Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Download 188.5 Kb.
bet1/6
Sana23.01.2023
Hajmi188.5 Kb.
#1111242
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Samandarova Saribibi shaxsiy ish reja. (4)


OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

Tabiiy fanlar fakulteti
dekani __________X.K.Polvonov
“_____” ___________2022 yil




“TASDIQLAYMAN”
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar
bo‘yicha prorektor
_____________ Ibragimov Z.Sh.
“_____” ________________2022 yil

Tayanch doktorantning
shaxsiy ish rejasi

Ismi va familiyasi ___SAMANDAROVA SARIBIBI FARXODOVNA


Mutaxassislik ______02.00.06-YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR

Dissertatsiya mavzusi: Mikrokristallik sellulozani “zarracha o’lchami –tarkib-xossa” bog’liqligini o’rganish va uni ishlab-chiqarishda sorbent sifatida qo’llash. _______________________________________ __________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ ilmiy kengash yig‘ilishida


«30» dekabr 2021 y. tasdiqlangan. Bayonnoma № _5_

Ilmiy rahbar k.f.n., dots. M.Baltayeva


(Ismi va familiyasi, ilmiy unvoni)
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
DISSERTATSIYA MAVZUSINI TANLASH TO‘G‘RISIDA
ILMIY RAHBARNING TUSHUNTIRISH XATI:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4958-sonli Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-son qaroriga asosan tayanch doktorant/doktorant va mustaqil izlanuvchilar Kollegial organ qarori bilan tasdiqlanadigan shaxsiy ish rejaga muvofiq ravishda ta’lim oladilar. SHaxsiy ish reja oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutida o‘qishning butun davri uchun tuziladi.
SHaxsiy ish reja tayanch doktorant/doktorant hamda mustaqil izlanuvchining ishni qanday rejalashtirishi, tashkillashtirishi, amalga oshirishi hamda ularning va ilmiy rahbarning mas’uliyatini belgilaydi. Rejalashtirilgan vazifalar o‘z vaqtida bajarilishi shart. Agar shaxsiy ish rejasiga o‘zgartirishlar kiritiladigan bo‘lsa, buning aniq sabablari ko‘rsatilishi va u qayta tasdiqlanishi lozim.
Mazkur shaxsiy ish rejasida belgilangan vazifalarning bajarilishi tayanch doktorant/doktorant hamda mustaqil izlanuvchilar faoliyatini monitoring qilish orqali nazorat qilinadi. Monitoring natijalari bo‘yicha Universitet Kengashiga hulosa taqdim etiladi. SHaxsiy rejalarini bajarmagan tayanch doktorant/doktorant hamda mustaqil izlanuvchilar Kollegial organ qarori bilan tayanch doktoranturadan, doktoranturadan yoki mustaqil izlanuvchilikdan chetlatiladi va o‘qishga qayta tiklanmaydi.
SHaxsiy ish rejalarini bajarmagan tayanch doktorant/doktorant hamda mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga nisbatan Kollegial organ qarori bilan rahbarlik va maslahat uchun to‘lanadigan haq to‘xtatildi. Muntazam ravishda (qatoriga ikki marta va undan ko‘p) tayanch doktorant/doktorant va mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiyalarini o‘z vaqtida himoya qilishini ta’minlamagan ilmiy rahbarlar va konsultantlar Kollegial organ qarori bilan uch yilgacha bo‘lgan davrga ilmiy rahbarlik yoki konsultantlikdan chetlatiladi.

Download 188.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling