Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari


-bob. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ijobiy xulosa berishni rad etish


Download 1.49 Mb.
bet18/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1371720
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
PQ-332 25.07.2022

7-bob. Tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ijobiy xulosa berishni rad etish
24. Quyidagilar tender hujjatlari yoki texnik topshiriq ekspertizasi bo‘yicha ijobiy xulosa berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
davlat buyurtmachisi tomonidan ekspertiza o‘tkazish uchun zarur hujjatlarning to‘liq taqdim etilmaganligi;
davlat buyurtmachisi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki ishonchsiz ma’lumotlar mavjudligi;
taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq emasligi;
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olish bo‘yicha tender yoki tanlash bo‘yicha xarid qilish hujjatlaridagi boshlang‘ich narx xuddi shunday xususiyatlar va sifatga ega bo‘lgan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) ariza berilayotgan paytdagi o‘rtacha narxlar va shakllangan bozor konyunkturasiga nisbatan oshirib yuborilganligi.
25. Ijobiy xulosa berishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma (e’tiroz bilan qaytarilgan xulosa) rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda davlat buyurtmachisiga (ariza beruvchiga) Markazning elektron axborot platformasi orqali yuboriladi.
26. Davlat buyurtmachisi qayta ishlangan tender hujjatlari yoki texnik topshiriqni takroran kiritish huquqiga ega.
27. Ijobiy xulosa berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar davlat buyurtmachisi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, Markaz tomonidan hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish, ijobiy xulosa berish yoki uni rad etish qayta ishlangan tender hujjatlari yoki texnik topshiriq va rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab ko‘pi bilan 10 kalendar kun ichida amalga oshiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
28. Davlat buyurtmachisi xulosa berishni rad etilishi, shuningdek Markaz mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan yuqori turuvchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga (Markaz ta’sischisiga) shikoyat qilishga haqli.
29. Tender hujjatlarini yoki texnik topshiriqni ekspertizadan o‘tkazish sohasidagi nizolar davlat buyurtmachisi va Markaz (tender hujjatlarini yoki texnik topshiriqni kompleks ekspertizadan o‘tkazish yuzasidan xizmatlar ko‘rsatish shartnomasi taraflari) o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan hal etiladi.
Nizolarni muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan hal etishning iloji bo‘lmasa, davlat buyurtmachisi yoki Markaz sudga murojaat qilishlari mumkin.
30. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlarini va texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling