha kelishuv loyihasi bo‘yicha mahsulot yetkazib beruvchilarni identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami;
joylashgan joyi (pochta manzili) va telefon raqamlari;
imzolash huquqiga ega bo‘lgan yoki yuridik shaxs nomidan ish olib boruvchi jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
yuridik shaxs muassislari (aksiyadorlar, ishtirokchilar) hamda ularning ustav fondidagi (kapitalidagi) ulushli ishtiroki to‘g‘risidagi ma’lumot;
yuridik shaxsning boshqaruv organlari (yuridik shaxs boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) to‘g‘risidagi ma’lumot;
import kontrakti bo‘yicha tovarlar yetkazib beruvchining benefitsiar mulkdori to‘g‘risidagi ma’lumot;
Ms Word yoki Ms Excel formatidagi barcha ilovalari bilan birga elektron shakldagi shartnoma, import kontrakti va/yoki unga qo‘shimcha kelishuv loyihasi.
11. Buyurtmachi shartnomalar, import kontraktlari va/yoki qo‘shimcha kelishuv loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish uchun ariza va boshqa hujjatlarni Markazning elektron axborot platformasi orqali kiritadi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling