Investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning loyihaoldi, davlat xaridiga doir tender bo‘yicha xarid qilish hujjatlari va texnik topshiriqlar hamda shartnomalarni ekspertizadan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari


eng yaxshi takliflarni tanlash (tanlash)


Download 1.49 Mb.
bet14/29
Sana21.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1371720
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Bog'liq
PQ-332 25.07.2022

eng yaxshi takliflarni tanlash (tanlash) — xarid qilish tartib-taomillarining bir nechta ishtirokchisidan olingan takliflarni taqqoslash asosida davlat xaridlarini amalga oshirishning raqobatli usuli;
xarid komissiyasi — xarid tartib-taomillarining g‘olibini tanlash to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan kollegial organ;
ariza beruvchi — tender hujjatlari va texnik topshiriqni kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun tegishli ariza bilan Markazga murojaat qilgan davlat buyurtmachisi yoki u tomonidan belgilangan tartibda vakolat berilgan shaxs;
maxsus axborot portali (portal) — davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ tomonidan yuritiladigan, davlat xaridlari amalga oshirilishi to‘g‘risidagi e’lonlar, davlat xaridlarining yakunlari, ishtirokchilarning takliflari haqidagi axborotni va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa axborotni elektron shaklda ko‘zdan kechirishni, shuningdek amalga oshirilgan elektron davlat xaridlari to‘g‘risida davlat xaridlari elektron tizimlarining operatorlari tomonidan kiritiladigan (yuboriladigan) axborotni to‘plashni ta’minlovchi veb-saytdir (maxsus elektron platforma).
3. Quyidagilar Markazda ekspertizadan o‘tkaziladi:
a) bitta shartnoma bo‘yicha quyidagi miqdorlardan ortiq bo‘lgan davlat xaridlarining tender hujjatlari (ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha):
budjet buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladigan, summasi bazaviy hisoblash miqdorining olti ming baravaridan ortiq bo‘lgan xaridlar;
korporativ buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladigan, summasi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravaridan ortiq bo‘lgan xaridlar. Agar korporativ buyurtmachi davlat xaridini budjet tizimining budjetlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirayotgan bo‘lsa, mazkur xarid doirasida korporativ buyurtmachiga budjet buyurtmachisi sifatida qaraladi;
b) davlat tashqi qarzi (xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablag‘lari bundan mustasno) hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshirish doirasida qiymati 1 million AQSh dollari ekvivalentiga teng va undan yuqori bo‘lgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish bo‘yicha tender hujjatlari (davlat tashqi qarzi hisobidan tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan loyihalarga nisbatan tatbiq etilmaydi).
Agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan davlat buyurtmachilariga tender o‘tkazmasdan xaridlarni amalga oshirish huquqi berilsa, xarid qilish tartib-taomili davlat xaridining summasidan qat’i nazar tanlash orqali amalga oshiriladi. Bunda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming (budjet buyurtmachilari uchun olti ming) baravari miqdoridan oshgan hollarda davlat xaridiga doir texnik topshiriq ekspertiza qilish uchun Markazga kiritiladi (ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha).
Davlat buyurtmachisi ixtiyoriy ravishda shartnoma asosida tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati bir shartnoma bo‘yicha bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan yigirma besh ming baravarigacha (budjet buyurtmachilari uchun bazaviy hisoblash miqdorining besh ming baravaridan olti ming baravarigacha) bo‘lgan tanlash hujjatlarining texnik topshiriqlarini kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun Markazga kiritishi mumkin. Bunda kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun to‘lov moliyalashtirish manbaidan qat’i nazar, texnik topshiriqlarni kompleks ekspertizadan o‘tkazish uchun belgilangan xizmat narxi miqdorida hisoblanadi.
4. Binolar, inshootlar va muhandislik kommunikatsiyalarini kapital qurish va ta’mirlash bo‘yicha tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridini amalga oshirish uchun xarid qilish hujjatlari Markazga texnik topshiriq shaklida loyiha-smeta hujjatlari bilan birgalikda kiritiladi va ulardagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmlari va narx parametrlarining asosliligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkaziladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling